Davlatlar
|
Zichlik
|
№
|
Davlatlar
|
Zichlik
|
Aholisi eng siyrak joylashgan davlatlar
|
1
|
Gviana (Frants)
|
0.7
|
1
|
G’arbiy Sahroi Kabir
|
0.1
|
2
|
Botsvana
|
1
|
2
|
Namibiya
|
2
|
3
|
Mo’g’iliston
|
1
|
3
|
Gviana (Frants.)
|
2
|
4
|
Namibiya
|
1
|
4
|
Surinam
|
2
|
5
|
Liviya
|
1.5
|
5
|
Mo’g’iliston
|
2
|
6
|
Mavritaniya
|
1.5
|
6
|
Liviya
|
3
|
7
|
Avstraliya
|
1.8
|
7
|
Mavritaniya
|
3
|
8
|
Gabon
|
2
|
8
|
Botsvana
|
z
|
9
|
Islandiya
|
2
|
9
|
Kanada
|
3
|
10
|
Kanada
|
2.3
|
10
|
Islandiya
|
3
| Aholisi eng zich joylashgan davlatlar |
1
|
Malьta
|
950
|
1
|
Makao-Xitoy
|
20000
|
2
|
Barbados
|
568
|
2
|
Singapur
|
7000
|
3
|
Bangladesh
|
533
|
3
|
Gonkong-Xitoy
|
6181
|
4
|
Baxrayn
|
411
|
4
|
Malьta
|
1333
|
5
|
Malьdiv orollari
|
400
|
5
|
Malьdiv orollari
|
1000
|
6
|
Puerto-Riko
|
348
|
6
|
Bangladesh
|
981
|
7
|
Janubiy Koreya
|
345
|
7
|
Barbados
|
750
|
8
|
Niderlandiya
|
333
|
8
|
Baxrayn
|
700
|
9
|
Martinika
|
330
|
9
|
Falastin 609 '
—————————————————— 1 ———————
|
609
|
10
|
Belьgiya
|
321
|
10
|
Moris ; 600 ;
|
600
|
*Jadval quyidagi 3-jadval ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Aholi eng siyrak joylashgan davlatlar Mo’g’iliston, Avstraliya, Kanada bo’lib, bu davlatlarda aholi zichligi 1 km2 ga 2-3 kishini tashkil etadi. Dunyoda aholisi eng zich va siyrak joylashgan davlatlar (1 km2 ga kishi).*Dunyoda aholi soni ko’payib borishi bilan mutanosib, uning zichligi ham ortib boradi. 1920 yilda dunyoning aholi yashaydigan quruqlik qismida o’rtacha km2 ga 13 kishini tashkil etgan bo’lsa, 1950 yilda 18, 1983 yilda 34, 1999 yilda 45 va 2004 yilda 48 kishini tashkil etgan.
Yevropa dunyo qit’alari ichida aholining o’rtacha zichligi yuqori hudud hisoblanadi. Aholi zichligi Yevropaning shaharlarida yuqori bo’lib qishloq hududlaridan keskin farq qiladi. Bu qit’ada aholi umuman yashmaydigan hudud yo’q. Yevropada aholisi nisbatan siyrak joylashgan hududlar Islandiya va Norvegiya davlatlari bo’lsa, aholisi eng zich joylashgan Niderlandiya (Gollandiya) va Belьgiya davlatlaridir. Aholi zichligi bo’yicha Malьta davlati alohida ahamiyatga ega bo’lib, bu yerda aholi zichligi 1 km2 ga 1000 kishidan ortadi. Malьtada ichishga yaroqli suv juda tanqis bo’lib, u sotiladi. Toza suvning qimmati hatto vinodan ham yuqori turadi. Yevropada aholi eng zich joylashgan hudud Reyn daryosi vodiysidir. Bu yer juda hosildor lyossimon tuproqlardan tarkib topgan bo’lib dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanish uchun juda qulaydir. SHuningdek, Dunay daryosi vodiysi bo’ylab ham aholi zichligi nisbatan yuqoridir.
Evropada urbanizatsiya darajasining yuqoriligi shahar va qishloq
hududlari aholisi zichligidan keskin farq etishiga olib kelgan. O’z navbatida qishloq hududlarida ham aholi zichligi o’zaro farq qiladi. Masalan, Malьtada qishloq aholisi 1 km2 ga 100 kishidan ortib borganda Yevropaning shimoliy hududlarida aholi siyrak joylashgan. CHunki bu yerlar iqlimi sovuq bo’lib, qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun unchalik qulay emas. SHunday bo’lsada, Yevropada aholi zichligi 1970-2004 yillarda 1 km2 ga 94 kishidan 123 kishiga oshgan.
Osiyoda dunyo aholisining eng asosiy qismi yashaydi. SHarqiy Osiyoda Yaponiya, Xitoy, Koreya, Janubiy Osiyoda esa Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi davlatlar joylashgan bo’lib ular dunyodagi aholi zichligi bo’yicha eng yuqori o’rinlarni egallaydilar. Osiyo aholisining asosiy qismi Hindi-Xitoy yarimorolida va Indoneziya orollarida joylashgan bo’lib, ularda aholi zichligi 1 km2 ga 400-500 kishiga teng. G’arbiy Osiyodagi Arabiston yarim orolida, Markaziy Osiyoda, ayniqsa, Mo’g’ilistonda aholi siyrak joylashgan bo’lib, 1 km2 ga 2-3 kishini tashkil etadi.
Osiyoda dunyo qishloq aholisining katta qismi istiqomat etib, ular
qishloq xo’jaligi, ayniqsa dehqonchilik uchun qulay yerlarga- Xitoydagi yirikdaryolar, Gang, Braxmaputra, Mekong, Xuanxe vodiylariga, Koreyaningg janubiy qismi, Yaponiya va Yava orollariga joylashganlar. Bu hududlar maydoni 2.5 mln.km2 bo’lib, ularda taxminan 2 milliarddan ortiq aholi yashaydi. Aholi zichligi Hind va Ganga vodiylarida, Xuanxe va Yantszi delьtalarida juda zich bo’lib 1 km2 ga 1000-1500 kishini tashkil etadi.
Osiyoda aholi doimiy yashamaydigan tog’li hududlar (Tibet, Hindikush, Himolay tog’liklari) va cho’llar, chala cho’llar (Rub-al-Xali, Takla-Makon, Gobi cho’llari) ham majuddir. Afg’oniston, Suriya, Eron, Turkiya davlatlari hududlarida ham aholi juda siyrak joylashgandir. CHunki bu hududlar tabiiy sharoiti ham dehqonchilik uchun uncha qulay emas. Bu yerlarda asosan aholi ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanadilar.
SHaxar va qishloq aholisi. Urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishi. Urbanizatsiya jarayoni shaxarlar soni va shaxarlar aholisining miqdori va ulushining o’sishini, shaxarlar bilan bog’liq murakkab tarmoqlar va tizimlarning shakillanishi va rivojlanishini anglatadi.Demak, urbanizatsiya kishilik xayotida shaxarlar axamiyatining beqiyos oshishini, jamiyatni aholining mehnat xususiyati, turmush tarzi va madaniyatini ishlab chiqarishni joylashishi bo’yicha shaxarlashishni o’zida aks ettiruvchi tarixiy jarayondir. Urbanizatsiya ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim tarkibiy qisimlaridan biridir.
Zamonaviy urbanizatsiya umumjaxon jarayoni sifatida ko’pchilik mamlakatlarga xos bo’lgan uchta umumiy jixatlar bilan ifodalanadi.
SHulardan birinchi jixat- shaxar axolisining ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarda yuqori sur’atlar bilan o’sishi. Dunyoda 1900 yilda mavjud jami aholisining salkam 14% i shaxarlarda yashagan, bu ko’rsatkich 1950 yilda 19% ni, 1990 yilda 45, 2000 yilda esa 51% ni tashkil etadi.
Ikkinchi jixat-aholi va xo’jalikning asosan katta shaxarlarda to’planganligi bilan bog’liq. Bunday xolat avvalambor ishlab chiqarishningxususiyati, uni ilm-fan, ta’lim-tizimi bilan bo’lgan aloqadorligining murakkablashuvi bilan bog’langanligi. Ma’lumki katta shaxarlar insonlarning ma’naviy va madaniy talablarini to’laroq qondiradi. Xilma-xil tovarlar va ximatlar bilan yaxshiroq ta’minlanadi, mavjud axborot manbalariga yo’l ochib beradi. Jaxonda XX asr boshida (aholisining soni 100 mingdan ortiq) 360 ta katta shaxarlar mavjud bo’lib, shularga jami aholining atigi 5% i to’g’ri kelgan, bunday shaxarlarning miqdori 90-yillarning boshida 2,5 mingni tashkil etdi. 2000 yilda esa 3,5 mingdan o’tib ketdi. Ularga tegishli tarzda jami aholining 1/3 va 2/5 qismi tashkil etadi. Katta shaxarlar ichida aholisining soni 1 mingdan ortiq bo’lgan yirik va juda yirik bo’lgan shaxarlarni alxida ajratish qabul qilingan. SHunday shaxarlarning soni XX asr boshida 10 ga teng bo’lgan 80- yillarning boshida 200 dan, 2000 yilda esa 400 dan oshib ketdi. Mazkur shaxarlar ichida supershaxarlar aholisining soni 5 mln dan ziyod miqdori 90-yillarda 30 ni, 2000 yilda esa 60 ni tashkil etdi. Xozirgi kunda ushbu shaxarlarda salkam 0,5 mlr kishi yoki yer shari aholisining 80% dan ortiq qismi istiqomat qilmoqda.
Uchinchi jixat-shaxarlar xududining keskin kengayib, yoyilib ketishi bilan bog’langan. Zamonaviy urbanizatsiya jarayoni uchun ayrim shaxarlar va shaxarchalardan shaxarlar bilan qishloqlarni o’zida qamrab olgan shaxarlar aglomeratsiyalarga megapolislarga o’tish ayniqsa xos bo’lmoqda. SHaxarlar aglomeratsiyalarining o’zagi vazifasini odatda poytaxtlar boshqa muxim sanoat markazlari va yirik dengiz portlari bajarmoqda.
Juda yirik shaxarlar aglomeratsiyalari Mexiko, Tokio, San-Paulu, Niyu-York shaxarlari atrofida shakllangan shularning xar birida 16 mln dan 30 mln gacha kishi istiqomat qiladi.
Xozirgi vaqtda ikki yoki undan ortiq aglomeratsiyalar xududining qo’shilib ketishi natijasida urbanizatsiyalashgan rayonlar va zonalar eng muximi megapolislar vujudga kelmoqda. SHular ichida Tokaydo, Kosvash, Sansan, CHPITS, megapolislari aloxida axamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |