1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet53/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
O‗zbekistonning XXI asrga kirib borishida respublikada fanning o‗rni va roli yanada orta boradi.
O‗z o‗zidan ayonki, yangi davlat barpo etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo‗lidagi murakkab va keng ko‗lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‗lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yurtimizda o‗z Vatanining taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun mas‘uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarga ehtiyojni qondirish vazifasi biz mustaqillikka yerishgan birinchi kunlardanoq o‗ta muhim va hal qiluvchi masalaga aylangan edi.
Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda, 1997-yili 2009- yilgacha bo‗lgan davrga mo‗ljallangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingan edi. O‗zining mazmun-mohiyatiga ko‗ra noyob bo‗lgan ushbu dastur 12 yillik ta‘limga o‗tishni, uzluksiz ta‘limning yaxlit tizimini yaratishni ko‗zda tutadi. Dastur umumta‘lim maktablaridagi to‗qqiz yillik o‗rta ta‘limni, akademik litsey va kollejlardagi uch yillik maxsus kasbga tayyorlash tizimini o‗z ichiga oladi.
Mamlakatimiz oliy o‗quv yurtlari huzurida tashkil etilgan akademik litseylar yoshlarga o‗zi tanlagan mutaxassislik bo‗yicha oliy ma‘lumot olish uchun yanada chuqur bilim egallash, kollejlar esa maxsus fanlarni o‗zlashtirish bilan bir qatorda, mustaqil hayotga qadam qo‗yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o‗z qobiliyatini yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o‗rin topish uchun 2-3 mutaxassislik bo‗yicha o‗rta malakali kasb egallash imkonini beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida 2009-yilgacha bo‗lgan davrga mo‗ljallangan Maktab ta‘limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ham amalga oshirilmoqda.
Ta‘lim sohasida milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasbhunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta‘lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta‘mirlandi, zamonaviy mebel, o‗quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi, ularda kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etildi.
Yangi milliy ta‘lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o‗quv qo‗llanmalari yaratish orqali ta‘lim jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o‗quv yurtlarida akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi toifadagi o‗qituvchilarni tayyorlash ishlari yo‗lga qo‗yildi.
Oliy ta‘lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr va magistrlar tayyorlashning Yevropa tizimiga o‗tildi. Bugungi kunda mamlakatimizning 65 ta oliy o‗quv yurtida 850 yo‗nalish va mutaxassislik bo‗yicha 300 mingga yaqin talaba bilim olmoqda.
O‗tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o‗quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjetdan tashqari mablag‗lar yo‗naltirildi.
Hozirgi kunda yurtimizda ta‘lim sohasiga yo‗naltirilayotgan xarajatlar hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‗rsatkich 3–5 foizdan oshmaydi.
O‗zbekiston o‗zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bo‗lib, uning tarkibida ulkan ilmiy texnik salohiyatga ega bo‗lgan 43 ta akademik institut muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatmoqda. Tabiiy va aniq fanlarning yadro fizikasi, astrofizika, geliomaterialshunoslik, biologiya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy birikmalar kimyosi, seysmologiya yo‗nalishlarida va boshqa ko‗plab sohalarda istiqbolli tadqiqotlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, bugun ta‘lim-tarbiya va ilm-fan sohasiga sarflanayotgan mablag‗lar mamlakatimiz kelajagining egasi bo‗lgan yosh avlodni, yuksak intellektual salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo‗lida mustahkam poydevor bo‗lib xizmat qiladi.

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish