Turizm va rekreatsiya sohalarining rivojlanishida ekoturizmning roli



Download 221,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.06.2022
Hajmi221,23 Kb.
#655287
  1   2
Bog'liq
1822-Article Text-3796-1-10-20210925



Turizm va rekreatsiya sohalarining rivojlanishida 
ekoturizmning roli 
Fazilat Ibrohim qizi Muzropova 
QarMII 
Nasiba Siddiqovna Mardonova 
Kadastr agentligi Samarqand tuman filiali 
 
Annotatsiya:
Ekoturizm va uning rivojlanishi nafaqat mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitiga, balki hududning tabiiy sharoitiga, ekoturizm joylarining 
mavjudligiga va ularning geografik joylashuviga ham bog'liq. Chunki tabiiy 
sharoitning xususiyatlari mintaqaning ekoturizm salohiyatini va qanday turlarni 
rivojlantirish mumkinligini aniqlashga imkon beradi. 
Kalit so’zlar:
ekoturistik atlaslar, lokalizatsiya, sayyohlik biznesi, mototurizm 
The role of ecotourism in the development of tourism and 
recreation 
Fazilat Ibrahim qizi Muzropova 
QarMII 
Nasiba Siddikovna Mardonova 
Samarkand district branch of Cadastre Agency 
Abstract: 
Ecotourism and its development depends not only on the socio-
economic conditions of the study area, but also on the natural conditions of the area, 
the presence of ecotourism sites and their geographical location. Because the 
characteristics of natural conditions allow us to determine the ecotourism potential of 
the region and what species can be developed. 
Keywords:
ecotourist atlases, localization, tourism business, mototourism 
XXI asr boshlarida turizm iqtisodiyotining keng rivojlanayotgan tarmog‘i sifatida 
qarala boshlandi va uning rivojlanishi iqtisodning boshqa yо‘nalishlariga (savdo 
transport) rag‘batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatadi, kо‘plab ish о‘rinlarini yaratishga yordam 
beradi. Turizm jahon iqtisodiyotidagi eng yuqori daromadli tarmoqlardan biri bо‘lib, 
uning asosiy yо‘nalishlaridan biri bо‘lgan ekoturizm tegishli xaritalash ta’minotiga 
muhtoj. 
"Science and Education" Scientific Journal
September 2021 / Volume 2 Issue 9
www.openscience.uz
55


Ekoturistik atlaslar, xaritalar va sxemalari- iste’molchilarning (sayyohlar) keng 
doirasi uchun mо‘ljallangan ommaviy kartografik mahsulotlarning bir turi bо‘lib 
ularning yaratilishi zamonaviy kartografiyada istiqbolli yо‘nalishlardan biridir. 
Bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan va chegarasiz ochiq jamiyat barpo 
etishga qaratilgan о‘zgarishlar shuningdek sayyohlar, shu jumladan , ekoturistlar 
oqimining tobora ortib borayotgani kartografik maxsulotlarga katta qiziqish uyg‘otdi, 
yaratilgan xaritalarni tahlil qilishni shu barobarida ularni takomillashtirish yо‘llari va 
imkoniyatlarini izlashni talab qilmoqda. 
Sayyohlik xaritalari va sxemalariga bо‘lgan talabning oshishi ekoturizmga 
bо‘lgan katta extiyoj bilan bog‘liq holda yangi kartografik mahsulotlarni yaratish va 
ushbu mahsulotlarni tizimlashtirish, birlashtirish vazifalarni hal qilish, ularning 
kartografik dizayni estetikasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni talab qilmoqda. 
Bunda ekoturizmni zamonaviy xaritalashning asosiy vazifalari sifatida 
quyidagilarni olish mumkin, ya’ni:
1) Sayyohlar uchun xaritalarni yaratish (aslida ekoturistik xaritalar) 
- ekoturistik xaritalarning mavzusi va mazmunini kengaytirish.
- umumgeografik elementlarning batafsil tasviri tabiiy va madaniy-tarixiy 
obyektlarning aniq lokalizatsiyasi. 
- mavjud sayyohlik infratuzilmasini kо‘rsatish. 
- optimal (vaqt, masofa, murakkablik darajasi va bashqalar) marshrutlarni 
kо‘ratish. 
- xaritalar va atlaslarning axborot xajmini oshirish. 
2) Ekoturizm sanoatini rivojlantirish va turizm faoliyatini tartibga solish uchun 
xaritalarni yaratish (sayyohlik biznesi va turizm sohasidagi boshqaruv organlari uchun 
xaritalar) 
- xaritalashtirilayotgan xududda ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari namoyishi 
- xizmatlar bozorini shakllantirish, byudjet mablag‘lari va turizm sanoatiga 
investitsiyalar kiritish. 
Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya tizimidagi turistik jumladan ekoturistik 
xaritalarning о‘rni noaniq. Ular xar doim bir biri bilan chambarchas bog‘langan hamda 
aholi turar joy xaritalari, xizmat kо‘rsatish sohalari, transport, shuningdek, sayyohlarga 
qiziqarli hududning landshafti, iqlimi va daryo tarmog‘ini xaritalar bilan о‘zaro 
aloqada bо‘lgan. 
Ekoturizm xaritalari maqsadi bо‘yicha quyidagilarga bо‘linadi: 
- ilmiy-ma’lumotnoma, klassik ilmiy tadqiqot vazifalarni ta’minlaydigan, 
sayyohlar uchun jozibadorligi nuqtai nazaridan xududning uzoq muddatli tavsifini 
beruvchi 
- ommabop maxalliy tarixi aks ettirilgan, foydalanuvchilarning keng doirasiga 
qaratilgan, soddalashtirilgan kartografik talqin etuvchi 
"Science and Education" Scientific Journal
September 2021 / Volume 2 Issue 9
www.openscience.uz
56


Turizm xaritasining mazmuni umumiy va ixtisoslashganga bо‘linadi. 
Umumiy ekoturizm xaritalari katta maydon xududi uchun shakllantiriladi. Unda 
sayyohlar birinchi navbatda tashrif buyuradigan obyektlar me’moriy va tarixiy 
yodgorliklar, milliy bog‘lar, muzeylar, shuningdek infratuzilma obyektlari 
mehmonxonalar, sayyohlik bazalari, lagerlardan tashqari ekoturistik yо‘l tarmoqlari, 
daryolar, о‘rmonlar ham kо‘rsatiladi. 
Ushbu xaritalar hududni bilish, sayyohat yо‘nalishini tanlash, sayyohlarni 
ekologik diqqatga sazovor joylarga joylashtirish va xizmat kо‘rsatish tizimi haqida 
turli hil ma’lumotlarni olish uchun ishlatiladi. 
Ekoturistik xaritalarni ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy xaritalash usuli 
qо‘llaniladi. Mazkur xaritalarni yaratishda tahririyat va tayyorgarlik ishlarining о‘ziga 
xos xususiyatlari quyidagilardir: 
- axborot olish uchun turizmni rivojlantirish moslamalari bо‘yicha mahalliy 
tashkilotlar bilan aloqa о‘rnatish 
- matn va tasviriy materiallarni tanlash – chizmalar, eski xaritalar, xaritada 
kо‘rsatish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratish va ishni yakuniy 
shakllantirish. 
1-rasm Ekoturistik xaritalarni yaratish uchun ma’lumotlarni tashkil etishning asosiy 
sxemasi 
Ekoturizm xaritalarini tematik tasniflash quyidagicha ifodalanadi: 
1. Sport turizm-tog‘, piyoda suv, tosh, ot, mototurizm va velosiped (bunda xarita 
xaritalarga bо‘linib ketadi) 
- yoshga qarab
- faoliyat turiga qarab
- ushbu tadbirlarning murakkabligiga qarab 
Ekoturistik 
xaritalarni 
yaratishda 
ma’lumotlar 
bazasi
xizmat turlari 
haqidagi 
ma’lumotlar 
geografik
sharoitlar
mintaqaning 
topografik 
holati 
turistlar uchun 
diqqatga 
sazovor joylar 
va obyektlar
mintaqaning 
geosiyosiy 
holati 
ijtimoiy 
iqtisodiy 
sharoitlar 
mintaqaviy 
ekologiyasi
"Science and Education" Scientific Journal
September 2021 / Volume 2 Issue 9
www.openscience.uz
57


2. Tibbiy va sog‘liqni saqlash turizmi- dam olish uchun safarlarni о‘z ichiga oladi 
va sanatoriya-kurort (statsionar) va ekspeditsiya (piyoda, suv, ot, velosiped) kabi 
kо‘rinishlarda bо‘ladi. 
Xulosa o’rnida aytish mumkinki mamlakatimizning barcha sayyohlik xaritalarida 
arxitektura yodgorliklari, tarixiy va ma’daniy diqqatga sazovor joylarning о‘rni 
kо‘rsatilgan ammo hududlar kesimida bu mukammal emas. 
Hududlar kesimida bunday xaritalarni takomillashtirish uchun mazkur hududning 
ekoturistik xaritasida noyob flora va fauna, jahon ahamiyatidagi arxeologik va 
paleontologik topilma manzilgohlari kо‘rsatilishi kerak. 

Download 221,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish