Axolini geografik o’rganilishi. Qadim zamonlardan boshlab olimlar turli mamlakatlarning tabiati va xo’jaligini o’rganib, tasvirlash bilan birga ularning aholisini tavsiflashga ham katta e’tibor berganlar. Aholini o’rganish bo’yicha tabaqalanish, ya’ni demografiya hamda etnografiyaning vujudga kelishi XVIII asrning boshlariga kelib ro’y berdi. XIX asrning oxirlarida esa antropogeografiya (Germaniyada, F.Rattselь) shakllandi. Uning negizida geografik determinizm, ya’ni «inson va xalqlarning ruxi va jismiga» tabiiy muxitning xal qiluvchi ta’sir etish g’oyasi yotgan.
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, Frantsiyada inson geografiyasi shakllandi. Uning yirik nomoyondalari (P.Vidalь de la Blash, J.Bryun) asosiy e’tiborni tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri masalalariga qaratdilar. Mazkur yo’nalishning vakillari antropogeografiyadan farqli o’laroq, aholining geografik rivojlanishi xususiyatlarining sabablarni nafaqat tabiiy, balki, iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va ruxiy omillar bilan ham tushuntiradilar.
Hozirda, aholi geografiyasi turlicha yo’nalishlar (geodemografiya, shaharlar geografiyasi, migratsiya geografiyasi, aholi geografiyasida matematik modellashtirish) bo’yicha rivojlangan mamlakatlarning universitetlarida o’qitiladi.
Aholi geografiyasi tadqiq etilgan ko’plab asarlar rus tilida ham chop etildi. Ular jumlasiga D.Forrester va boshqalarning «Geografiya gorodov», «Dinamika razvitiya goroda»; Dj. Garner, D.Xarvey, Ya.Gamilьton, P.Xaggetlarning «Modeli v geografii»; J.Boje—Garnьe va J.SHabolarning «Ocherki po geografii gorodov» kabi asarlarpi kiritish mumkin.
Aholi geografiyasini rivojlanishida sobiq Sovet davri ham alohida o’rin tutadi. Bu davrda aholi geografiyasining rivojlanishiga N.N.Baranskiy, R.M.Kabo, V.V.Pokshishevskiy, O.A.Konstantinov, Yu.G.Saushkin, S.A.Kovalevlar katta hissa qo’shdilar. Bu sohada hozirda ham salmoqli tadqiqotlarni amalga oshirayotgan yirik olimlar jumlasiga G.M.Lappo, B.S.Xorev, V.P.Maksakovskiy, A.I. Alekseev va boshqalarni kiritish mumkin.
O’zbekistonda aholini turli jihatdan geografik o’rganishda Kovalev S.A., Tashbekov E., Valieva R., Qoraxonov M., Salimov X., Asanov G., Akramov Z.M., Otamirzaev O., Soliev A.S., Axmedov E., Qayumov A., Bo’rieva M.R. va boshqalarni ta’kidlash lozim. O’zbekistoning demografik rivojlanishi esa I.R.Mullajonovning ishlarida batafsil yoritilgan.
O’tgan asrning 90 — yillaridan boshlab, O’zbekistonda aholi va uning ijtimoiy rivojlanishi masalalarini geografiya o’rganish kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |