7-jadval
Dunyoning alohida mamlakatlarida onalar va bolalar o’limi (1999 y)
Mamlakatlar
|
Onalar o’limi har 100000 tirik tug’ilgan bolaga
|
Tirik tug’ilgan bolalar soni har 1000 aholiga
|
Mamlakatlar
|
Onalar o’limi har 100000 tirik tug’ilgan bolaga
|
Tirik tug’ilgan bolalar soni har 1000 aholiga
|
O’zbekiston
|
31,2
|
12,3
|
Belьgiya
|
22,3
|
11,25
|
Ozarboyjon
|
43,39
|
14,72
|
Vengriya
|
4,23
|
9,40
|
Armaniston
|
32,87
|
9,60
|
Germaaniya
|
-
|
9,36
|
Belorusь
|
20,39
|
9,28
|
Daniya
|
-
|
12,45
|
Gruziya
|
51,25
|
10,17
|
Italiya
|
-
|
9,33
|
Qozog’iston
|
45,30
|
14,00
|
Latviya
|
41,25
|
7,98
|
Qirg’iziston
|
46,10
|
21,40
|
Litva
|
13,73
|
9,84
|
Moldava
|
28,57
|
10,56
|
Ruminiya
|
41,77
|
10,45
|
Rossiya
|
44,21
|
8,37
|
Slovakiya
|
10,67
|
10,42
|
Tojikiston
|
53,90
|
18,60
|
Finlyandiya
|
-
|
11,15
|
Turkmaniston
|
41,20
|
18,5
|
CHexiya
|
6,71
|
8,70
|
Ukraina
|
25,18
|
7,84
|
SHvetsiya
|
-
|
9,95
|
Avstriya
|
1,28
|
9,66
|
Estoniya
|
15,98
|
8,70
|
Bolgariya
|
-
|
8,80
|
Turkiya
|
-
|
21,67
|
Rekreatsion iste’mol bilan bog’liq sotsiologik tadqiqotlar majmuali o’tkaziladi. Bunda navbatdagi bosqichlar ajratiladi:
Mavjud statistik ma’lumotlar asosida dam olishning zamonaviy an’analarini o’rganish;
Rekreatsiya va uning rivojlanish istiqbollari bilan bog’liq yuzaga kelishi mumkin bo’lgan shart sharoitlarni ishlab chiqish;
Aholi o’rtasida anketa so’rovlarini o’tkazish;
Rekreatsiya rivojlanishining kelgusi istiqbollarini belgilab olish;
Rekreatsion faoliyatning qayta taqdimotini tashkil etishning nazariy asoslarini ishlab chiqish;
Rekreatsion faoliyatni tashkil etish bilan bog’liq jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qaltisliklardan chiqib ketish shart-sharoitlarini ishlab chiqish.
Anketa so’rovlarini o’tkazish usulidan foydalanish yuqorida ta’kidlaganimizdek, doimo kutilgan natijalarni bermasligi mumkin. Bu o’z navbatida rekreantlarning sotsial guruhlarining turmush tarzini tashkil etish bilan bog’liq madaniy qirralari, dam olishga qo’yiladigan zamonaviy talablar to’g’risida yetarlicha axborotlar bilan ta’minlanmaganligi ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, rekreatsion iste’molni o’rganish, dam olish qonuniyatlarini ishlab chiqish va hududiy rekreatsion tizimlarning rivojlanishidagi dastlabki bosqich vazifasini o’taydi.
Rekreatsion faoliyatning tarkibiy xususiyatlari tasnifi. Biz rekreatsion geografiyani insonning bo’sh vaqtini ko’ngilli, mazmunli o’tkazishi va dam olishi haqidagi fan sifatida tasavvur qilamiz. Odatda, insonning bo’sh vaqtini tashkil qilish ish vaqti yoki kundalik belgilangan mashg’ulotini tashkil etishdan ham murakkab jarayon. CHunki, inson ishlashi yoki mehnat qilishi davomida o’ziga tegishli vazifani bajaradi, ya’ni biror lavozim yoki vazifani u aniq tasavvur qiladi. Nimagaki, u yoki bu kasbda mehnat qilish uchun inson uzoq vaqt nimanidir o’rganadi, malaka yoki ko’nikma orttiradi. Bir so’z bilan aytganda, biror kasbga ixtisoslashadi.
Aholining rekreatsion faoliyatini boshqarish yoki tartibga solish uchun soha mutaxassislari xuddi shu ixtisoslashishni ta’minlashlari zarur. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu jarayon iqtisodiy, tabiiy, madaniy, tibbiy, psixologik omillar bilan bog’liqligicha qolaveradi. Ayniqsa, asrlar davomida orzuga aylangan va nihoyat endigina o’z mustaqilligiga erishgan davlatlarda milliylik (mentalitet) muhim tamoyil sifatida qadrlanadi. SHu bois, chetdan kirib keladigan har qanday uqtiruvlarni to’g’ridan to’g’ri qabul qilib bo’lmaydi.
SHunday ekan, rekreatsion faoliyat ham o’z xususiyatlariga ko’ra, turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin. CHunki, bo’sh vaqtni qanday tashkil qilishi turli mamlakatlarda turlicha kechadi.
Bo’sh vaqtni ikkita asosiy vazifani bajaradi: 1) ishdan ajralmagan holda insonning o’z jismoniy quvvatini tiklashi; 2) insonning ruhiy quvvatining tiklanishi. Insonning ruhiy va jismoniy quvvatining tiklanishi esa, yaxshi ovqatlanish, uyqu, harakat orqali qanoatlantiriladi.
Rekreatsion faoliyatning turli shakllari mavjud. Ular cho’milish, piyoda yurish, meva terish, yodgorlik yoki ziyoratgohlarga borish, muzey yoki yarmarkalarni tomosha qilish va boshqalar. Bu kabi rekreatsion faoliyat dam oluvchining ixtiyoriga ko’ra amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |