YAlpi ichki mahsulot – bu mamlakat hududida bir yil davomida ishlab chiqarilgan barcha tayyor mahsulotlar va xizmatlarning umumiy bozor qiymati.
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish – aktivlarni jalb etlishi va buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishidir.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etilishi hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lishiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |