3.Ma‟naviy hayotdagi tub o„zgarishlar, madaniy taraqqiyot.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma`naviy – ilmiy hayotida, afkori ilm maydonida muhum voqealar ro`y berdi. O`tgan yillar mobaynida Yurtboshimiz bir guruh yetakchi tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdilar. Bu uchrashuvda Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev tarix fannning muammolari haqida mutaxassislar bilan fikr almashdilar, kuuynib gapirdilar. Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar oldida turgan va tezda hal qilinishi kerak bo`lgan qator masalalarni ochiq – oydin ko`rsatdilar. Prezidentimiz ushbu masala bilan bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z uyritib, shunday deydilar: ―Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir.Tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va
avlodlardan avlodlarga qoldirish vatanimiz siyosatining eng muhim ustivor yo‘nalishlaridan biridir‖1.
1Mirziyoev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat`iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Tom 1. Toshkent: O‘zbekiston, 2017. B-29.
2Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasi/ Xalq so‘zi 29 dekabr.
3Prеzidеnt tuhfаsi, Mаrkаziy Оsiyo mаdаniyаti. 2001. №12.
Davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid Sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotinini amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan bo`lsada, o`zbek xalqi o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu haqda so`z yuritar ekan, O`zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining 2018 yil 28 dekabrda, 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Parlamentga qilgan Murojaatnomasida quyidagi so`zlarni alohida takidlagan edi: « Oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarur.
Xususan, milliy oʻzligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz lozim. Oʻtmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli boʻlishi zarur.
Afsuski, yurtimiz tarixini oʻrganishda oʻtgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va Sanʼatshunoslik institutlari faoliyatini, oliy oʻquv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur.
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida ―Oʻzbekiston tarixi‖ kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim»2.
Natijada, nafaqat Respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha ming yillik ma`naviy – ma`rifiy merosni asrab – avaylash, mustamlakachilik davrida chetga olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va uyrtimizga qaytarish borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu ishga xorijda yashayotgan hamyrtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar.3
Xususan, Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug` bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning ―Xazoyinul - maoniy‖ majmuasining o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan qo`lyozma nusxasini Prezident Islom Karimov uyborishdi.
Mamlakat Prezidenti bu benazir ―Ma`nolar xazinasi‖ asarini she`riyat mulki sultonining ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tuxfa etdi. Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon o`g`li Mulla Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tomonidan ko`chirilgan. Bunaqangi nodir qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni qaytarish yoki nusxa olish burch va vazifamizdir.
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‗liq o‗zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‗zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‗nalishlarni o‗zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‗zbekistonning eng yangi tarixi bo‗yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‗onaga ko‗tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‗zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‗rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‗quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‗rni va rolini ko‗rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‗yilgan. Mazkur hujjatda ko‗rsatilgan vazifalarni bir-birini to‗ldiruvchi ikki yo‗l orqali ro‗yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‗l – yangi avlod ilmiy va o‗quv adabiyotlarini yaratish.Ikkinchi yo‗l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‗ib etish va o‗qitish.
O‗zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‗z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‗tgan tarixiy yo‗li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‗zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‗zini o‗zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‗inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an‘anaviy funksiyalar bajarilishining o‗zi bilan qanoatlanib bo‗lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‗ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta‘minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e‘tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‗rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‗p odamlarda chorasizlik tuyg‗usini uyg‗otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. ―Siyosiy autsayderlar‖ deb ataluvchi kishilar sonining o‗sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‗ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‗lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‗zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta‘kidladi: ―Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‗tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‗lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‗rniga mayda masalalar bilan o‗ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda‖. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‗proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‗p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
O‗zbekistonning eng yangi tarixini o‗rganishda yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‗zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‗liq masalalarning to‗g‗ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir.
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini o‗rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‗quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda O‗zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi ―Yangi va eng yangi tarix‖, ―Etnologiya va antropologiya‖, ―Tarixshunoslik va manbashunoslik‖ bo‗limlari faoliyat ko‗rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‗rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo
Do'stlaringiz bilan baham: |