Birinchi bosqich— o’tgan asrning 50 — yillarigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. Bu davrga xos xususiyatlardan biri ijtimoiy xodisa va jarayonlarning ayrimlari iqtisodiy va etnogeografik tadqiqotlar doirasida o’rganildi. SHularga karamay aholining turmush sharoitlari, madaniy, maishiy xususiyatlarini o’rganishning zarurligi sobiq sovet geografiya fanining dastlabki yillaridayoq ta’kidlangan edi.
Ijtimoiy geografiya aholi geografiyasi asosida shakllandi. Barcha aholi yoki muayyan bir ijtimoiy guruxning sotsial rivojlanishidagi hududiy tafovutlarni tadqiq etish faqatgana ijtimoiy geografiyaning predmeti bo’lmay, balki mintaqaviy sotsiologiyaga ham xosdir. Ammo, sotsioligik tadqiqotlarning xududiy qamrovini yetarli darajada deb bo’lmaydi.
Ikkinchi bosqich—bu qisqa davr, ya’ni 50 — 70 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda aholi geografiyasi tez rivojlandi va shu bilan birga, geografik tadqiqotlarda sotsiologiya kategoriyalari va tushunchalari keng qo’llanila boshlandi.
Uchinchi bosqich - keyingi bir necha o’n yillarni o’z ichiga oladi va ijtimoiy geografiya aynan shu davrda rasman tasdiqlandi. Ushbu bosqichda bevosita ijtimoiy geografiyaga xos ishlarning ko’lamini yetarli deb bo’lmasada, avvalgilariga nisbatan e’tiborga molik ishlar bajariddi. Bu davrda bajarilgan ijtimoiy geografik tadqiqotlar soxaviy hamda mintaqaviy jixatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, aholiga xizmat ko’rsatish soxalari (nomoddiy soxalar) geografiyasi bo’yicha salmoqli ishlar e’lon qilindi. Ular orasida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: «Sotsialьnaya geografiya Kaliningradskoy oblasti». Kaliningrad, 1982.; Gabiani A.A., Gachechiladze R.G. «Nekotorыe voprosы geografii prestupnosti». Tbilisi, 1982; Abramov M.A. «Geografiya servisa». M., 1985; Alekseev A.I., Kovalev S.A., Tkachenko A.A. «Geografiya sferы obslujivaniya». Kaliningrad, 1988; Merkusheva L.A. «Geografiya sferы obslujivaniya». Krasnoyarsk, 1989; Alekseev A.I. «Geografiya selьskoy mestnosti». M., 1989, «Mnogolikaya derevnya»., M., 1990 va boshqalar.
Ijtimoiy geografiyaning vujudga kelishida «Voprosы geografii» ilmiy to’plamining 5- hamda 115 - sonlari va ayniqsa «Sotsialьnaya geografiya SSSR». L., 1984; «Problemi sotsialьnoy geografii SSSR i zarubejnыx stran». L., 1985 kabi ilmiy ishlar to’plamlarining ahamiyati katta.
Yuqorida nomlari qayd etilgan ilmiy manbalardan ma’lum bo’ladiki, ijtimoiy geografiyaning predmeti, mohiyati va vazifalari turli davrlarda va mualliflar tomonidan turlicha tatiqin qilib. kelindi va bu borada to hozirga qadar bahs - munozarali xolatlar mavjud.
Ijtimoiy — geografik tadqiqotlarning ob’ekti va moxiyati. xususidagi ilk konkret natijalarni R.M.Kaboning ishlarida uchratamiz. Jumladan, uning fikricha «ijtimoiy —madaniy» geografiya mehnat faoliyati bilan bog’langan aholi joylashuvi tiplari, uning turmush tarzi va ijtimoiy—madaniy xususiyatlarining hududiy tafovutlarini va, shuningdek, xar bir ijtimoiy — hududiy odamlar guruxini o’zida mujassam etgan barcha elementlarning murakkab uyg’unligini ko’rib chiqadi.
Ijtimoiy geografiyaning tuzilishi va vazifalarini M.F.Grin yanada kengroq talqin qildi. Uning fikricha ijtimoiy geografiya sotsial tsiklga mansub geografik fanlar bilan birga iqtisodiy geografiyani ham qamrab oladi. Ijtimoiy geografiyaning bunday keng ma’nodagi talqini V.M.Goxman va S.Ya.Nimmik tushungan «Obshestvennaya geografiya»ga mos tushadi.
Ushbu masalaga amaliy nuqtai nazardan real va asosli ravishda yondoshgan A.A.Dolininning fikricha «ijtimoiy hodisa va jarayonlarning mintaqaviy xususiyatlarini, mintaqalarning tabiati, iqtisodiyoti va demografik vaziyatini tavsiflovchi narsalarni jalb etmasdan chuqur o’rganib bo’lmaydi, demak bunday tadqiqotlarni iqtisodiy — geograflar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlari mumkin». A.A.Dolinin bo’yicha ijtimoiy geografiyaning ob’ekti —bu odamlarning o’zaro munosabatlari orqali bog’langan hududiy birikmalaridan iborat. Ushbu holatda turlicha iqtisodiy, sotsial, demografik jarayonlarning o’zaro aloqadorligi ta’kidlanib, geografik fan sifatida ijtimoiy geografiya tabiiy sharoitning ta’sirini e’tiborsiz qoldirmaydi. SHunday qilib, AA.Dolininning ko’rsatmalaridagi e’tiborni o’ziga tortadigan jihati turli taksonomik toifadagi rayonlarning ijtimoiy rivojlanishi darajalarini aniqlashda, hamda ijtimoiy voqea va hodisalarni o’rganishda geografik masalalarga e’tiborni kuchli ekanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |