1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


Rog’un GESi to’g’oni haqida



Download 0,65 Mb.
bet69/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
Bog'liq
Социал география

Rog’un GESi to’g’oni haqida. Rog’un GESi to’g’oni, suv ombori va ularning loyiha ko’rsatkichlari haqida turli manbalarda turlicha ma’lumotlar keltirilgan (1-jadval). Rog’un GESining loyiha quvvati turli manbalarda turlicha, ya’ni 3000-3600 MVt oralig’ida ko’rsatilgan. Demak, uning quvvati Norak GESi (2700 MVt) dan katta bo’ladi.
Tojikiston Respublikasi Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko’ra Rog’un GESining loyihasi Rossiyaning “Gidroproekt” instituti tomonidan qayta ko’rib chiqilgan va uning oldingi loyiha ko’rsatkichlarga o’zgartirishlar kiritilgan (11-jadval).11-jadval
Tojikiston Respublikasi 2008 yil iyuldan boshlab GESda qurilish ishlarini o’z byudjeti hisobidan qaytadan boshladi. Internet xabarlariga ko’ra, 2009 yil avgust oyigacha qurilish tunellari, avtomobil yo’llari, 2 ta beton zavodi qayta tiklangan va yana bitta shunday zavod yangidan qurilgan. Rog’un GESi qurilishining davom ettirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M.Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri O.G’.Oqilovga ochiq xat bilan murojaat qildi. Mazkur xatda Rog’un GESi qurilishini davom ettirish va uning keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan halokatli oqibatlari aniq ko’rsatib berildi.
Xatda ta’kidlanganidek, loyihaning amalga oshirilishi Orol dengizi halokati oqibatida mintaqamizda yuzaga kelgan zaif ekologik vaziyatga jiddiy zarar yetkazishi aniq. CHunki, Rog’un GESi uchun suv to’playdigan suv omborining loyiha sig’imi, yuqorida qayd etilganidek, 13,3 km3 ga teng. Ayni paytda Vaxsh daryosida Rog’un GESidan quyida, o’tgan asrning 70-yillarida foydalanishga topshirilgan Nurek GESi suv omborining suv sig’imi esa 10,5 km3 ga teng. Ushbu raqamlar yig’indisi (23,8 km3) Vaxsh daryosining yillik m’yoriy oqimi (20,0 km3)dan qariyb 1,2 marta kattadir.
Demak, Rog’un GESi suv omborining suvga to’ldirilish jarayoni va GESning undan keyingi yillardagi faoliyati Amudaryoning oqim rejimiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi. Elektr energiyasiga bo’lgan talabning yilning sovuq davrlarida ortishini hisobga olsak, bu ta’sir daryo oqimining yil davomida oylar bo’yicha taqsimlanishida yanada kuchliroq seziladi. Ana shunday holat Sirdaryoda To’xtag’ul suv omborining energetik rejimga o’tishi oqibatida oxirgi 15 yil davomida deyarli har yili kuzatilmoqda. Suv rejimining bunday o’zgarishi, albatta, mintaqamizda tez-tez takrorlanib turadigan suv taqchilligi davrlarida Amudaryodan ichimlik va sug’orishga olinadigan suvlar miqdorining keskin kamayishiga olib keladi, ayniqsa, daryoning quyi oqimida yashayotgan millionlab odamlarning taqdiri, ochiq aytish mumkinki, katta xavf ostida qoladi.
Ikkinchi tomondan Rog’un GESi qurilishi davom etayotgan hududning 10 ballgacha kuchga ega bo’lgan seysmik zonada joylashganligi ham ancha tashvish tug’diradi. Ustiga – ustak, mutaxassislarning fikriga ko’ra Rog’un suv omborining o’zi ham kuchli zilzilani keltirib chiqarishi mumkin ekan. Bunga “Mir novostey” gazetasining 2009 yil 18 fevralь sonida berilgan xabar yorqin misoldir. Gazetada yozilishicha, Xitoy va AQSHlik olimlar 2008 yilda Sichuanь hududida yuz bergan va 80 mingdan ortiq kishining hayotdan ko’z yumishi va daraksiz yo’qolishiga sababchi bo’lgan dahshatli zilzilani har tomonlama o’rganganlar. Natijada zilzila mazkur hududda to’rt yil muqaddam barpo etilgan suv ombori tufayli yuzaga kelganligini ko’rsatuvchi ilmiy dalillarni keltirishgan.
Tojikistonda qurilayotgan Rog’un suv ombori ham dunyodagi yirik suv inshootlari qatoriga kiradi. Yuqorida keltirilgan misolni e’tiborga olsak, juda katta massaga ega bo’lgan GES to’g’oni va undan yuqorida to’plangan 13,3 mlrd. tonna og’irlikdagi suv bosimining o’zi ham kuchli zilzilalarga sababchi bo’lishi mumkin. Natijada to’g’onning o’pirilishi, bu esa daryoda o’ta kuchli sel toshqinlariga sabab bo’lib, “yuz minglab odamlarning qurbon bo’lishi bilan birga kechadigan gumanitar falokat”ga olib kelishi ehtimoldan holi emas.
Sel oqimi natijasida kuzatilishi mumkin ofatni tasavvur qilish uchun bir misol keltiramiz. 2010 yilning 11 martidan 12 martga o’tar kechasi Qozog’iston Respublikasining Olmaota oblastidagi Qizil-Agash suv ombori to’g’onida o’pirilish yuz berdi. Bunga Qizil-Agash daryosi havzasidagi qor qoplamining jadal erishi hamda uning ustiga yoqqan jala yomg’irlar sabab bo’ldi. Natijada 35 kishi halok bo’lib, bir qancha odamlar dom-daraksiz yo’qoldi, uy-joylaridan ajraldi, bir so’z bilan aytganda, shu hududda yashaydigan odamlar juda katta moddiy va ma’naviy zarar ko’rdilar. Alohida ta’kidlash lozimki, Qizil-Agash suv omborining suv sig’imi bor-yo’g’i 42 mln. m3 bo’lib, Rog’un suv omboriga nisbatan 320 marta kichikdir.
Xulosa qilib aytganda, seysmik nuqtai nazardan o’ta nozik zonada to’g’onining balandligi bo’yicha dunyoda yagona hisoblangan Rog’un GESi qurilishining davom ettirilishi, nafaqat Tojikiston xalqi, balki qo’shni mamlakatlar – Afg’oniston, O’zbekiston, Turkmaniston xalqlari uchun ham fojeali oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Yaratgan egam bizni geografik jihatdan bir makonda yashashni, chunonchi, bitta daryodan suv ichishni nasib qilgan ekan, demak, bu masalada biror muammo paydo bo’lishiga yo’l qo’ymasligimiz lozim. SHundoq ham bugungi kunda O’zbekiston, Tojikiston Afg’oniston, Turkmaniston chegaralaridan oqib o’tuvchi bu azim daryo tevaragida ba’zi muammolar yuzaga kelayotganidan aslo ko’z yumib bo’lmaydi. Biroq, mustaqil davlat sifatida jahonda o’z o’rniga ega bo’lgan O’zbekiston va Tojikiston har qanday muammoni o’zaro kelishgan holda hal etishga qodirdir. SHu nuqtai nazardan qaralganda, Tojikiston hukumati O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ochiq xatiga ijobiy javob beradi, degan umiddamiz.
Markaziy Osiyo mintaqasining traschegaraviy ekologik muammolarini yechimiga bahishlangan respublikamiz poytaxti Toshkent shahrida 2010 yilning 16-17 noyabr kunlari “O’rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal etishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo’llash” mavzuidagi xalqaro konferentsiya tashkil etildi. Konferentsiya ishida Toshkent ekologik deklaratsiyasi qabul qilindi. Konferentsiya ishida 60 dan ortiq xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, 36 ta xorijiy mamlakatlardan vakillar hamda BMT, OBSE, Butunjaxon banki, Butunjaxon Sog’liqni saqlash tashkiloti, Yovoyi tabiatni muxofoza qilish Butunjaxon fondi, Xalqaro tabiatni muhofoza qilish qo’mitasi, xorijiy mamlakatlarning O’zbekistondagi 32 ta elchixonasidan vakillar, jahonning yirik tabiatni muhofoza qilish bo’yicha ITI larining olimlari ishtirok etishdi.
Konferentsiya ishida jami bo’lib, 250 kishi ularning 110 tasi xorijiy mamlakatlardan bo’lib, ishtirokchilar og’ir ekologik vaziyatga ega bo’lgan hududlar Orol dengizi va Orol bo’yi va Surxondaryo viloyatining chegara hududlari Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltisoy tumanlarida bo’lib, Tojikistonning Mirzo Tursunzoda(Regar) shahridagi alyumin zavodining sanoat chiqindilari (ftorli vodorod, uglerod oksidi, oltingugurt gazi, azot oksidi) bilan atmosferaning iflosloslanishi natijasida aholi o’rtasida turli kasalliklarni kelib chiqiga sabab bo’layotgan omillar bilan tanishishdi.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish