Shuningdek, 2006-yili 61 ta yangi maktab qurildi. 385 ta maktab kapital ta‘mir qilinib, 530 tasi joriy ta‘mir etildi.
Aytish mumkinki, dunyo davlatlari orasida O‗zbekiston xalq ta‘limiga byudjet hisobidan mablag‗ ajratishda birinchi o‗rinda turadi. Buni 2007-yil 26-fevralda e‘lon qilingan O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta‘limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‗g‗risida»gi farmoni ham tasdiqlaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq prinsipial yangi tipdagi o‗rta hunar o‗quv muassasalari tarmog‗i shakllandi. Zamonaviy o‗quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo‗yicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi. Yangi ta‘lim standartlari va o‗quv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta‘lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta‘lim majmui hisoblanadi. Bunda ta‘lim tizimining har bir bo‗g‗ini alohida o‗rin va mas‘uliyatga egadir. Dasturni to‗liq amalga oshirish, qo‗yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‗g‗inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‗zaro uyg‗unligiga bog‗liqdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‗rsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlang‗ich bosqichi bo‗lgan maktab ta‘limining ortda qolayotgani yaxlit uzluksiz ta‘lim zanjirida eng zaif bo‗lib qolmoqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo‗lib, ularning 40 foizga yaqini tipovoy bo‗lmagan moslashtirilgan binolarda
joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya holatidadir. Ko‗pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistemasiga ega emas, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlanmagan. O‗quvchilarning 28 foizdan ko‗prog‗i ikki-uch smenada o‗qitiladi. Maktablarning o‗quv478 laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish darajasi 29 foizni, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta‘minlanishi esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablarning faqat yarmigina sport zallariga ega, ularning sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23 foizdan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylardagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
O‗qituvchilar, eng avvalo boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining mehnatini rag‗batlantirish borasida tarkib topgan tizim maktab ta‘limida hamon zaif bo‗g‗in bo‗lib qolmoqda, bunda pedagoglar iste‘dodi, kasb mahorati ularning mehnatiga haq to‗lash chog‗ida hali ham belgilovchi mezonga aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta‘limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta‘limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‗liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F-1910-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan respublika mintaqalaridagi barcha umumiy ta‘lim maktablari to‗liq ro‗yxatdan o‗tkazildi. Ularning moddiy-texnika bazasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o‗rganib chiqildi.
Shuningdek, farmonda «2004–2009-yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ni amalga oshirish mamlakatda ta‘lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa, deb hisoblandi va maktab ta‘lim tizimini tubdan yaxshilashni,
eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o‗quv-moddiy bazasi va ta‘lim standartlari shakllantirilishini, yashash joyidan qat‘i nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta‘minlanish darajasidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarning ta‘lim olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratilishini, o‗qituvchilar mehnati har tomonlama rag‗batlantirilishini ko‗zda tutuvchi Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari ma‘qullandi.
Shu bilan birga maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning quyidagi asosiy yo‗nalishlari belgilandi.
– kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta‘mirlashning, avariya holatidagi binolarni buzib tashlashning manzillari aniq ko‗rsatilgan dasturlarini va maktab binolarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqqan holda umumiy ta‘lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
– maktablarni zamonaviy o‗quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‗quv-uslubiy materiallar bilan ta‘minlash;
– ta‘lim tizimida qo‗llanilayotgan o‗quv standartlari va o‗quv dasturlarini takomillashtirish;
– umumiy ta‘lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, ular tarkibi sifatini oshirish, o‗qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o‗qituvchilar mehnatini rag‗batlantirishni kuchaytirish;
– umumiy ta‘lim maktablarida sportni rivojlantirish va ularning sport bazasini mustahkamlash.
Mustaqillik olimlarga ham, fanga ham yangi imtiyozlar yaratib berdi. Jumladan, akademik fan o‗z tizimi va shaklini o‗zi belgilay boshladi. O‗zbekiston Fanlar akademiyasining 50 yillik tarixida birinchi bor akademiyaning haqiqiy a‘zosi, Birinchi prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan fundamental ilmiy-tadqiqotlarni qo‗llab-quvvatlash akademiya jamg‗armasi tuzildi.
1997-yil 1-yanvardagi ma‘lumotlar bo‗yicha Fanlar akademiyasida 8 ta bo‗lim bo‗lib, 135 akademik, 156 O‗zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a‘zolari faoliyat ko‗rsata boshladi.
2006-yili Ko‗hna Urganchda Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi buyuk allomalar tashkil etgan Xorazm Ma‘mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi. Bu o‗z-o‗zidan milliy fanimiz o‗tmishi bilan istiqbolini bog‗laydigan mo‗tabar voqelikka aylandi.
2006-yilda FA tomonidan 180 fundamental, 281 amaliy va 12 innovatsion loyihalar hamda fundamental tadqiqotlarni qo‗llabquvvatlash fondi tomonidan 185 ta grant, shuningdek, xalqaro fondlarning 106 granti bajarildi.
Shu bilan bir qatorda, FA olimlari tomonidan 2006-yilda 3596 ilmiy ish, shu jumladan, 3439 ilmiy maqola va tezislar, 157 ta monografiya, darslik, o‗quv qo‗llanmalar va risolalar chop etildi, 30 ta patent va 10 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnoma olindi, 2 ta litsenziya sotildi.
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan xorijiy iste‘molchilarga 2147,4 ming AQSh dollari miqdorida ilmiy mahsulotlar sotildi, bu esa 2005-yilga nisbatan 43 foizga ortiqdir.
Ilmiy muassasalarimizda fundamental, amaliy va gumanitar yo‗nalishlar sohasida olingan bir qator eng muhim natijalar yangi bilimlar olish, yangi texnologiyalar yaratishda foydalanildi. Xususan, Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida yangi texnologiya bo‗yicha 50 ming tonna nitrokalsiyfosfatli o‗g‗it ishlab chiqarildi va 9 milliard so‗mga sotildi; tabiiy polemerlar (selluloza, xitin va xitozan) asosida o‗simliklarni himoya qilish vositasi va ichki kasalliklari hamda virusga qarshi dorilar («Kagotsel», «Mikrotsell») ishlab chiqarish texnologiyalari yaratildi; o‗simliklarning o‗sishini barqarorlashtiruvchi mahalliy olimlar tomonidan yaratilgan «Roslin» preparati xorij preparati «Vitovaksdan» qolishmaydi, buning 10 tonnasi 20 mln. so‗mga sotildi; respublika miqyosida antiartimik preparat «Allapinin»ga bo‗lgan yehtiyoj to‗la ta‘minlandi, uning suv stansiyasida 420 ming AQSh dollari hajmida eksport qilindi. Yangi «Tortezin» preparatiga patent olindi.
O‗zbekistonda Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK ) ning tashkil qilinishi ham shubhasiz respublikada fanning rivojlanishini ta‘minlashga qaratilgan tadbirlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |