1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Oʻqituvchi va talabalarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. Oʻqituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi



Download 1,28 Mb.
bet21/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Oʻqituvchi va talabalarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. Oʻqituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonida talabaning faoliyati oʻqituvchi rahbarligi ostida kechadi. Oʻqituvchi faoliyatining vazifasi talabalarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yoʻnaltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. rejalashtirish;

  2. tashkil etish;

  3. boshqarish (ragʻbatlantirish);

  4. nazorat;

  5. natijalarni baholash va tahlil qilish.

Oʻqituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak boʻladi. Oʻqituvchi talabalarning tayyorliklari darajasi, ularning oʻquv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini oʻrganib chiqishi, oʻquv materiali mazmunini tanlab olishi, mashgʻulot olib borish shakli va metodini oʻylab chiqishi kerak boʻladi.
Talabalar faoliyatini tashkil etish talabalar oldiga oʻquv masalalarini qoʻyishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat boʻladi.
Pedagogika fanlarini oʻqitish jarayonida talabalarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning oʻziga xos koʻrinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, oʻrganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat koʻnikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan ragʻbatni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
Oʻqishning keyingi komponenti oʻquv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. Oʻquv harakatlari oʻquv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon boʻladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) koʻrinishda boʻlishi mumkin. Tashqi oʻquv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar oʻtkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni oʻzlashtirishda talabalardan idrok etish madaniyatiga ega boʻlish va oʻquv materialini anglab etish talab etadi. Pedagogik jarayonda talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavflidir.
Talabalarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini toʻla tushungan holda oʻzlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga oʻzini oʻzi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Oʻzini oʻzi nazorat qilishda talabalar ular qoʻllayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, oʻz mehnati natijalarini baholashi kerak.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish