1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet46/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
2. Quyidagilar Qo‗mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‗rikenglikni ta‘minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do‗stlik va ko‗p millatli yagona oila tuyg‗usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
do‗stona xalqaro aloqalarni yo‗lga qo‗yish, o‗zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning fuqarolik hamjamiyatlari, shu jumladan chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan do‗stlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish;
davlat organlarining respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‗stlik jamiyatlari bilan o‗zaro aloqasi va hamkorligini ta‘minlash;
mamlakatimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining o‗ziga xos milliy an‘analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga ko‗maklashish;
xorijiy mamlakatlarda davlatimizning tinchliksevar siyosati, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish borasida O‗zbekistonning maqsad va vazifalarini, shuningdek, bugungi kunda mamlakat hayotining barcha sohalarida erishilayotgan muvaffaqiyatlarni keng targ‗ib qilish;
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalarini yanada rivojlantirish va uyg‗unlashtirishga bag‗ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishda ko‗maklashish va bevosita qatnashish.
3. Qo‗mita tashkil etilganligi munosabati bilan O‗zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik va madaniy-ma‘rifiy aloqalar jamiyatlari kengashining ta‘sischilari tomonidan ushbu Kengashni tugatish haqidagi qaror qabul qilinganligi ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
4. Belgilansinki:
Qo‗mita millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalarini mustahkamlashga yo‗naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta‘minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Qo‗mita barcha huquqlar, majburiyatlar va tuzilgan shartnomalar, shu jumladan, xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo‗yicha Markazning huquqiy vorisi hisoblanadi;
Qo‗mitaga O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi;
Qo‗mita raisining o‗rinbosarlari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Qo‗mita raisi maqomi, maishiy ta‘minoti, tibbiy va transport xizmatidan foydalanish borasidagi shart-sharoitlariga ko‗ra – vazirning birinchi o‗rinbosariga, uning o‗rinbosarlari – vazir o‗rinbosarlariga tenglashtiriladi;
joylarda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalari borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‗yicha o‗rinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
5. Belgilab qo‗yilsinki, Qo‗mita O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta‘lim, ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
6. O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‗lari, jismoniy va yuridik shaxslarning grantlari va homiylik mablag‗lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Qo‗mita faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
7. O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan turdosh tashkilotlar, o‗zbek madaniy markazlari va jamiyatlari haqida ma‘lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan tegishli tashkilotlar bilan o‗zaro hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗yishda va rivojlantirishda Qo‗mitaga amaliy yordam ko‗rsatsin.
8. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalari qo‗mitasi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
9. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi ―Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi PF-3358-son Farmoni ilovasining IV bo‗limi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‗ldirilsin:
4. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalari qo‗mitasi‖.
10. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-maydagi ―O‗zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik va madaniy-ma‘rifiy aloqalar jamiyatlari kengashini qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-1785-son Farmoni o‗z kuchini yo‗qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.T.Komilov zimmasiga yuklansin.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish