TAQDIMOTI
Mavzu: Alisher Navoiy va uning “Mahbub ul-qulub” asari. Mavzu: Alisher Navoiy va uning “Mahbub ul-qulub” asari.
1441 - 1501
Olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
I.A.Karimov.
Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch
Dars shiori: Olam ahli bilingizkim ish emas dushmanlig‘, Yor o‘ling bir-biringizgaki erur yorliq ish.
Benazir inson, buyuk alloma, daho ijodkor Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotning Bog‘i Davlatxona atalmish joyida tavallud topgan. U kishidan bizga ko‘plab asarlari meros bo‘lib qolgan.
Navoiy asarlari
Xamsa
Mahbub ul-qulub
Muhokamat ul-lug`atayn
Majolis un-nafois
Sab`atu abhur
“Mahbub ul-qulub” Bu asar 1500-1501-yillarda shoir umrining so`nggi damlarida yozilgan. Ushbu asarda pand-nasihat, axloqiy qarashlar bosh mavzuga aylanib, falsafiy, ma`rifiy xuosalar chiqariladi. Shuning uchun ham bu asar pandnoma yoki nasihatnoma asar hisoblanadi.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg`u bilig”, Sa’diy Sheroziy “Guliston”, “Bo`ston”, Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”
Muallif o`zi ta`kidlaganidek asar 3 qismdan iborat:
- Har xil odamlarning fe`l atvori va ahvoli haqida;
- Yaxshi fe`l xosiyati va yomon xislat kasofati haqida;
- Turli foydali kuzatishlar va misollar haqida;
Masnaviy
Gahi topdim falakdin notavonlig‘
Gahi ko‘rdum zamondin komronlig‘,
Base issig‘, sovug‘ ko‘rdum zamonda,
Base achchig‘, chuchuk totdim jahonda.
Tanbih 49
Til shirinligi-ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa-foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa ko‘pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa harom bo‘ladi. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam- halvofurush kabi sevimlidir.
Tanbih 11 Oliyhimmat odam-balandparvoz lochindir; behimmat-sichqon ovlovchi kalxatdir. Shunqorning maskani-shohning bilagidir; kalxatning joyi-o`limtikning sassiq badani va so`ngagidir. Tanbih 48 Nodonning vahshiylarcha baqirmog‘i-eshakning bemahal hangramog‘i. O‘zi xunuk, gapi be `mani, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o‘xshaydi.Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma`qul bo‘lib chiqsa-nutqning ofatidir. Xulosa “Mahbub ul-qulub” asari oltmish yillik umri davomida hayotda ko ‘rgan-kuzatganlarini teran tahlildan o‘tkazib, muayyan xulosalar chiqargan donishmand adibning kelgusi avlodlarga qoldirgan buyuk ma`naviy merosidir. Bu asar har bir odam umri davomida duch kelishi muqarrar bo‘lgan hayotiy savollarga eng to‘g‘ri javoblarni ta`sirli usulda berishi bilan yuksak qimmat kasb etadi. Uyga vazifa 1. “Mahbub ul-qulub” asarini o`qish va bitta tanbih yod olish. 2. Saxiy hamda axiy tushunchalari haqidagi fikrlaringizni daftarga yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |