1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


Markaziy Osiyoning transchegaraviy ekologik muamolari. “Trans...”



Download 0,65 Mb.
bet67/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82
Bog'liq
Социал география

Markaziy Osiyoning transchegaraviy ekologik muamolari. “Trans...” atamasi lotincha (trans) bo’lib, o’zlashma, qo’shma so’zlarning birinchi qismi sifatida qo’llanadi. U qandaydir fazo, makon, maydon, hudud orqali harakatlanish, uni kesib o’tish ma’nolarida ishlatiladi. “Resurs” so’zi frantsuzcha (resource) bo’lib, yordamchi vosita degan ma’noga ega. Bu yerda jamiyatning rivojlanishida zarur bo’lgan tabiiy, iqtisodiy, mehnat, axborot va moliya resurslari nazarda tutiladi. Bizning mavzuda asosan tabiatning kuchi va yaratmasi bo’lgan tabiiy resurslarga e’tibor qaratiladi. Demak, yuqoridagi fikrlarning mohiyatidan kelib chiqib, tabiiy “transchegaraviy resurslar” deyilganda ma’lum tabiiy-tarixiy hududda shakllangan, mustaqil harakatlanish xususiyatiga ega bo’lgan, ikki yoki undan ortiq davlatlar chegarasini kesib o’tuvchi, jamiyatning muayyan rivojlanish bosqichida ishlatish mumkin bo’lgan tabiatning kuchi va yaratmasiga aytiladi (Yu.Ahmadaliev 2010).
Transchegaraviy resurslarning dastlabki tasnifini takomillashtirish zarurati bugungi kunda geografiya fani oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Dastlabki tasnif bu resurslarni bir necha mustaqil davlat hududida bo’lishi yoki ularni kesib o’tishini nazarda tutsak ular bevosita xalqaro huquq aniqrog’i xalqaro ekologiya huquqining ob’ekti ekanligi ko’zga tashlanadi. SHuning uchun ham ushbu resurslarni tasniflashda xalqaro huquq fanida qo’llanib kelinayotgan uslublaridan foydalanish mumkin. Unga ko’ra barcha tabiiy resurslar keng ma’noda ikki toifaga bo’linadi. Birinchi toifaga milliy tabiiy boyliklar (resurslar) kirib, ular ma’lum davlatning suvereniteti yoki yurisdiktsiyasi ostida bo’ladi va shu davlat qonunlari bilan muhofaza qilinadi. Ikkinchi toifaga halqaro tabiiy boyliklar kirib, ular alohida davlatlar suvereniteti ostida bo’lmaydi yoki o’zining tabiiy davri jarayonida turli davlatlar hududida vujudga keladi va shunga mos ravishda halqaro huquq ob’ekti sifatida muhofaza qilinadi.
Halqaro ekologik huquqiy ob’ektlarning ham ikki turi mavjud. Havo havzasi, fazo, dunyo okeani, Antarktika, ko’chib yuruvchi hayvonlar va qushlar, halqaro huquqiy muhofaza ob’ektiga kiritiladi. Ikkinchi guruhni esa halqaro huquqiy tabiiy ob’ektlar: ikki yoki undan ortiq mamlakatlar hududida joylashgan daryolar, ko’llar, dengizlar hamda noyob va yo’q bo’lib ketayotgan o’simlik va hayvonot turlari kiradi (A.Saidov 2001).
Bizningcha transchegaraviy resurslarga yuqoridagilardan tashqari yagona gidrogeologik havzani tashkil etgan hududlarda yer osti suvlarini, yonbag’ir jarayonlari yagona litologik-genetik asosga ega bo’lgan joylarda yer resurslarini ham kiritish haqida tadqiqotlar olib borish zarur.
Mazkur ma’ruzada asosan transchegaraviy daryolar suv resurslaridan foydalanish maslalariga e’tibor qaratilgan. Ma’lumki, transchegaraviy daryolar suv resurslari-xo’jalikda ishlatilishining muammolari doim turli olimlarining, siyosatchilarning, amaliyotchi va jamoatchilikning keng doirasini o’ziga jalb qilib kelgan. Dunyo buyicha ikkita va undan ko’p davlatlar hududi bo’ylab oqib o’tuvchi 250 dan ortiq daryolar mavjud. Eng salohiyatli “konfliktli” transchegaraviy daryolar–sug’orma dehqonchilik rivojlangan, suv butun hayot tarzini belgilovchi manba hisoblangan arid mintaqalardan oqib o’tadigan hududlarda bunday muammolar turli hududiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. BMT ma’lumotlariga ko’ra, transchegaraviy havzalar yer yuzasining 45,3 foizini qamrab oladi. Bunday hududlarda Yer shari aholisining 40 foizi yashaydi. Deyarli dunyoning ko’plab yirik daryolari transchegaraviy hisoblanadi. Jumladan, Amazonka daryosi havzasida 7 ta, Niger va Nil daryosi havzasida 8 tadan, Kongo daryosi havzasida 9 ta, Dunay daryosi havzasida 11 ta davlatlar joylashgan.
Suv resurslari O’zbekistonda Markaziy Osiyo davlatlaridagi singari mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vaziyatini belgilab beruvchi
asosiy omillardan biridir. Tarixda Jayxun va Sayxun nomi bilan atalgan Amudaryo va Sirdaryo suvlari asrlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston)ni suv bilan ta’minlab kelgan. Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar chegaralarining paydo bo’lishi bilan ushbu daryolar transchegaraviy daryolar nomini oldi. Bu esa o’z navbatida Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida suv resurslaridan foydalanishi bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqardi. Suv oqimi bir necha davlatlardan o’tadigan transchegaraviy daryolardan foydalanish masalasidagi kelishmovchiliklar, oqimning yuqori qismidagi davlatlarning qo’shnilarga suvni sotishga urinishlari yoki undan siyosiy bosim sifatida foydalanishga intilishlari qator muammolarni keltirib chiqaradi. Binobarin, bunday nizolar xalqaro me’yoriy hujjatlar jumlandan, “Transchegaraviy suv oqimlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi (1992 yil), “Kemalar yurmaydigan xalqaro suv oqimlaridan foydalanish to’g’risida”gi (1997 yil) Konventsiyalari asosida hal etilishi lozim. Darhaqiqat, insoniyat tarixida siyosiy sub’ektlar o’rtasidagi dastlabki mojorolar ham suv manbalari ustida borganligi ma’lum. Bundan 2,5 ming yil muqaddam Mesopatamiya hududidagi shumer xalqlar Dajla va Frot daryolaridan foydalanish huquqini qo’lga kiritish uchun kurash olib borganlar. Bugingi kunda ham ayni hududlar dunyoning mojoroli hududlaridan biri sifatida saqlanib turibdi. Hozirda Turkiya qo’shnilariga siyosiy bosim ko’rsatish maqsadida “suv omiliga” alohida urg’u berib keladi. Dajla va Frot daryosining yuqori qismida turgan bu davlat qo’shnilari qarshiligiga qaramay, 2012 yilning oxiriga qadar 22 ta to’g’on, 19 ta gidroelektrostantsiya va suv omborlarini ishga tushirishni rejalashtirgan. Natijada, bu ikki daryoning quyi qismidagi davlatlar hozirdanoq qishloq ho’jaligi maydonlarini sun’iy ravishda sug’orishga majbur bo’lmoqda. Turkiyaning mazkur rejasi to’liq amalga oshsa, daryolarning quyi qismidagi Suriya va Iroq hududiga yetib boradigan suv miqdori kesikin kamayib ketadi. SHuningdek, yirik transchegaraviy daryolar Nil daryosi xavzasida Sudan va Misr o’rtasida, Iordan daryosi xavzasida Suriya va Isroil, Hind daryosi havzasida Hindiston va Pokiston o’rtasida, Amur daryosi xavzasida Xitoy va Rossiya o’rtasida ayrim konfliklarni kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Lekin dunyoning arid mintqalari transchegaraviy daryolari suv resurslaridan foydalanish doimo muammo va murakkab bo’lib kelgan.
Milliy xavfsizlikka qarshi yashirin tahdidlarlarni ko’rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofoza qilish muammosi alohida e’tiborga molik. SHu o’rinda F.Bekonning quyidagi fikrlarini keltirish lozim deb bilaman - “Tabiatni boshqarish uchun unga bo’y sina bilish kerak” ya’ni tabiatga ko’rsatilgan xar qanday salbiy ta’sirga tabiat insoniyatga qaqshatgich zarba bermoqda. BMT ning bergan ma’lumotlariga ko’ra 1980-2005 yillar davomida yer sharida 7 mingadan ortiq tabiiy ofatlar bo’lib, buning natijasida dunyo iqtisodiyoti 1 trillion AQSH dollori miqdorida zarar ko’rdi. 6 mlndan ortiq insonning o’limiga sabab bo’ldi. SHuningdek, tabiiy ofatlardan tashqari turli texnogen talofatlar va avariyalar natijasida ham dunyo iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatilmoqda. Jumladan, XX asrda tabiy va texnogen ofatlarning sodir bo’lishining 42 foizi endogen jarayonlraga, 41 foizi suv toshqinlari va sellarga, 16 foizi to’fonlarga va 1 foizi boshqa ofatlar hissasiga to’g’ri keladi. Ilmiy texnik bilimlarni rivojlanishiga qaramay tabiatga ko’rsatilayotgan tabiiy va texnogen zararlar miqdori yiliga 6 foizni tashkil etmoqda. Soha mutaxassislarining aniqlashicha 2013 yilning tabiiy ofalari sirasiga 9-14 yanvarь kunlari Avstraliya,  Braziliya, Kolumbiya, Filippin  va  SHri-Lankada sodir bo’lgan suv toshqinlarining kelib chiqishi umumiy tabiiy qonuniyatga ega. Keyingi 4-5 kunda ushbu mamlakatlarda bir necha oyda yog’ishi kerak bo’lgan yog’ingarchilik sodir bo’lgan. Bunday tabiiy katoklizmalarning kelib chiqish sabablarini meteorolog olimlar La-Ninьya tabiiy jarayoni bilan bog’lamoqdalar, ya’ni Tinch okeani suvlari yuzasi haroratining o’rtacha ko’rsatkichlarining pasayishi bilan izohlamoqdalar.
Yana bir guruh olimlar ushbu jarayonni Avstraliya materigidan sharqqa tomon xaraktlanuvchi okean oqimlari va havo massalarining aloqadorligi bilan tushitirib, Tinch okeanining sovuq suv oqimlari sharqqa ya’ni Avstraliya qirg’oqlari tomon harakatlanish tezligi ortishi natijasida harorati ortadi bu o’z navbatida yog’in olib keluvchi bulutlarning hosil bo’lishi va yog’ingarchilikning ko’payishiga olib keladi deb baholamoqda. Avstraliyaning Brizben shahridagi Brizben daryosining daryosining suvi yog’ingarchilik miqdorining ortishi mamlakat tarxida keyingi 100 yilda kuzatilmagan suv toshqinlari keltirib chiqardi. Suv toshqinlari natijasida mamlakat iqtisodiyoti 6 mlrd. Dollor miqdorda zarar ko’rdi. Brazilyaning Riodo-Janeyro shahrida suv toshqinlari natijasida 600 dan ortiq insonlar o’limiga sababchi bo’ldi.
Qirg’izistonlik olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, ushbu tog’li davlatning iqtisodiyoti tabiiy va texnogen jarayonlar (sel hodisalari, zilzilalar, o’prilish va surilish, qor ko’chkilari) ta’sirida mamlakat iqtisodiyoti 1991-2000 yillar davomida 218,5 mln AQSH dollori miqdorida zarar ko’rgan, ya’ni yiliga 24 mln AQSH dollorini tashkil etgan. Ushbu yillrada Qirg’izistonda byudjet defitsiti 95 mln AQSH dollorini tashkil etgani holda, buning 25 foizi tabiiy va texnogen ofatlar hissasiga to’g’ri kelgan.
Tojikiston xukumati tomonidan qurilishi boshlangan Rog’un GESi ham Markaziy Osiyoning seysmik faol mintaqasida joylashganligi hisobga oladigagan bo’lsak tabiatga bo’lgan ta’sirda yuqoridagi holatlarni e’tiborga olishni taqazo etadi. Zero, har qanday tabiatga bo’lgan ta’sir tuzatib bo’lmaydigan ekologik talofatlarga sababchi bo’lishi mumkin. SHuningdek, Tojikiston tog’li hududlaridagi suv omborlari yotqiziqlarning to’planishi bilan xarakterlanadi. Yotqiziqlarning to’planish jarayoni Nurek suv omborida yuqoriligi bilan ajralib turadi. Zero, Vaxsh daryosi suvi o’ta darajada loyiqaligi bilan ajralib turadi. Tojikistonlik olimlarning ma’lumotlariga ko’ra Vaxsh va Garm daryolarida yillik yotqiziqlarning to’planishi 46,4 mln t.ni tashkil etadi. Bu esa loyixa bo’yicha qurilgan gidroinshootlarning ekspluatatsiya muddatlarini qisqarishiga sabab bo’ladi. Masalan Nurek GESi loyixasi bo’yicha 3 yilda 9 m rejalashtirlgan bo’lsa. Haqiqatda esa 22 m.ni tashkil etgan. Bu esa gidroinshotni 30 foiz iqtisodiy samaradorligi pasayishiga sabab bo’lgan. SHuni ta’kidlash kerakki, texnogen xarakterdagi ofatlar tog’li hududlarda qurilgan gidroinshootlarda ko’plab uchrab turadi. Jumladan, 2004 yil Xitoyning tog’li hududida joylashgan “Daluntaь”, GESning to’g’onida suv toshqini natijasida, 2005 yili Pokistonning “SHakidor” GES sining 150 metrli plotinasining yorilishi natijasida quyida joylashgan ko’plab qishloqlar suv ostida qolgan. SHuningdek, Xitoyning CHu daryosi vodiysida joylashgan qurilgan “Keadat” GESsida texnik nosozliklar natijasida talafatlar yuz berganligi ma’lum.
Rog’un GESi, loyiha ma’lumotlariga ko’ra, O’rta Osiyodagi yirik suv inshootlaridan biri bo’lib, Tojikiston Respublikasi hududida, Vaxsh daryosining yuqori oqimida, Surxob va Obihingov daryolarining qo’shilish joyida, CHorsada qishlog’i yaqinida barpo etila boshlagan. Uning dengiz sathidan balanligi 3000 metrni tashkil etadi. Dushanbe shahridan 110 km. uzoqlikda Rog’un GES ning shimoli-sharqida joylashgan.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish