1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja



Download 0,65 Mb.
bet23/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
Социал география

Ta’lim - tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tahlil etishda ularning mintaqalardagi vaziyatini baholash umumta’lim dasturlarining bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Hozirga kelib respublikada intensiv ravishda ta’lim tizimini islox qilish jarayoni rivojlanmoqda. Mamlakatda 7 tilda 170 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr ztilmoqda.
1999 -2000 o’quv yilida umumiy taьlim maktablarining soni 9849 taga yetpsh holda, unda ta’lim oluvchilar miqdori esa 5820,9 mingta yetgan.
Maktablar geografiyasi. Ta’lim geografiyasida maktablar to’rining hududiy joylashuvi masalasi o’ta muhim hisoblanadi. SHu boisdan respublikamiz viloyatlari miqyosida umumiy ta’lim maktablarining 1999-2000 o’quv yillaridagi holatini tahlil qilganimichda Samarqand (1226 ta) va Qashqadaryo viloyati (1086 ta) yetakchi ekanligini kuzatamiz. Farg’ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ham maktablar soni nisbatan ko’pdir (2 - jadvalga qarang).
Respublikamiz jami aholisining’ 8,8 foizini o’ziga mujassam etgan Toshkent shahrida 380 ta maktab bo’ladigan bo’lsa, xuddi shunday 7,9 foiz mamlakat aholisi yashaydigan Namangan viloyatida 675 ta, Andijon (8,9 foiz aholi) 760 ta maktabga ega. SHu o’rinda alohida taьkidlash lozimki, xududlardagi maktablar to’rining joylashuvida ularning soni bilan birga, quvvati (o’rinlar soni, zamonaviyligi, texnika ta’minoti, katta —kichikligi) ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHu o’rinda umumiy ta’lim maktablarida ta’lim oluvchi o’quvchilar miqdorini ham taxlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Darhaqiqat, umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim oluvchilar soni Farg’ona, Samarqand, Qashqadare viloyatlar ichida nisbatan yuqori bo’lsa, Sirdaryo, Xorazm, Jizzax hamda Buxoro viloyatlarida esa ularning birmuncha kamligining guvohi bo’lamiz. Bunga viloyatlarning tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy va demografik rivojlanishi ham ta’sir ko’rsatadi.
Respublikada maktablardan tashqari maxsus kollej va akademik litseylar ham barpo etilmoqda. 1999 - 2000 o’quv yilining boshida 30 ta akademik litsey va 120 ta professional kollejlar faoliyatini boshladilar. Ularda ta’lim oluvchilar mos ravishda 7,3 va 30,2 mingtani tashkil etadi. Yangi tipdagi o’quv yurtlari qatorida respublikada 224 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari 266,9 ming o’quvchi kontingenti bilan faoliyat yuritmoqda.
Mamlakat intellektual salohiyati undagi mavjud oliy o’kuv yurtlari va ularning faoliyati bilan belgilanadi. SHu boisdan respublikadagi o’rta ta’lim va o’rta maxsus o’quv yurtlari bilan bir qatorda Oliy o’quv yurtlarining geografiyasini taxlil qilganimizda quyidagilarni ko’rishimiz mumkin. CHunonchi, 1999-2000 o’quv yilida Oliy O’quv yurtlarining umumiy soni 64 ta bo’lib, undagi ta’lim olayotgan talabalar 166,5 mingtani tashkil etdi. Mazkur o’quv yilidan boshlab respublika oliy o’quv yurtlarida xalqaro standartlar asosida ko’p sohali mutaxassislarni tayyorlashni boshladi. Davlat standartlari ishlab chiqilgan va qabul qilingan. SHunga mos ravishda Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriat va magistratura shakliga ega bo’ldi. Oliy o’quv yurtlari respublikada o’ziga xos geografik ko’rinish kasb etadi. Jumladan, ularning eng ko’pi, ya’ni 28 tasi mamlakatimiz poytaxti - Toshkent shahriga to’g’ri keladi. Ikkinchi o’rinni Samarqand viloyati egallaydi. Bu viloyatdagi oliy o’quv yurtlarining umumiy soni jami Oliy o’quv yurtlarining 0,9 foizini tashkil etadi. Ushbu viloyatdagi oliy o’quv yurtlari sonining nisbatan ko’pligi hammamizga ma’lum bir qator tarixiy, ijtimoiy - iqtisodiy omillar bilan belgilanadi. Farg’ona iqtisodiy rayoni va Buxoro viloyatidan boshqa barcha viloyatlarda ularning miqdori 1-2 ga to’g’ri keladi.
Respublikadagi mavjud oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirayotgan bakalavriatlar soni oxirgi o’quv yilida 39,5 ming kishini, shundan pulli shartnoma asosida qabul qilinganlari 45 foizni tashkil etmoqda. Barcha Oliy o’quv yurtlaridan 25 tasi magistraturaga qabul qilish xuquqiga ega. Magistratura shaklida 1999 - 2000 o’quv yilida jami 2012 ta kishi qabul qilingan bo’lib, ulardan pulli shartnoma asosida o’qishga kabul qilingan. Magistraturada ta’lim oluvchi magistrlarga bo’lgan talab mamlakatimiz hududlarida borgan sari oshib borishi tabiiy.



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish