1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


Qishloq joylarni geografik o’rganish



Download 0,65 Mb.
bet57/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
Bog'liq
Социал география

3. Qishloq joylarni geografik o’rganish
Qishloq joylarni ko’pchilik fan tarmoqlari o’rganadi. Ammo, geografiya uchun u «xos» tadqiqot ob’ektidir. Qishloq joylar xududi va unda mujassam bo’lgan barcha voqea — xodisalar muayyan bir sharoitlarda vujudga kelgan, shakllangan va o’zining rivojlanish qonuniyatlariga ega. Ularning xududiy qirralarini ochib berish, qonuniyatlarini aniqlash va xulosalar olish eng avvalo geograflarning vazifasidir.
Qishloq joylarni geografik tadqiq etishning metodologik muammolaridan biri —uni o’rganishdagi turli yo’nalishlarni o’zaro nisbati va bog’liqligidir (Alekseev, 1990. b. 20).
Iqtisodiy yo’nalish qishloq joylarni o’rganishda hozirga qadar an’anaviy bo’lib kelmoqda. Bunda moddiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi masalasiga katta e’tibor qaratiladi. SHuningdek, qishloq joylarning boshqa barcha elementlarini (xizmat ko’rsatish sohalari, aholi va uning joylashuvi, tabiiy sharoit va resurslar) moddiy ishlab chiqarishga ta’siri va ularni iqtisodiy baholash masalalari ham o’rganiladi. So’nggi yillarda qishloq joylarni sotsial—geografik jihatdan tadqiq etish ishlari kuchaymoqda. Ularni asosiy mazmuni esa qishloq joylarning barcha qirralarini aholi va uning turmush sharoitlari va faoliyati nuqtai — nazaridan baholashga qaratilgan.
Bugungi kunga kelib, qishloq joylarni tadqiq etishning aytish mukinki, yangi, ekologik — geografik yo’nalishi shakllanmoqda. Bunday tadqiqotlarning markazida xo’jalik va aholining tabiiy muhit bilan o’zaro aloqadorligi va uning o’zgarishlari, landshaftlarning inson ta’siriga chidamliligi va boshqa masalalar yotadi.
Qishloq joylarning barcha elementlarini yuqoridagi uch yo’nalish bo’yicha bir xilda o’rganilgan deb bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligidan tashqari moddiy ishlab chiqarishning boshqa elementlari, va shuningdek xizmat ko’rsatish soxalari yaxshi o’rganilmagan. Umumiy tarzda, qishloq joylar va uning elementlarini iqtisodiy, sotsial va ekologik yo’nalishlarga asoslangan xolda geografik tadqiq etishni quyidagicha tasvirlash mumkin (3 — jadval).
Qishloq joylar va ayniqsa qishloq aholisining turmush sharoitlari va hayot tarzi, qadriyatlari, an’ana va urf — odatlari geografik jihatdan yaxshi o’rganilmagan.
Qishloq joylarni sotsial — geografik tadqiq etish, avvalo ushbu joylarni aholining hayot sharoitlari va turmush tarzi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tadqiqotlarning ahamiyati ayniqsa, hozirgi davrda oshib bormoqda. Qishloq joylarda olib boriladigan sotsial — geografik tadqiqotlar, avvalo, bu yerlarda yashovchi aholining tarkibi va tadrijiy o’zgarishlarini, tabiiy, ishlab chiqarish va boshqa xayot sharoitlarini, turmush tarzini hamda ularni aholining ongida qanday aks etishi masalalarini qamrab olishi lozim.
Qishloq joylarni geografik tadqiq etishning muhim ilmiy — amaliy qirralaridan biri—ularni tur(tip)lar va tabaqalar(klasslar)ga ajratishdir. Bunday tadqiqotlar ayrim olimlar tomonidan bajarilgan xolos. Ularning ilmiy asoslarini mukammallashtirish, takomillashtirish muhim masalalardan biridir.
Turdosh fan sohalari vakillari bilan hamjihatlikda qishloq joylarni murakkab tabiiy — sotsial — iqtisodiy tizim sifatida geografik jihatdan o’rganishning metodologik va metodik masalalariga quyidagilar kiradi: qishloq joylarning tarkibi va chegaralarini aniqlash;
kishloq va shahar joylarining o’zaro aloqadorligi, ayirboshlashuvi, ularning funktsiyalarini hozir va kelajakda o’zaro bir —birini to’ldirishi;

  • qishloq joylarni geografik jihatdan o’rganishda iqtisodiy va sotsial jihatlarni uyg’unlashtirish;

  • qishloq joylarni turlarga ajratish;

  • turli tipga mansub qishloq joylarning ijtimoiy — iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tahlil qilish va kelajak rivojlanishini aniqlash.

Ko’rsatib o’tilgan masalalar qishloq joylarni kompleks ilmiy —tadqiq etishning muhim jihatlarini qamrab oladi. SHuning bilan birga hozirgi, yangi iqtisodiy negizlarga o’tish davridagi o’zgarishlar (mulkchilikning shakllanishi, ko’p ukladli iqtisodiyot va b.) qishloq joylarni kompleks o’rganishda e’tiborga olinishi lozim.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish