9-MAVZU:QISHLOQ JOYLAR GEOGRAFIYASI
Reja:
Qishloq joylar geografik tadqiqotlarning ob’ekti sifatida.
Qishloq joylarning jamiyat hayotida tutgan o’rni, bajaradigan vazifalari. Qishloq joylarni geografik o’rganishning ilmiy - amaliy ahamiyati va hozirgi xolati.
Qishloq aholi joylashuvi tizimi.
Qishloq aholi punktlarining tipologiyasi va klassifikatsiyasi.
Qishloq joylarni geografik jihatdan o’rganishning hozirgi xolati va ularni kompleks rivojlantirish muammolari
Qishloq joylar-shahar va shaharchalardan tashqaridagi hududlar bo’lib, ularda qishloq ho’jaligida muntazam foydalanadigan yerlar hamda doimiy aholi manzilgohlari (punktlari) mavjud bo’lishi kerak. Demak qishloq joylar geografik kartada areal, maydon ko’rinishida, qishloq aholi puktlari esa ular ichidagi nuqtasimon shakldagi jamiyatning ijtimoiy hududiy tashkil etish birligi hisoblanadi.
Qishloqlar shaharlarga qaraganda aholi yashash joyining qadimiy shakli hisoblanadi. Qishloqlarning vujudga kelishi ijtimoiy mehnat taqsimotida sug’orma dehqonchilik madaniyati rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan.
Sobiq Ittifoq davridan boshlab iqtisodiy geografiya bag’ridan aholi geografiyasi o’sib chiqdi. Buning natijasida bevosita aholi va uning ijtimoiy rivojlanishi bilan bog’liq masalalarni tadqiq etish ishlari kuchaydi, ya’ni iqtisodiy geografiyaning zamirida ijtimoiy (sotsial) geografiya shakllandi va natijada iqtisodiy geografiya o’ggan asrning 80-yillariga kelib iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga aylandi. Aynan shu davrdan boshlab geografiyada «qishloq joylar» termini qo’llanila boshlandi, va shuningdek, qishloq joylarni iqtisodiy geografik jihatdan o’rganishning zarurligini iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning qishloq xo’jaligi hamda aholi geografiyasining vakillari bo’lgan S.A.Kovalev, A..I. Alekseev, G.L.Faktor, A.N.Rakitnikovlar tomonidan ta’kidlangan edi.
Aholi hamda qishloq xo’jaligi geografiyasi vakillari tomonidan qishloq joylar ijtimoiy va iqtisodiy geografik tadqiqotlarning o’ziga xos ob’ekti ekanligi, ularning barcha xususiyatlarini o’zida mujassam etgan belgilari yig’indisi, va shuningdek, qishloq joylar rivojlanishining ba’zi bir ijtimoiy iqtisodiy jihatlari, qishloq joylarni ijtimoiy va iqtisodiy geografik o’rganishning vazifalari, qishloq joylarni kompleks geografik o’rganishni fanlar tizimida tutgan o’rni, uning boshqa iqtisodiy va sotsial geografik fanlar bilan o’zaro aloqasi kabi masalalar ochib berildi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi va aholi geografiyasi bilan qishloq joylar geografiyasi o’rtasida ko’prik paydo bo’ldi. SHunday qilib, qishloq joylar geografiyasi nafaqat qishloq xo’jaligi va aholi geografiyasi, balki sanoat, transport va boshqa tarmoqlar geografiyalarining-merosxo’ri ekanligi aniqlandi, yoki boshqacha qilib aytganda, qishloq joylar geografiyasi yuqoridagi yo’nalishlarning qirrasida shakllanmoqda (Maksimov , 1992, 6-7 b.).
Keyingi ikki o’n yilliklar mobaynida qishloq joylar bir qator fanlarning muhim tadqiqot ob’ektyga aylandi. Ularni geografik jihatdan o’rganishda A.I.Alekseev S.A.Kovalev, V.A.Maksimovlarning xizmatlari katta. Jumladan, A.I.Alekseev (1989), V-.A.Maksimovlar (1985, 1998).tomonidan qishloq joylar geografiyasi kitoblari chop etildi. Qishloq joylarni tadqiq etishda A.I.Alekseev, avvalo bu joylarning aholisi, aholi yashash joylari, aholining turmush tarzi, sotsial sohalarning rivojlanishi masalalariga e’tiborni qaratgan bo’lsa, V.A.Maksimovning ishlarida qishloq joylarning ishlab chiqarish masalalari ko’proq yoritilgan. SHuningdek, qishloq joylarni chuqur) tadqiq etishda sotsiologiya fani alohida o’rin tutadi. Ayniqsa, qishloq joylar aholisining hududiy — ijtimoiy tuzilishi, ijtimoiy rivojlanishi, turmush tarzi va boshqa masalalar. T.I.Zaslavskaya, R.V.Rivkina va boshqa tadqiqotchilsf tomonidan o’rganilgan.
Umuman olganda, qishloq joylar xuddi shahar joylari kabi muhim. ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Ular o’z hududiga, ijtimoiy -iqtisodiy tuzilmalarga ega. Ularni kompleks o’rganish, tadqiq etishda, geografiyaning roli katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |