Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish – aktivlarni xorij manbalaridan (chet davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etilishi hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi.
Davlat g‘aznachilik obligatsiyalari – bu aholi va yuridik shaxslar o‘rtasida joylashtiriladigan va pul mablag‘larini saqlovchilar tomonidan ularning byudjetga kiritilishini tasdiqlaydigan va ushbu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish muddati davomida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beradigan davlat qimmatli qog‘ozlaridir.
G‘aznachilik – Davlat byudjetining ijrosini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli moliya organidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |