1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja



Download 0,65 Mb.
bet7/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
Социал география

Falsafiy mohiyatiga ko’ra, agarda inson va uning turmush sharoitlari, mehnat qilishi, bilim va dam olishi, sog’lig’ini tiklashi, fikr —o’ylari, urf —odatlari bilan bog’liq yoki bir so’z bilan aytganda keng ma’nodagi ijtimoiy voqea—xodisalar makon va zamonda mavjud ekan, o’z navbatida ularni vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining xududiy qonuniyatlarini o’rganish zaruriyatining tug’ilishi tabiiy va ushbu masala, fanlar mantiqiga ko’ra, avvalo geografiya fanining tadqiqot ob’ekti doirasiga kiradi, aniqrog’i u bilan ijtimoiy geografiyaning shug’ullanishi maqsadga muvofiqdir.
Sotsial yoki tor ma’nodagi ijtimoiy geografiyaning O’zbekistonda shakllanishi va rivojlanishiga maxalliy olimlar, xususan A.S.Soliev va M.I.Nazarovlar o’z hissalarini qo’shdilar. Jumladan, A.S.Soliev o’tgan asrning so’nggi o’n yilligida e’lon qilingan qator risola va o’quv qo’llanmalarida an’anaviy iqtisodiy geografiyaning rivojlanish yo’nalishlarini ochib bergan va shu o’rinda mazkur fanning sotsiallashuvi (ijtimoilashuvi)ga alohida urg’u bergan. A.S.Soliev fikricha, keng ma’nodagi ijtimoiy geografiya (iqtisodiy va sotsial geografiya) eng avvalo uch blok yoki tarkibiy qismdan iborat. Birinchi blokka u iqtisodiy geografiya, ya’ni ishlab chiqarish geografiyasini, ikkinchi blokka aholi bilan bog’liq sotsial—iqtisodiy geografik fanlarni va, uchinchi blokka esa, tor ma’nodagi ijtimoiy geografiya yoki aniqrog’i sotsial geografiyani kiritadi. SHuningdek, A.S.Soliev ayrim hollarda «sotsial» tushunchasi to’la «ijtimoiy» tushunchasiga mos kelmasligi ta’kidlab., birinchi atamaning ham ba’zan ishlatilishini maqsadga muvofiq deb biladi.
A.S.Soliev rahbarligida M.Nazarov tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish muammolari bo’yicha yoqlangan dissertatsiya (1996) an’anaviy iqtisodiy geografiyadan sotsil geografiya tomon muhim bir qadam bo’ldi. Buning davomi sifatida keyinchalik fan, va ilmiy tadqiqotlar geografiyasi (Nazarova X., 1997), tibbiyot geografiyasi (Komilova N., 1999), jinoyatchilik geografiyasi (A.Qayumov 2004) bo’yicha dissertatsiyalari yoqlandi.
SHunday qilib, ijtimoiy geografiya (keng ma’noda) — bu geografiya fanlari va ijtimoiy fanlar o’rtasidagi integratsiya jarayonlarida vujudga kelayotgan geografiya fanlari tizimidan iborat. Hozirgi davrda ushbu tizimda fanlarning uyg’unlashuvi (sintezi) ro’y bermoqda va ijtimoiy geografiyaning umumiy nazariyasi tez shakllanmoqda. Demak, ijtimoiy geografiya shakllanish bosqichini boshidan kechirmoqda va shuning uchun ham uning mustaqilligi va bir butunligi istiqbolidan dalolat beradi.
Ijtimoiy geografiyaning mustaqilligi birinchi navbatda, mazkur fan nazariyasini vujudga keltirilishi bilan va ikkinchidan, uning atrofida integratsiyalashgan turli fanlarning shakllanishi bilan ta’minlanadi.
Sobiq Ittifoq davridan boshlab ijtimoiy geografiya uch asosiy yo’nalishlarda rivojlanmoqda. Birinchisi, bu ushbu fanning hozirga qadar shakllangan bo’limlarining (aholi geografiyasi, geodemografiya, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi va ijtimoiy infrastruktura) rivojlanishini davom etishi. Ikkinchi yo’nalish yangi shakllanayotgan bo’limlarni o’z ichiga oladi. Bularga tez rivojlanayotgan rekreatsiya geografiyasini, turmush tarzi geografiyasi, madaniyat gsografiyasi va boshqalar mansub. Uchinchisi, sekinlik bilan bo’lsada, ijtimoiy geografiyaning umumiy nazariyasini paydo bo’lishi bilan bog’liq.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish