Sayohatlar va sayohlik – bu biznesning bir – biriga yaqin turlari sayohatchilarga u yoki bu tug’risida xizmat ko’rsatadi. Ma’lum sayohlikka eng yaqinrok soxa – bu turlarni tarkatish, ya’ni sayyohlik agentliklarini faoliyatidir bunda bevosita aviakompaniyalar, avtomobillar ijarasi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar, temir yo’llar, avtobus marshrutlari, mehmonxonalar va restoranlar qatnashadilar. Bu guruxlarni hammasi sayyohlik infrastrukturasini ifodalaydi. Qo’yish biznes turlariga xizmat ko’rsatish soxasini rivojlantiruvchi va sayyohlarni kredit kartochkalarini ta’minlovchi moliyaviy strukturalar kiradi.
Kishilarning biror mintaqadan yoki hududdan boshqa joylarga safar qilishida bevosita geografik xususiyatlar, ya’ni qulay tabiiy geografik sharoit va siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm geografiyasi, A.Soliev fikricha, bu «jonli, faol» yoki «harakatdagi geografiya» dir. CHunki, biror turistik ob’ektni ko’rish uchun o’sha joyga borib bevosita ko’rishi lozim. Bu maqsadga esa geografik marshrutlar asosida amalga oshiriladi. Qolaversa, geografiya fanining tarixi, kelib chiqishi ham ko’p jihatdan aynan turli xil sayohatlarga, hozirgi zamon tili bilan aytganda, turizmga bog’liq.
Turistik resurslar maqsad va vazifalariga ko’ra tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o’z ichiga oladi (Putrik, Sveshnikov, 1986). SHu jihatdan turizm geografiyasi bilan rekreatsiya geografiyasining farqlarini aniqlash muhim masaladir.
Ba’zi olimlar fikricha, turizm o’zining umumiy xususiyatlari va funktsiyalariga ko’ra uch tipga ajratildi; 1. Davolanish, 2. Sog’liqni tiklash-sport 3. Tanishuv turizmi (Erdavletov, 2000). Bizning fikrimizcha, yuqoridagi tipologik funktsiyalarni hisobga olgan holda turizmni sog’lomlashtirish va sport, tanishuv, diniy, kasbiy va boshqa turlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Dmitrevskiy bulardan tashqari, ilmiy, ekskursion, festival, xizmat, qishloq turizmlarini ham belgilagan (Dmitrevskiy, 2000)
SHu bois, sayyohning marshrutlarga chiqishidan maqsadi va istagi har xil bo’lishini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Turistik faoliyatda sayyoh yakka yoki maxsus marshrut asosida safarga chiqishi mumkin. SHuningdek, sayohat paytida bir vaqtning o’zida ko’pgina maqsadlarni, ya’ni, turizmning ko’pgina funktsiyalarida ishtirok etishi ham nazardan holi emas (2-chizma).
Aholining turmush sharoitini yaxshilanib borishi, uning bo’sh vaqtini ko’payishi, oilaning moddiy daromadini o’sishi dam olish paytlarini ko’ngildagidek o’tkazishga sabab bo’ladi. SHu bois, kishilar dunyoni ko’rish, tabiat qo’ynida dam olish, sog’lig’ini tiklash va boshqa turistik manbalardan foydalanishni istashadi. Bu esa bevosita turizm geografiyasi bilan bog’liq masaladir. CHunki, kishilar dunyoni xaritadan emas, balki o’z ko’zlari bilan ko’rishni istashadi (Zachinyaev, Falьkovich, 1972). Darhaqiqat, sayohat davomida sayyohlar hududlarning turistik imkoniyatlarini safarlar uyushtirish orqali amalga oshiradi. Bu turizmning o’ziga xos xususiyatidir. SHu o’rinda, turizmning turlari va ko’rinishlari, jumladan, tashkiliy asoslari, davomiyligi, mavsumiyligi va yosh jihatlari turlicha bo’lishini hisobga olish lozim (3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |