12Шамсутдинов Р., Мўминов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. –Тошкент: 2013
13Тожиахмедова М. Мустақиллик йилларида ўзбекистонда миллий ва маънавий қадриятларнинг тикланиши. xх1 международная научно-практическая интернет-конференция. 30–31 Марта, 2014
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 1 mayda qabul qilgan ―Qatag‗on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‗g‗risida‖gi farmonida shunday deyilgan: ―El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‗lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy an‘analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‗lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.
3. Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti.
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‗shgan buyuk bobokolonlarimizning ma‘naviy merosi qaytadan o‗rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‗la boshladi.
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma‘naviyati yulduzlari bo‗lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari Yunesko bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi:
1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
1994 yil – Mirzo Ulug‗bek tavalludining 600 yilligi;
1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li Cho‗lpon tavalludining 100 yilligi;
1998 yil – Ahmad al-Farg‗oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil – ―Alpomish‖ dostoni yaratilganligining 1000 yilligi;
2000 yil – Burxoniddin Marg‗iloniy tavalludining 910 yilligi;
2000 yil – Kamoliddin Bexzod tavalludining 545 yilligi;
2001 yil – ―Avesto‖ yaratilganligining 2700 yilligi;
2002 yil-Termiz shahrining 2500 yilligi;
2005 yil-Ma‘mun akademiyasining 1000 yilligi;
2006 yil-Qarshi shahrining 2700 yilligi;
2007 yil-Samarqand shahrining 2750 yilligi;
2007 yil-Marg‗ilon shahrining 2000 yilligi;
2009 yil-Toshkent shahrining 2200 yilligi13.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‗lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‗ishlanib kechalar o‗tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‗ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi.
Ma‘naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagishlab, Qur‘oni Karimdan keyin ikkinchi o‗rinda turadigan «Al-jome‘ as-sahiyh» (Ishonarli to‗plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‗zbek tiliga tarjima kilinib, nashrdan chiqarildi.
1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‗oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‗ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‗rgazmalar ochildi.
Dunyoda hech bir xalq o‗zbeklarchalik buyuk madaniy va ma‘naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xaritani ochish, uni o‗rganish, undan bahramand bo‗lish imkoniyati tug‗ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yulidan bormoqda.
Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999 yil 17 dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‗g‗li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18 dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Yeusiboy ugli tavalludining 175 yilligi, 1998 yil 24 oktabr kuni esa Farg‗onada Ahmad al-Farg‗oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Yurtboshimiz tantana qatnashchilariga yullagan tabrigida ulug‗ ajdodlarimizning jamiyatimiz hayotida tutgan o‗rni nihoyatda bebaho ekanligi alohida ta‘kidlangan.
Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitratning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qilindi. Cho‗lponning ayrim she‘rlari «Guliston» jurnalida, «Kecha va kunduz» asari esa «Sharq Yulduzi» jurnalida e‘lon qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi.
Ulug‗ shoir Abdulhamid Cho‗lponning adabiy-badiiy merosi xalqimizning bebaho ma‘naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir she‘ri odamlarni o‗zaro hamkorlikka, ijtimoiy adolat uchun kurashga, noxaqlikka nisbatan murosasizlikka da‘vat etadi14.
Do'stlaringiz bilan baham: |