O'zbekiston Respublikasining BMTga a'zo bo'lishi va jahon hamjamiyatidagi o'ziga xos o'rni. O'zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o'rni va mavqeining oshib borishi
2. O'zbekiston Respublikasining BMTga a'zo bo'lishi va jahon hamjamiyatidagi o'ziga xos o'rni. O'zbekistonning MDH hamda SHHTdagi o'rni va mavqeining oshib borishi. Hozirgi kunda O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkor-lik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkor-lik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok yetib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy Osiyo-da yadro qurolidan holi hudud barpo yetish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog'liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal yetish ishiga salmoqli hissa qo'shmoqda. 1992-yil 2-martda O'zbekiston Respublikasi o'z tarixida birin-chi bor jahon hamjamiyatining teng huquqli subyekti sifatida Bir¬lashgan Millatlar Tashkiloti a'zoligiga qabul qilindi. O'zbekiston 1-Prezidentining asosli mulohazalari bu nufuzli tashkilot tomonidan inobatga olinib, 1993-yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta'sis yetilib, ish boshladi. Xolid Malik BMTning O'zbekistondagi vakili qilib yuborildi. O'zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a'zo bo'lib kirdi. I. Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo'lib o'tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok yetishi, nutq so'zlashi va uning 10-iyulda bo'lgan majlisiga raislik qilishi O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko'rsatadi. O'zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o'tka-zishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48-sessiyasida O'zbekiston Prezidenti I. Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma'ruzasi O'zbekistonni jahonga ko'hna va navqiron davlat sifatida tanitdi. O'zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo'shilmaslik harakatiga qabul qilindi. Bo'lg'usi jahon Parlamentining tim-soli bo'lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi. BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil sentabr oyida o'tgan «Mingyillik sammiti»da xalqaro terrorchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir ko'plab takliflarni bildirdi. Xal¬qaro jamoatchilik ye'tiborini yana bir bor Orol muammosiga qarat-di. Ta'kidlamoq joizki, Oroldagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo mamlakatlarining yekologik muammo-sidir. Shundan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari «Mingyil¬lik sammiti»da yekologik xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni qo'llab-quwatlash, ushbu xayrli ishlarga xalqaro tashkilot va donor mamlakatlardan moliyaviy vositalar jalb yetish maqsadida BMTning Atrof-muhit muhofazasi bo'yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va Orolbo'yi muammolari kengashini ruzishni taklif qildi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Is¬tanbul sammitida 1-Prezident Islom Karimov BMT huzurida terrorchi-likka qarshi kurash bo'yicha xalqaro markaz tasbkil yetish g'oyasini ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doi-rasida terrorchilikka qarshi kurash qo'mitasining tashkil yetilishi bu g'oyaning amaliy natijasi bo'ldi. 2006-yilning sentabrida yesa Markaziy Osiyo mamlakatlari va¬killari Qozog'istonning Semipalatinsk shahrida «Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo yetish to'g'risida»gi shartnomani imzoladilar. Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari bilan turli yo'nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda dav¬latimiz rahbari Islom Karimovning xalqaro integratsiyani kuchaytirish, barqarorlikni mustahkamlash va davlatlararo hamkorlikni rivoj-lantirishga qaratilgan hamda tinchlikparvarlikka asoslangan izchil siyosati muhim omil bo'lmoqda. Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko'rsatadiki, biron-bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga yerishgan yemas. SHarq va g'arb mamlakatlarini bir-biriga bog'lagan «Buyuk Ipak» tarixiy yo'lning markazida joylashgan O'zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo'lib kelmoqda. Ayniqsa, Amir Temur va Temuriylar davrida dunyodagi yirik davlatlar Samarqand bilan o'z aloqalarini o'rnatganlar. Amir Temurning Fransiya, Angliya, Ispaniya qirollari, o'nlab qo'shni davlatlarning hukmdorlari bilan yozishmalari o'sha davrdagi jo'shqin siyosiy, madaniy va tijoriy aloqalardan guvohlik beradi. CHor Rossiyasi bosqinidan so'ng 130 yildan ortiq davom yetgan mustamlaka davri mamlakatimizning tashqi aloqalarini uzib qo'ydi. Xorij bilan barcha munosabatlar istilochilarning nazorati va ruxsati bilan amalga oshirilar yedi. Bir paytlar dunyoga dong taratgan o'lkamiz chekka bir viloyat darajasiga tushirib qo'yildi. Sovetlar davrida yesa chetga chiqarilgan bir-ikki diplomat hamda vazifasi