1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet49/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Ana shu salbiy oqibatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun ham joylarda universal ta‘lim tizimini joriy etish hayot taqozosiga aylandi.
Uchinchidan, viloyat universitetlarining tashkil etilishi hayot bilan ilmning, nazariya bilan amaliyotning yaqinlashuviga katta yordam berdi.
Hozirgi kunda ilm-u fan sohasida ham raqobat muhiti hayotiy zarurat bo‗lib qoldi. Busiz esa taraqqiyot bo‗lmaydi. Ilm-fandagi raqobat yangi-yangi fikr va g‗oyalarga turtki beradi, kishi dunyoqarashini kengaytiradi. Qaysi universitet o‗z ixtirolari, ilmiy xulosa va ishlanmalari bilan nom chiqarsa, o‗sha universitetning nufuz va e‘tibori osha boradi.
To‗rtinchidan, viloyatlarning kelajak taraqqiyoti ana shu hududlardagi oliy ta‘lim markazlari bilan bevosita bog‗liq. Viloyatlarda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun
yangi sohalarni egallash, yangi ixtisosliklarni tashkil etish, zarur kadrlarni shu joylarda tayyorlash imkoniyati tug‗ildi.
Oldindan markazda o‗qigan kadrlarni viloyatga yuborish masalasi ancha-muncha muammo edi. Viloyatlarda universitetlar tashkil etilishi bilan bu muammoning ham yechimi topildi.
Beshinchidan, viloyatlardagi universitetlar vositasida dunyoning eng ilg‗or, mashhur o‗quv yurtlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari paydo bo‗ldi. Bu esa o‗z navbatida dunyo tajribasini hayotga tezroq olib kirish, fan va texnikani yangi o‗zanga burish, shu asosda mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish imkonini berdi.
Mamlakat shaharlarida oliy universal ta‘limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. Jumladan, Amerika Qo‗shma Shtatlarining Kembrij shahridagi Garvard, Stenford, Priston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg, Lion, Dijon, Grenobl shaharlari nomi bilan ataluvchi universitetlari bu mamlakatlarning poytaxtlarida emas, turli viloyatlarida joylashgan bo‗lishiga qaramasdan, o‗zining yuksak malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatlari bilan jahonda nom qozongan.
Germaniyada esa, oliy universitet ta‘limining o‗ziga xos tajribasi bor.
Bu o‗lkadagi eng qadimiy universitet Xaydelberg shahrida 1386-yili tashkil etilgan. XV asrga kelib, mamlakatda universitetlar beqiyos darajada rivojlandi. O‗sha paytda tashkil etilgan oliy ta‘lim maskanlari Leypsig, Rostok, Grayfsvald, Frayburg, Tyubingen va boshqa shaharlarda hozirgacha faoliyat ko‗rsatib kelmoqda.
Ularda o‗qish-o‗qitish ishlari ilmiy tadqiqot bilan chambarchas bog‗langan holda olib boriladi. Mamlakat taraqqiyotining katta-katta muammolari ana shu dargohlarda o‗z ilmiy yechimini topadi.
Nemislar ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, kam mehnat sarf qilib, ko‗p va sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladilar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, sanoatni oliy malakali mutaxassislar bilan ta‘minlash maqsadida Germaniyaning turli zaminlarida texnika universitetlarini yanada ko‗paytirish dasturi ishlab chiqilgan. Shu boisdan mamlakat taraqqiyoti tobora tezlashmoqda.
Xalqi ma‘rifatli, jahon ilm-fani va madaniyatidan xabardor mamlakatning ravnaqiga ravnaq qo‗shilaveradi. Shu bois keyingi yillarda O‗zbekiston rahbariyati joylarda ilm-fanni, birinchi galda, universal oliy ta‘limni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‗ra boshladi. Bu maqsadlarga katta miqdorda mablag‗ ajratildi.
Xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy ta‘lim sohasida hamkorlik tobora chuqurlashib bordi. Shubhasiz, bu tadbirlar mazkur tizimda keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni yuksak malakali bilimdon mutaxassislar bilan ta‘minlash imkonini berdi.
Albatta, birgina oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlari sonini oshirish, ularda yangi mutaxassisliklar ochish bilan malakali mutaxassislar tayyorlab bo‗lmaydi. Buning uchun oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlariga talabalar qabuli yangi tartibini joriy qilish talab qilinadi. Shu maqsadda jahonning ilg‗or universitetlari tajribalarini qo‗llashga kirishildi. Masalan, keyingi yillarda AQSh, Turkiya, Hindiston, Olmoniya va boshqa mamlakatlardagi oliy bilimgohlar ishi o‗rganildi. Natijada oliy o‗quv yurtlariga talabalar qabul qilishning butunlay yangi tizimi vujudga keldi. Shu maqsadda respublikada davlat komissiyasi tuzilib, oliy o‗quv yurtlariga qabul qilishda test sinovi o‗tkazishga qaror qilindi.
Bundan tashqari ikki pog‗onali o‗qish tizimiga o‗tilgani ham oliy ta‘limni hozirgi zamon sharoitida yanada takomillashtirishga qaratilgan tadbirdir. Masalan, bakalavrlik darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik darajasini olish uchun 6 yil o‗qish talab qilinadi.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish