Vodiy qishloqlari- “vodiy” tushunchasi kshproq gidrologik shahobchalar, xususan, daryolar va ularning ishlari bilan bog’liq. Odatda daryo vodiylari cho’zinchoq shaklda bo’lib, ularning konfiguratsiyasi (geografik qiyofasi) suv ayrig’ich chiziqlari va daryo havzalari bilan belgilanadi. Jumladan O’rta Osiyoning durdonasi hisoblangan farg’ona vodiysi, uning ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasini shakllanishida Sirdaryo hamda ko’plab soylar ta’siri hal qiluvchi bo’lgan. SHu o’rinda aytish mumkinki, Farg’ona soylar va ularning yoyilmasida, quyi qismida paydo bo’lgan vohalar yig’indisidir. Bunday solar vodiyda ko’p: So’x, Isfara, SHohimardonsoy, Marg’ilonsoy, Namangansoy, CHortoqsoy, Kosonsoy, CHodaksoy, Rezaksoy va h.k. Aynan ular vodiy hayotida katta ahamiyatga ega.
Demak, vodiy kishloq gidrologik mazmunga ega bo’lgan fenomen hisoblanadi. SHuningdek, Farg’ona vodiysiga nisbatan cho’kma, botiq (kotlovina, vpadina) tushunchalari ham ishlatiladi. Bu esa fikrimizcha, geologiya va geomorfologiya fanlari nuqtai-nazardan to’g’ri hisoblanadi.
Farg’ona vodiysi deyarli to’rt tomondan CHotqol, Qurama, Farg’ona, Oloy, Turkiston tog’ tizmalari bilan o’ralgan bo’lib, faqat g’arbda “Xo’jand darvozasi” orqali O’rta Osiyoning tekslik qismlariga chiqadi. Ma’muriy jihatdan vodiy murakkab, transchegaraviy hudud hisoblanadi. Bu yerda O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalarining tarixan bir-biri bilan aloqada rivojlanib kelgan Andijon, Farg’ona, Namangan, O’sh, Jalolobod, Botkent va Sug’d viloyatlari joylashgan. Geosiyosiy jihatdan vodiyda bu davlaatlarning ekslav va anklav hududlari ham mavjud.
Vodiy qishloqlari qadimdan sug’orma dehqonchilik, savdo hamda hunarmandchilik rivojlangan mintaqa hisoblanadi. Aholining zich joylashuvi bo’yicha Farg’ona vodiyi nafaqat O’zbekistonda, balki MDH mamlakatlarida ham keskin ajrali turadi.
Voha qishloqlari- voha, odatda, cho’l quruq iqlimli hududlar uchun xos bo’lgan geografik fenomendir. U bepoyon cho’l hududida o’ziga xos orol yoki atrof muhitdan keskin farq qiluvchi anklav shaklida yaqqol ko’zga tashlanadi. SHunday vohalardan biri respublikamizning shimoli-g’arbida, Quyi Amudaryo mintaqasida joylashagan joylashagan Xorazm viloyatidir. Ushbu viloyatning qadimgi sug’orma dehqonchilik asosida fan va madaniyat rivojlanganligi bilan ajrali turadi. Mintaqaning chor atrofidan qumli cho’llar bilan o’ralib turishi uni turli xil tashqi ta’sirdan qaysi bir ma’noda saqlab qolgan.
Viloyat maydoni 6,05 ming km kv bo’lib, respublika hududining 1,35 foizini tashkil qiladi. Aholisi esa respublika aholisining 5,16 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 kv kmga maydonga 253 kishini tashkil etadi, yan’ni respublika ko’rsatkichlaridan (61,3 kishi) 4,2 marta ko’p. Mintaqaning eng muhim geografik xususiyati shuki, uning yer usti tuzilishi uncha murakkab bo’lmagan teksliklardan iborat. Bu esa hududning ir tekis, qishloq ho’jaligi nuqtai nazardan intensiv o’zlashtirilishiga sabab bo’lgan. SHuning uchun qishloq aholi punktlari aholisi zichligi bir-biridan keskin farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |