Jahonda birinchi o’nlikda turadigan davlatlarga keladigan sayyohlar soni
(2000 yil holati)
T/r
|
Mamlakatlar
|
Sayyohlar soni. mln.kishi
|
Umumiy jahondagi ulushi % hisobida
|
|
Jaxon bo’yicha jami:
SHu jumladan;
|
697,6
|
100,0
|
1
|
Frantsiya
|
75,5
|
10.8
|
2
|
AQSH
|
50,9
|
7.3
|
3
|
Ispaniya
|
48,2
|
6,9
|
4
|
Italiya
|
41,2
|
5,9
|
5
|
Xitoy
|
31,2
|
4.5
|
6
|
Buyuk Britaniya
|
25,3
|
3,6
|
7
|
Rossiya
|
21.2
|
3,0
|
8
|
Meksika
|
20.6
|
3,0
|
9
|
Kanada
|
20,4
|
2,9
|
10
|
Germaniya
|
19,0
|
2,7
|
Jadval Butunjahon turistik tashkiloti ma’lumotlari asosida tuzildi.
Yuqoridagi jadvallardan ma’lum bo’ladiki, xalqaro turizmdan eng yuqori daromad bo’yicha AQSH (85,2 mlrd. dol. – 17,8 foiz), sayyohlar soni jihatidan esa Frantsiya (75,5 mln kishi –10,8 foiz) ajralib turadi. SHuningdek, ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha AQSH, Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya mamlakatlari ham ancha yuqori mavqega ega.
Xalqaro turizmning jahon miqyosida yil sayin o’sib, foyda ko’rsatkichlari oshib bormoqda. SHu bois, olimlar va mutaxassislar XXI asrni turizm asri bo’lishini bashorat qilmoqdalar.
Turizmni rivojlanishida mehmonxona hizmati va mehmonxonalarni turkumlash tizimi. Sayyohlar faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri sayyohlarni joy bilan ta’minlash masalasini xal qilishdir. Xozirgi paytda dunyodagi mehmonxonalar tarmog’i har qanday talabga javob bera oladi. Niderlandiya poytaxtida dunyodagi eng baland suzuvchi mehmonxona joylashgan. Bu besh qavatli qulay «kema» Amsterdam qirg’oqlari bo’ylab so’zib, sayyohlar o’zlarini xuddi dengiz sayyohatida yurgandek xis qiladilar. Baxreyn davlatida Fors ko’rfazi tubida suv osti mehmonxonasi mavjud. Mehmonxonaga bir-biri bilan original bog’lanib turuvchi oltita korpusdan iborat. Mehmonxonaning ichiga maxsus shaffof lift orqali tushuladi. Bunda sayyohlar dengiz ostida ajoyibotlarning shoxidi bo’ladilar. SHunga o’xshash mehmonxona Floridada ham bor, lekin u faqat olti kishiga mo’ljallangan bo’lib. Dunyodagi eng kichik mehmonxona xisoblanadi. Uning umumiy maydoni 135 kv. metrga teng.
Rossiyadagi «Izmaylovo» mehmonxonasi Moskvada 1880 yildagi olimpiada uchun maxsus qurilgan bo’lib, u bir vaqtning o’zida 9.5 ming mehmonlarni qabul qilishi mumkin. Singapurda dunyodagi eng baland 73 etajli mehmonxona joylashagan. Trinadad Respublikasi poytaxtida va Tabago Port-of Speyneda jarlik tepasidagi qoyaga osilib turgan mehmonxona bor, unga faqat tom orqali kirish mumkin. Tokiodagi 1300 nomerli mehmonxona dunyodagi eng tez xizmat ko’rsatuvchi mehmonxonadir. 4 yerda xujjatlarni rasmiylashtirish, to’lash, kalit olish boshqa ishlar uchun mehmon 45 sekund sarflaydi. Hamma ishlar avtomatlashtirilgan, maxsus videonazorat uskunalar tomonidan bajariladi.
Dunyodagi eng qimmat nomer «Lyuks» San Frantsisko «Fermont » mehmonxonasining bosh binosida joylashgan. Mehmonxona 1927 yilda qurilgan bo’lib, «Lyuks» nomerining narxi soliqlarni xisobga olmaganda sutkasiga 6 ming dollar turadi. Mijoz kecha-kunduz oksoch, dvoretskiy (oshxona), haydovchi xizmatlari bilan ta’minlanadi.
Mehmonxonalarni turkumlashda har xil mamlakatlarda har xil tizim qo’llanadi, xozirgi kunga kelib 30 dan oshiq tizim mavjud.
Dunyodagi mehmonxonalarni yagona turkumga ajratish uchun bir qator omillar xalaqit beradi.
Bu omillar sayyohlik faoliyati ko’rsatuvchi davlatlarning madaniy-tarixiy rivojlanishi, ularning milliy xususiyatlari, xizmat ko’rsatish sifatini baholash o’lchovlaridan farqlar va boshqalar bilan bog’liq.
Eng ko’p tarqalgan turkumlarga quyidagilar kiradi:
yulduzlar yordamida turkumlash tizimi. Bu tizim Frantsiyada, Avstraliyada, Vengriya, Misr, Rossiya, Xitoy va boshqa xalqaro sayyohlik ommalashuvida qatnashuvchi qator mamlakatlarda qo’llanmiladi;
Harflar yordamida turkumlash, Gretsiyada qo’llaniladi;
Buyuk Britaniya uchun harakterli «Toj»lar yordamida turkumlash;
Darajalar yordamida turkumlash va boshqalar.
Endi bu turkumlarning xususiyatlarini ko’rib chiqamiz. Eng ko’p uchraydigan turkumlashdan biri frantsuz milliy turkumlashidir. Bunga ko’ra mehmonxonalar qulayligiga qarab shartli yulduzlar bilan belgilanadigan turkumlarga bo’linadi.
Avstriya sayyohlikni qabul qilish bo’yicha dunyoda tan olingan modellardan biri xisoblanadi. SHuning uchun mamlakatning tog’li qismlarining o’zida 20 mingdan ortiq mehmonxonalar mavjud.
Eng arzon joylashish vositalariga Avstriyada 100 tadan kam bo’lmagan «youth hotells» kiradi (solishtirish uchun: Rossiyada 10 tadan kam ). Bu qimmat bo’lmagan yoshlarga mos yotoqxonalarda xoxlovchilar tunab qolishlari mumkin, lekin bu yerda alohida qulayliklar mavjud emas.
Avstriya mehmonxonalari 5 yulduzli tizim bo’yicha baholanadi, lekin qishloq joylarida «turkumdan tashqari mehmonxonalar» ham mavjud. Ular bir, ikki, uch qavatli uylardan iborat bo’lib, ko’pincha fermer oilalari tomonidan ochilgan bo’ladi.
Avstriyadagi 3 va 5 yulduzli mehmonxonalar bir biridan uncha farq qilmaydi. Bu klassdagi ko’p mehmonxonalarda basseyn, sauna, restoran, bufet va solyariy mavjud. O’xshashlik Avstriyada tarqalgan mehmonxona interьerini «romantik uslub»da bezatish bilan chukurlanadi. Bu uslubda zamonaviy texnika qadimiy turkumi anjomlari bilan uyg’unlashib ketadi. Ba’zan, uch yulduzli mehmonxonadagi uskunalar to’rt yulduzli mehmonxonadan yaxshirok bo’lishi mumkin (masalan, basseyn mavjudligi uchun). Umuman, ikki oliy turkumdagi mehmonxonalar o’zlarining yulduzliligini keng nomerlari va ko’rsatiladigan xizmatlar to’plamining ko’pligi yordamida oqlaydilar. Besh yulduzli mehmonxonalar to’rt yulduzlidan qo’shimcha «ikir chikirlar» va yuqori darajada xizmat ko’rsatishi bilan ajralib turadi.
Misrda mehmonxonalarni turkumlashda ham yulduzlar ishlatiladi, lekin Yevropa turkumidan farqli ularoq yulduzlar taxminan 1/2 yulduzga oshirilgan.
Xitoyda 1996 yilning boshiga kelib 4000 ga yaqin joylashish vositalari mavjud edi. Ularni baholashda ko’p tarqalgan 5 yulduzli tizim qo’llaniladi. Bundan tashqari mamlakatda o’ziga xos shkala ham mavjud bo’lib, unga ko’ra eng oddiy qabul qilish joylariga «mehmon uylari» kiradi. Bu karvonsaroy yoki xotellarni student yotoqxonalari bilan tenglashtirish mumkin. «Mehmon uchun uylar» qulayrok xisoblanib, bular 2 yulduzli mehmonxonalar qatoriga kiradi.
Yanada nufuzli uch va to’rt yulduzli darajadagi talablarga javob beruvchi mehmonxonalarga – sayyohlar mehmonxonalarni, besh yulduzli darajaga – «vino uylari»ni kiritish mumkin. Bunda Xitoy standartlariEvropa standartlaridan qolishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |