CHo’l hududlari qishloqlari- o’ziga xos tabiiy geografik birlik hisoblanadi. Ularning eng muhim xususiyati yog’in-sochinning namgarchilikning o’ta kamligi va mumkin bo’lgan bo’g’lanishning juda yuqoriligidir. Demak, bu hududlar issiq va quruq iqlimli, suv tanqisligi bilan boshqa landshaft turlari orasida alohida ajralib turadi. CHo’llarning unday xususiyatlari ularda aholi va ho’jalik tarmoqlarining joylashuvini belgilab beradi.
Odatda, cho’l hududlarida aholi punktlari tarqoq va mayda, xo’jalik tarmoqlari ekstensiv rivojlangan bo’ladi. Ularning demografik va iqtisodiy salohiyati zaifligi tufayli cho’llar, ko’pincha bo’sh yerlar ma’nosida ta’lqin qilinadi (rus tilida pustiniya pustoe mesto). Vaholanki, cho’llar qazilma boyliklarga xususan neft, gaz, oltin, tuz konlariga ega.
CHo’llar mamlakatimizning g’arbiy qimini egallaydi. Ularga Qaraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining katta qismlari kiradi va respublikamaydoning 70 foizini tashkil etadi.
Tog’ hududlari qishloqlari- tog’lar yer yuzining ilk madaniyat o’choqlari hisoblanadi. Ink tsivilizatsiyasi Janubiy Amerikaning And tog’larida shakllangan, bu yerda shaharsozlik rivojlangan, qator dehqonchilik mahsulotlari yetishtirilgan. O’zbekistonning tog’li hududlarida ham qadimdan odalar yashab kelgan. Bunga Surxondaryo viloyati tog’larigi g’orlardan topilgan inson qoldiqlari misol bo’la oladi. O’zbekiston hududining taxminan 29 foizi tog’ va tog’oldi hududlarini tashkil etadi. Ma’muriy jihatdan tog’li hududlar Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Namangan viloyatlarini kiritish mumkin. Ammo yuqoridagi viloyatlarni tog’li viloyatlar deb atash noo’rin hisoblanadi. Buning uchun hududning “tog’lik” koeffitsienti, ya’ni tog’lar egallagan maydoning viloyatning umumiy maydoniga nisbati orqali aniqlash mumkin. Respublikamizda 30 ga yaqin qishloq tumanlari tog’li hududlar takibiga kiritilgan. Ularga masalan, Surxandaryoning Boysun, Uzun, Sariosiyo, Oltinsoy, Qashqadaryoning Kitob, SHaxrisabz, Yakkabog’ Dehqonobod; Namangan viloyatining Pop, CHust, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy, Farg’onanaing So’x, Samarqand viloyatining Urgut, Qo’shrabod; Navoiy Nurota, Toshkent viloyatining parkent, Bo’stonlig’, Ohangaron kabi tumanlaridir. Mamlakatimizning eng tog’li viloyati Surxandaryo viloyati hisoblanadi. Ushbu viloyatning tog’lilik koeffitsienti 0,70 teng.
Tabiiy geografiyaning asosiy qonuniyatlaridan biri vertikal zonallik umumgeografik xususiyatga ega. CHunki, balandlikka ko’tarilgan sari harorat, bosim, tuproq, o’simlik va hayvonot turlari o’zgarib boradi. Bunday sharoitda yer usti tuzilishining o’zlashtirilish darajasi ham xo’jaligining rivojlanishi va ixtisoslashuvi, iqtisodiy va demografik sig’imi, aholi va aholi punktlarining joylashuvi, ularning katta-kichikligi, hatto hulqi ham o’zgarib boradi. Tog’li hududlar qishloq aholi punktlari soni oz va siyrak, ularning aholisi ham uncha ko’p bo’lmaydi. Mahalliy aholi asalarichilik, chorvachilik, o’rmon ho’jaligi va rekreatsiya markazida band bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |