1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet45/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
4. O‗zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta‘minlash borasidagi davlat siyosati.
Mustaqillik yillarida ko'p millatli mamlakatda fuqarolar o'rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lida qo'lga kiritilgan katta yutuqlardan biridir. Chunki 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan mamlakatda jamiyatni tubdan yangilash, bir holatdan ikkinchi bir holatga o'tkazish osonlik bilan ko'chmaydi. Bunday paytda davlat siyosati izchil va oqilona, dadil va qat'iyatli bo'lmog'i lozim.
Mamlakat rahbariyati milliy masalani qonun yo'li bilan hal qilishga urindi, millatlararo mojarolarni tinch hal qilish chora-tadbirlarini ko'rdi. Bu borada hukumat eng awalo Konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutdi. Aholining barcha qallamlari va turli millat vakillari diqqatini bir nuqtaga qaratdi. Qonun oldida hammani teng qilib qo'ydi. Har bir fuqaro qalbida yagona zamin, yagona makon, yagona vatan uchun javobgarlik hissini kuchaytirdi.
Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach, millatlararo munosa-batlarda yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekinlik bilan bartaraf etila boshlandi. Ko'p millatli mamlakatda xalqlar tinch-totuvligini ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi.
O'zbekiston Respublikasi Konstimtsiyasining 8-moddasida «O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respubli-kasining fuqarolari tashkil etadi», - deyiladi.
Mamlakatda milliy-madaniy markazlarni tashkil qilish asosida tub aholi bo'lmagan xalqlar milliy an'analari, mada-niyatlari va boshqa o'ziga xos jihatlarining rivojiga keng yo'l ochib berdi.
1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida mamlakat millatlararo Madaniyat Markazi tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta, jumladan Qozoq, Koreys, Arman, Ozarbayjon, Tojik madaniyat markazlari fa-oliyat ko'rsata boshladi.
Vaqt o'tgani sayin ularning soni orta bordi. Xususan, 1995-yilga kelib mamlakatda ularning soni 80 tadan oshdi.
Mustaqillik yillarida Baynalmilal madaniyat Markazi tomoni-dan amalga oshirilgan ishlarning yana bir yo'nalishi bu 1994-yili boshlangan birinchi «Xalq ijodiyoti» festivali bo'ldi. Bu festival O'zbekiston Mustaqilligining uch yilligi munosabati bilan tashkil etildi va uni har ikki yilda bir marta o'tkazishga qaror qilindi.
O'zbekistonda o'tkaziladigan «Turkiston - umumiy uyimiz» mavzuidagi kechalar, uchrashuvlar xalqlar o'rtasidagi do'stlik va ahillikni kuchaytirishda katta rol o'ynamoqda. Masalan, ana shunday shior ostida 1995-yil avgustda mamlakat Baynalmilal madaniyat Markazining respublika, Toshkent shahar xotin-qizlar qo'mitalari, «Tinchlik va barqarorlik» hamda shahar «Mahalla» xayriya jamg'armalari bilan hamkorlikda o'tkazgan do'stlik kechasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Shu yil kuzda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyat arboblari Assambleyasining Toshkentda to'planishi ham bu borada qo'yilgan muhim qadam bo'ldi.
O'zbekiston «Xalq birligi» harakati va Baynalmilal madaniyat Markazi 1996-yil «O'zbekiston millatlararo hamjihatlik yo'lida» nomli kitobni nashr etdi. Unda milliy va millatlararo munosabat-larning^amiyatni tubdan isloh qilish sharoitida tutgan o'rni va roli, milliy maBaniyatlar ravnaqi va Mustaqillik imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha miUat va elat va-killarining o'z ona tillarida o'qishi, ta'lim olishi uchun keng imko-niyatlar yaratildi. Ular kerakli miqdorda o'quv qurollari va darsliklar bilan ta'minlanadi.
Ayni paytda O'zbekistonda istiqomat qilayotgan 120 dan or-tiq miUat va elatlaming farzandlari mamlakatimiz o'quv yurtlarida bemalol ta'lim olmoqdalar. Ko'plab tillarda gazeta va juraallar chop etilmoqda. Teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlar olib boril-moqda.
2008-yilga kelib yurtimizda turli millat va ellatlarni birlashtirgan 140 dan ziyod milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Ulardan 13 tasi respublika miqyosidagi tashkilot maqomiga ega. Rus, ukrain, koreys, turkman, qozoq, uyg'ur, nemis, polyak markazlarining hudu-diy bo'linmalari ham ishlab turibdi. Ushbu markazlar uchun millat va elatlar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash g'oyasi asosiy dasturilamaldir.
2007-yil 20-yanvar kuni Respublika baynalmilal madaniyat markazining 15 yilligi keng nishonlandi. Bu tadbirga alohida tayyorgarlik ko'rildi. 2006-yil davomida joylarda «O'zbekiston -umumiy uyimiz», «Kuchimiz - birlik va jipslikda», «Vatan yagonadir, Vatan bittadir» kabi festivallar tashkil etildi. Ularda esa hur O'zbekistonimiz jamoli, do'stlik, birodarlik, hamjihatlik kabi ezgu fazilatlar yanada ulug'landi.
Birinchi Prezident I. Karimovning 1994-yil 23-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan nutqi bir jihatdan O'zbekiston imkoniyatlarini, uning ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot yo'llarini jahon miqyosiga olib chiqqan bo'lsa, ikkinchi tomondan jahon siyosati yo'nalishlariga, ijtimoiy siyosiy jarayonlar borishiga uning o'ziga xos yondashuvi, o'ziga xos baholash usuli va yo'naltirish uslubi mavjudligini ochiq-oydin ko'rsatdi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‗rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‗zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo‗nalishlaridan biri etib belgilangan.
Bugungi kunda respublikamizda faol ―xalq diplomatiyasi‖ asosida chet eldagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‗zaro foydali munosabatlarni yo‗lga qo‗yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‗stona munosabatlarni va madaniy-ma‘rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‗z faoliyatini O‗zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma‘naviy qadriyatlari, milliy an‘analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‗zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik va madaniy-ma‘rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‗stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.
Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‗rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta‘minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko‗p millatli yagona oila tuyg‗usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do‗stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma‘rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ‗ibotiga, shuningdek, ushbu yo‗nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo‗naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro‗yobga chiqarish maqsadida:
1. Respublika baynalmilal madaniyat markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) va do‗stlik jamiyatlarining Markaz negizida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalari qo‗mitasini (bundan buyon matnda Qo‗mita deb yuritiladi) tashkil etish to‗g‗risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish