1-mavzu: sotsial geografiyaning ob’ekti va predmeti reja


Xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishida



Download 0,65 Mb.
bet25/82
Sana09.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#646139
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Bog'liq
Социал география

Xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishida aholining xizmatlarga bo’lgan extiyojlari muxim ahamiyatga ega. Ularning shakllanishiga esa tabiiy — geografik, demografik, ijtimoiy — iqtisodiy omillar ta’sir ko’rsatadi.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini geografik o’rganishda ularning hududiy tashkil etilishi masalalariga asosiy e’tiborni qaratish lozim.
Xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil etish- bu eng avvalo xizmat ko’rsatish muassasalari, markazlari va majmualarini muayyan shart-sharoitlarga bog’liq holda joylashuvi va hududiy pog’onalashuvidan iborat.
Xizmat ko’rsatish muassasalarining ma’lum bir vaqt va hududdagi holati, yig’indisi muassasalar to’rini hosil qiladi. Muassasalar to’rini o’z navbatida tarmoqlar to’ri va majmuali (integral) qismlarga ajratish mumkin. Tarmoqlar to’ri, bu masalan, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalaridan iborat bo’lsa, xizmat ko’rsatish majmuasi esa eng avvalo xizmat ko’rsatish markazlarini o’z ichiga oladi. Bunday markazlar tarkibida turg’un (statsionar) tipda xizmat ko’rsatuvchi muassasa yoki ularni yig’indisi mavjud. Muassasalar esa o’zlarining xizmat ko’rsatish zonalariga (arealiga) ega.
Xizmat ko’rsatish muassasalari o’zining ta’sir zonasi bilan birgalikda-xizmat ko’rsatishning hududiy tizimlarini tashkil etadi. Ular esa muayyan xizmat turini doimiy iste’mol qiluvchi barcha aholi manzilgohlari va shu xizmat turining uncha katta bo’lmagan muassasalarini o’z ichiga oladi.
Aholiga xizmat ko’rsatash muassasalarini joylashtirishda quyidagi tamoyillar muhim rol o’ynaydi:

  • aholi uchun qulayligi (xizmatni olishda kam vaqt sarflash va uning sifati);

  • iste’molchi va xizmat ko’rsatuvchining mavjudligi;

  • aholi manzilgohlari va ularning katta-kichikligi;

  • xizmatlarga bo’lgan aholining ehtiyojlari;

  • xizmat ko’rsatish ob’ektlarining majmualiligi va ixtisoslashuvi;

  • xizmat ko’rsatishning davriyligi;

  • region aholi manzilgoxlarining rivojlanish istiqbollari.

Xizmat ko’rsatishning pog’onalashuvi, avvalo aholi manzilgoxlarining katta-kichikligi, funktsiyalari bilan chambarchas bog’liq. Aholi manzilgoxlarining kattalashib borishi bilan ulardagi xizmatlar turi va muassasalari ham kupayib boradi va shunday qilib, ushbu aholi manzilgoxlarining region xizmat ko’rsatish tizimida tutgan mavqei, ranggi oshib boradi.
Aholiga xizmat ko’rsatish muassasalari joylanishi belgilariga ko’ra:
-lokal tipi (bunday muassasalar aholining xizmatlarga bo’lgan extiyojlarini bevosita ishlab chiqarishda yoki o’qish, dam olish davrida qondirishga xizmat qiladi - oshxona, tibbiy manzilgox, profilaktoriya va b.);
-umumiy (ushbu guruhga mansub xizmat ko’rsatish muassasalari tarkibida aholining kundalik extiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar ko’pchilikni tashkil qiladi hamda ular aholi manzilgohlarining infrastruktura tizimiga kiradi);
-rayon (bunday muassasalar rayon ahamiyatiga molik vazifalarni bajaradi —o’quv yurtlari, madaniyat muassasalari ;
-rayonlararo tipiga mansub muassasalar yanada kengroq vazifalarni bajaradi (avtoservis maxsus xizmatlari, maishiy texnika remonti markazlari va b.);
-respublika (bunday xizmat turlari respublika ahamiyatiga ega va mamlakat mehnat taqsimotida ishtirok etadi: kurortlar, turistik markazlar, tor profilli klinikalar va x.) tiplarga bo’linadi.
3. Xizmat ko’rsatish soxalarini hududiy tashkil etish masalalari
Xizmat ko’rsatish tizimlarini hududiy tashkil etish, bu avvalo ularning markazlarini xizmat ko’rsatish darajalari va toifasiga, aholi manzilgoxlarining katta-kichikligi va zichligiga, xizmat ko’rsatish zonasining demografik saloxiyatiga, aholi joylashuvi tizimining rivojlanganlik darajasiga bog’liq.
Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil etish masalalari ularni geografik jihatdan tadqiq etishning negizini tashkil qiladi. Muayyan bir vaqt va hududda xizmatlarning tuzilishi va hududiy tizimlarini uyrunligini xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil etilishi sifatida tushunish mumkin.
Xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil etish jarayonlari bir vaqtning o’zida ham ularning joylashuvi (zamonaviy holati)ni hamda rivojlanishi, o’zgarishi jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlanishida eng avvalo aholining xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari va ularni qondirishda muayyan bir hudud yoki mamlakatning imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega.
Aholiga xizmat ko’rsatish geografiyasining asosiy vazifasi-xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil qilishning mohiyatini ochib berish va qonuniyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil etish tushunchasining mohiyati ilk bor V.V.Pokshishevskiy, S.A.Kovalev, Yu.G.Saushkinlar tomonidan ochib berilgan. Jumladan, Yu.G.Saushkin (1973, 6.225-226). xizmat ko’rsatish sohalarining hududiy tashkil etilishi, avvalo ularning «nuqtalari»ni o’zaro va aholi manzilgoxlariga nisbatan, kishilarning kundalik muntazam harakat yo’nalishiga mos ravishda joylushuvi va boshqalarda namoyon bo’lishi, bu «nuqta»larnning yig’indisi aholining extiyojlarini to’la qondirishi ma’nosida tushunadi.
Aholiga xizmat ko’rsatish muassasalari to’ri va tizimlarini hududiy tashkil etilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga quyidagilar kiradi:


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish