Tog’ ekoturizmi bevosita tabiat bilan inson o’rtasida o’zaro to’qnashuvi qay tarzda kechishi bilan bog’liq. Yurtimizdagi ko’plab tabiat go’shalari borki, u bevosita sayyohlarning dam olish va sog’lomlashtirish vazifasini bajaradi. Binobarin, tog’ hududidagi hushmanzara joylar chet ellik sayyohlar uchun ochilmagan qo’riqdir. Biz ularni qiziqtira olsak, har bir sayyohni tabiat qo’ynida dam olish va sog’lig’ini tiklashga erisha olsak ekoturizmning imkoniyatlari nihoyatda kengayadi. Ammo buning uchun ekologik vaziyat va turizm xizmatini yaxshilash talab etiladi.
Mahalliy sayyohlarning mavsumiy dam olish paytlaridagi tartibsizligi natijasida o’simlik va xayvonot dunyosining payhon qilinishi, lola, ravoch, kiyik o’ti, tog’ piyozi kabi noyob, tibbiyotda foydalaniladigan o’simliklarning yo’q qilinishi shu joylarda noxush ekologik vaziyatni yuzaga keltiradi. Bunday hududlarni qo’riqlash, avaylab asrash, dam olishni va turistik marshurutlarni tug’ri tashkil etish lozim.
Halqaro turizm geografiyasi. Davlatlar o’rtasida sayyohlar ayriboshlash halqaro aloqalarning bir turi bo’lib, u turistik tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni ta’minlaydi. Xalqaro turizm jahon xalqlarini bir-birini o’rganishga, xalqlar o’rtasida do’stona aloqani, savdo-sotiqni, madaniyat va ilm-fanni yusaltirishga xizmat qiladi.
Halqaro turistik faoliyat - mintaqa va regionlar yoki davlatlar bo’yicha migratsion xarakat hisoblanadi. Sayohat paytida sayyohlar mehnat (mahsulot ishlab chiqarish, moddiy daromad olish) bilan band bo’lmasdan, balki qabul qiladigan davlatga valyuta to’lashadi.
Tahlilllar shuni ko’rsatadiki, dunyo miqyosida turizmning geografik taqsimoti bir xil emas. SHu bois, mintaqa yoki davlatlar turistik salohiyatlari va ulardan foydalanish hususiyatlariga ko’ra bir biridan farq qiladi. 6-chizmadan ko’rish mumkinki, Yevropa 57,7 foizni, Amerika qit’asi 18,5, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi 16.0 foizni tashkil etgan. Jahon miqyosida Yevropa va Amerika mintaqasida xalqaro turizm salmog’i yuqori, ammo rivojlanish sur’ati esa SHarqiy Osiyo, xususan Tinch okeani sohillari davlatlarida jadal kechmoqda.
Turizm jahon iqtisodiyotining asosiy tarmog’i sifatida sohalar ichida yillik foyda ko’rsatkichlari bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarning biriga chiqib oldi. Jahon mamlakatlari ichidagi birinchi o’nlikda turadigan davlatlarda turizmdan keladigan foyda ko’rsatkichlarini hamda keladigan sayyohlar sonini taqqoslash asosida xalqaro turizmning mintaqaviy o’rnini aniqlash mumkin (15-16 jadvallar)
11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |