8-sinflar ushun ona tili fanidan bayon matni
O`zbekiston - yagona Vatan
Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go`zal va muqaddas makon hisoblanadi. Shuning uchun shoirlarimiz-ona yurtimiz – O`zbekistonimiz olamga teng yagona diyor sifatida kuylanadi.
Xususan, atoqli shoirimiz Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek Vatanga bo`lgan muhabbatini bunday misralarda ifoda etadi.
Vatanga yashamoq- ulkan saodatdir.
Vatan ozod va mustaqil bo`lsa, uning bag`ri jannat bog`laridek fayzli, odamlari baxtli bo`ladi. Shuning uchun Vatanning ozodligi va mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. Inson uchun ona yagona bo`lgani kabi, Vatan ham yagonadir. Shu bois Vatanparvarlik oily fazilat sanaladi. Vatanga xoinlik hech qachon kechirilmaydi.
Vatanparvar insonlarning nomi xalq va millat qalbida abadiy yashaydi. Vatanparvarlik- sog`lom e`tiqod, yuksak dunyoqarash ma`suli. Binobarin, milliy istiqlol mafkurasi Vatanni e`tiqod bilan sevishga, vatanparvarlikni ongli faoliyatga aylantirishga xizmat qiladi.
Ayniqsa, xalqimiz dunyo hajamiyatidan munosib o`rin egallab, huquqiy demokratik jamiyat barpo etish uchun intilayotgan hozirgi kunda bu fazilat g`oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlatimiz rahbari bu masalaga alohida e`tibor berib, shuday degan:
“Vatanga muhabbat hisssi odamning qalbida tabiiy ravishda tug`iladi. Ya`ni , inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib , yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo`lsa, tug`ulub o`sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo`ladi.”
Bugungi O`zbekistonning eng buyuk vatanparvari Prezident I.A.Karimovdir.
Yurtboshimiz XX asrning so`ngida xalqimizning istiqlol yo`lidagi harakatiga bosh bo`lib, milliy davlatchiligimizni tiklashda , uning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olishda va huququiy demokrati jamiyat asoslarini barpo etishda beqiyos xizmatlar qildi. Davlatimiz rahbarining izchil va qat`iiy siyosati tufayli xalqimiz eng og`ir vaziyatlarda ham o`z tanlagan yo`lidan qaytmadi, yangi asr yanada yuksak marralarni ko`zlab olga intilmoqda.
Vatanni sevish, uning bag`ridagiu ne`matlarni qadrlash uchun uning tarixini , xalqini tabiatini chuqur o`rganish lozim. Bizning yurtimiz- O`zbekiston ko`hna o`tmishi, bunyodkor xalqi, boy va saxovatli zamini, betakror tabiati, qulay iqlimi bilan dunyoda qiyosi bolmagan o`lkadir.
O`zbekiston mana shu xususiytlari bilan ham dunyodagi boshqa davlatlardan ajralib turadi. Bu yagona Vatanni turli manfaatlar kurashi davom etayotgan bugungi murakkab globallashuv davrida ko`z-qorachig`idek asrash –har birimizni burchimizdir. (350 so`z)
Test DTS talablariga mos ravishda tuzilgan.
Metodbirlashma rahbari Z.Ro’ziyeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |