1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet51/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Shuningdek, mazkur qonunning 12-moddasida umumiy o‗rta ta‘limning quyidagi bosqichlari ko‗rsatilgan:
boshlang‗ich ta‘lim (I–IV sinflar);
umumiy o‗rta ta‘lim (I–IX sinflar).
Xuddi shu sessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ham qabul qilindi.
1993-yil 1-yanvariga respublikada umumiy ta‘lim maktablarining soni 8963 taga yetdi.
Yangi o‗quv dasturlari va darsliklarini ishlab chiqish ta‘lim sifatini oshirishda yagona mezon bo‗ldi. Mamlakatda prinsip jihatdan yangi o‗rta o‗quv yurtlari – gimnaziyalar, ya‘ni, ayrim fanlar chuqur o‗rganiladigan maktablar tarmog‗i tez rivojlandi. Masalan, 1991-yildagi 799 maktab o‗rniga 1995-yilda ayrim fanlar chuqur o‗rganiladigan maktablar soni 3120 taga yetdi. O‗quvchilarning soni 1995-yilning oxiriga
kelib 205,7 ming kishiga ko‗paydi. Ta‘lim muassasalarining o‗quv rejalari, ta‘lim shakllari va usullarini ishlab chiqishda erkinlikka ega bo‗lganliklari prinsip jihatdan yangilikdir.
O‗quvchilar bilimini sinashda an‘anaviy usullar bilan birga test sinovlaridan o‗tkazish tizimi kengroq qo‗llana boshlandi.
Mintaqaviy va Respublika miqyosida maktab olimpiadalari muntazam o‗tkazilmoqda.
«Oliy o‗quv yurtlari hududida tashkil etilgan kollejlarning yangi tizimi qisqa muddatlarda yuqori malakali o‗rta bo‗g‗in mutaxassislarini ayni vaqtda shu yo‗nalishdagi oliy o‗quv yurtlariga kirish uchun abiturientlar tayyorlash imkonini bera boshladi.
Maktabgacha tarbiya O‗zbekiston xalq ta‘limi tizimida birinchi bosqichdir.
Bu bosqichda xilma-xil toifadagi, turlicha muassasalarni ko‗rish mumkin. Ya‘ni bolalar yaslilari, bolalar bog‗chalari, yasli bog‗chalar, sog‗lomlashtirish bog‗chalari, aqliy, jismoniy jihatdan nogiron bolalar bog‗chalari, xonadon bog‗chalari, mavsumiy bog‗chalar va hokazolar shu tizimga kiradi.
O‗zbekiston Respublikasida hozir 9467 maktabgacha tarbiya va ta‘lim muassasalari mavjud bo‗lib, 1,3 million kichkintoylarni o‗z bag‗riga olgan. Ularning tarbiyasi bilan 100 mingdan ortiqroq pedagog xodimlar shug‗ullanmoqdalar.
Keyingi yillarda maktabgacha tarbiya, o‗rta, o‗rta maxsus va oliy ta‘limning ishlab chiqilgan konsepsiyalari asosida ta‘limning barcha darajalari uchun o‗quv dasturlarining eskilari qayta ko‗rib chiqilib, yangilari ishlab chiqilmoqda.
«Uzluksiz ta‘lim tizimini darsliklar va o‗quv adabiyotlari bilan ta‘minlashni takomillashtirish to‗g‗risida» (05.01.98-y.), «Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun davlat standartlarini ishlab chiqarish va joriy etish to‗g‗risida» (05.01.98-y.), «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‗g‗risida» (24.02.98-y.), «Umumta‘lim maktablari uchun darsliklar va o‗quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida» (04.05.98-y.), «O‗zbekiston respublikasida o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini tashkil etish choratadbirlari to‗g‗risida» (13.05.98-y.), «O‗zbekiston
Respublikasi Davlat Bojxona qo‗mitasining Bojxona kollejini tashkil etish to‗g‗risida» (13.07.98-y.), «O‗zbekiston Respublikasi Soliq qo‗mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‗g‗risida» (14.07.99-y.), «1999–2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablag‗ bilan ta‘minlash dasturi to‗g‗risida» (23.09.98-y.), «Umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida» (16.08.99-y.) kabi respublikada ta‘lim, ayniqsa, umumiy o‗rta ta‘lim tizimini yanada takomillashtirishga
qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tilayotgan hozirgi sharoitda ta‘lim jaranining turli bosqichlariga mansub bilim maskanlari o‗rtasidagi uzviy bog‗liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarish dolzarb vazifalardan biridir.
Mamlakat hukumatining qarori bilan umumta‘lim maktablarini 2005–2009-yillar mobaynida qayta ta‘mirlash, zamonaviy o‗quv qurollari va fan laboratoriya bilan ta‘minlash ishlari qizg‗in bormoqda.
1998-1999-o‗quv yilidan esa kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar shaklidagi xalq ta‘limi tizimi yangi yo‗nalishga asos solindi. Bu 1997-yil avgust oyida mamlakat Oliy Majlisi sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi » hayotga tatbiq yetilayotganidan dalolat beradi.
Birgina 2006-yilning o‗zida 8 ming o‗quvchi o‗rniga ega bo‗lgan 6 ta akademik litsey, 70 ming o‗rinli 124 ta kasb-hunar kolleji qurilib, foydalanishga topshirildi. 8,7 milliard so‗mlik va 15 million AQSh dollari miqdorida o‗quv-laboratoriya jihozlari xarid qilindi.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish