1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet50/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
O‗zbekiston sharoitida shunday yangi tizim uchun Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligida Nizom va Dasturlar ishlab chiqish uchun 1993-yilda 4-ta komissiya tuzildi.
Shu bilan bir qatorda, keyingi yillarda jumhuriyat oliy o‗quv yurtlarida o‗qitishning yangi usullarini qo‗llashda ma‘lum tajribalar to‗plandi. Masalan, Tshkent aloqa va elektronika institutida 3 semestrlik o‗qitish shakli joriy etildi. Har bir semestr 2-3 imtihon va 3-4 sinov bilan yakunlanadi. O‗quv jarayoniga shu vaqtgacha amalda bo‗lmagan o‗qitish va nazorat usullari model va bilimni reyting bo‗yicha baholash tartibi tatbiq qilindi. Tjriba shuni ko‗rsatdiki, u bir
necha afzalliklarga ega. Xususan, dars soatlari qiyinchiliklarsiz semestrga bo‗linadi, o‗qituvchilar uslubiy, ilmiy ishlar bilan shug‗ullanish, malaka oshirish uchun qo‗shimcha vaqtga ega bo‗ladilar, talabalar uchun esa bir yilda uch marotaba ta‘tilga chiqishlariga imkon yaratildi. Bu tajriba tufayli institut bir muncha muvaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, boshlang‗ich kurslar talabalarining oliy ta‘lim shart-sharoitlariga ko‗nikishlari yaxshilandi. O‗zlashtirish ham oson, ham sifat jihatidan o‗sdi.
O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan so‗ng yoshlarga hozirgi zamon eng ilg‗or bilimlarini berish, ularni davr talabiga mos mutaxassis qilib tarbiyalashda izchil ishlar olib borila boshlandi. Mustaqillik yillarida iqtidorli talabalarni xorijda o‗qitish ishlari yo‗lga qo‗yildi. Respublikaning xalqaro aloqalari kengayishi natijasida o‗quvchilarga hukumatlararo bitimlar bo‗yicha xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o‗quv yurtlarida bilim olish imkoniyati yaratildi.
Har yili respublikada umumiy ta‘lim maktablarining test sinovlaridan o‗tgan 50 dan ziyod o‗quvchisi AKSYLS yo‗li bilan AQShga o‗qishga yuboriladigan bo‗ldi.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda talabalarning xorijda o‗tadigan stajirovkalariga va qo‗shma korxonalar, firmalar, auditorlik kompaniyalarida ishlab chiqarish praktikasidan o‗tishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700 nafar talaba xorijiy mamlakat o‗quv yurtlarida iqtisodiy ixtisoslar bo‗yicha o‗qishmoqda. Bir necha ming talaba 3 oydan bir yilgacha xorijiy o‗quv yurtlarida ta‘lim olmoqda.
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o‗tish mulkchilikning xususiy shakllari ishlab chiqarishini kengaytirish sharoitida o‗rta hunar ta‘limini yanada takomillashtirishni ham talab qila boshladi. Bu muammo, ayniqsa, qishloq joylarida muhim ahamiyat kasb yetmoqda. Qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‗maklashish, qishloq yoshlarini faol tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun 1995-yildan boshlab qishloq yerlarida joylashgan hunartexnika bilim yurtlari va o‗rta maxsus o‗quv yurtlari faoliyatini tubdan qayta isloh qilish amalga oshirildi.
Har bir viloyat va tumanlarda tadbirkorlik o‗quv yurtlari, kasb litseylari, biznes maktablar kichik va o‗rta biznes, fermerlik xo‗jaliklari, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalari uchun kollejlar ochildi.
Shu kunlarda 160 ta ana shunday hunar litseylari biznesmaktablari va 41 ta kollej faoliyat ko‗rsatmoqda. Ularda 112,3 ming yigit-qiz o‗qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo‗jaligi talablari uchun 466 hunar-texnika bilim yurti kadr tayyorlab bera boshladi.
Yana shuni aytish lozimki istiqlol yillarida O‗zbekistonda umumiy o‗rta ta‘lim sifatini oshirishga ham katta e‘tibor berildi. Umumiy ta‘lim uzluksiz davlat ta‘limi tizimida asosiy bo‗g‗in bo‗lib, ta‘lim oluvchilarning ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta‘limi, boshlang‗ ich kasb-kor ko‗nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek, o‗z ijodiy qobiliyatlari va ma‘naviy fazilatlarini rivojlantirishlarini ta‘minlaydi.
Umumiy ta‘lim «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonunning 9-bandiga muvofiq uch bosqichdan iborat:
boshlang‗ich ta‘lim (I–IV sinflar);
tayanch ta‘lim (V–IX sinflar);
o‗rta ta‘lim (X-XI-XII sinflar).
Ta‘lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch ta‘limining (to‗qqiz yillik) majburiyligidir.
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgust kuni bo‗lib o‗tgan IX sessiyasida O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta‘limning yangi tizimi joriy etildi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq O‗zbekiston Respublikasida ta‘lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta‘lim;
umumiy o‗rta ta‘lim;
o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
oliy ta‘lim;
oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta‘lim.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish