1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja


O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti taqsimoti va soliq siyosati



Download 2,15 Mb.
bet64/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

3. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti taqsimoti va soliq siyosati

O‘zbekistonda so‘ngi yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida hamda iqtisodiyot sohasini tartibga solish va uni rivojlantirish yuzasidan muhim bo‘lgan ikkita qonun qabul qilindi.



  • «2019 yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;

  • «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»;

Bu hujjatlarni prezidentning iyun oyida imzolagan «O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini mukammallashtirish konsepsiyasi haqida»gi qarorida belgilangan tamoyillarni amalga oshirishga hizmat qiladi.

2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasida 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan soliq va byudjet siyosati islohotlarning asosiy yo‘nalishlari aks ettirilgan.

2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlar qismi 2018 yil iyun oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq shakllantirilgan.

Soliq islohotlarining maqsadi iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqildi.

Keyingi yilda Davlat byudjeti daromadlari 102,6 trln so‘mni, xarajatlari 107,1 trln so‘mni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Byudjet taqchilligi 4,3 trln so‘m, yoki YAIMga nisbatan 1,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

2019 yilda Davlat byudjetining xarajatlari 107,1 trln so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p bo‘lib, bunda Davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi.

2019 yil Davlat byudjeti quyidagicha taqsimlangan:

Ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trln so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 54,0 foizini;

Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 4 trln so‘m, umumiy ta’limga 17,1 trln so‘m, kadrlar tayyorlashga 3,8 trln so‘m;

Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishga 12,1 trln so‘m ;

Madaniyatni moliyalashtirish uchun 1,0 trln so‘m

Ilm-fanga 0,8 trln so‘m;

Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun 5 267,2 mlrd so‘m;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6,3 trln so‘m ajratiladi.

Soliq va byudjet siyosatini takomillashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash, aholi turmush darajasini oshirish, aholining muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning manzilliligini oshirishga qaratilgan tizimni yaratish, ish haqi va boshqa to‘lovlarning inflyasiyaga ta’sirini baholash asosida tabaqalashtirilgan holda oshirish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni 2019 yilda ham davom ettirish ko‘zda tutilmoqda. 

Prezidentning 2018 yil 29 iyundagi farmoni bilan tasdiqlangan soliq siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari doirasida 2019 yildan e’tiboran: 

1) ish haqi fondiga soliq yuki quyidagicha kamaytirilmoqda: 

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasining 12 foiz miqdorida o‘rnatilishi va fuqarolarning majburiy sug‘urta badallarining (ish haqidan 8 foiz) bekor qilinishi natijasida “qo‘lga” tegadigan ish haqi miqdori o‘rtacha 6,5 foizga oshadi; 

ish haqi fondidan yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 12 foizgacha pasaytirilmoqda

2) davlat maqsadli jamg‘armalariga aylanmadan (oborotdan) 3,2 foiz miqdorida undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilinmoqda; 

3) yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkalari 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha, dividend va foiz ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan soliq – 10 foizdan 5 foizgacha, yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i – 5 foizdan 2 foizgacha pasaytirilmoqda. 

Mazkur choralar natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va jismoniy shaxslar ixtiyorida qariyb 10 trillion so‘m mablag‘ qoladi. 

Ushbu choralar bilan bir qatorda yig‘ilish qatnashchilari tomonidan resurslardan oqilona foydalanish va byudjetga tushumlarning to‘liqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan soliq siyosatini takomillashtirish sohasidagi qo‘shimcha takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi, jumladan: 



  • mutlaq miqdorlarda belgilangan soliq stavkalarini indeksatsiya qilish (er solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, aksiz solig‘i); 

  • sigareta uchun aksiz solig‘i bo‘yicha qat’iy belgilangan stavka bilan bir qatorda advalor stavkasini joriy etish; 

  • yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari va mehnat faoliyatining hisobi yuritilishi murakkab bo‘lgan shaxslar uchun fuqarolarning sug‘urta badallari o‘rniga yagona ijtimoiy to‘lovlarni joriy etish (sug‘urta badallarining bekor qilinishi sababli); 

  • ayrim turdagi foydali qazilmalar (qum, ohak, shag‘al va boshqalar) uchun er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha mutlaq miqdorlarda qat’iy belgilangan eng kam stavkalarni kiritish. 

2019 yil 1 yanvardan: 

  • umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va rahbarlari ish haqlarini 10 foizga, malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning ish haqlarini esa tabaqalashgan holda 15 foizdan 25 foizgacha; 

  • mehnatiga kam haq to‘lanadigan byudjet sohasida ishlovchi xodimlar ish haqlarini 5 foizdan 15 foizgacha oshirish ko‘zda tutilmoqda. 

Taklif etilayotgan choralar byudjet sohasida mehnat qilayotgan 360 mingdan ortiq xodimlarni qamrab olishi aytib o‘tildi. Misol uchun, byudjet tashkilotining eng past oylik oluvchi texnik xodimlarining ish haqlari, ustama va qo‘shimchalardan tashqari, 502 ming so‘mdan 577 ming so‘mgacha oshiriladi. 

2019 yilgi byudjetda oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari hamda ularning rahbarlari ish haqlarini 1,5 barobarga, davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining ish haqlarini o‘rtacha 26,5 foizga (2018 yilning 1 dekabridan 20 foizga oshirilishiga qo‘shimcha ravishda) oshirish ko‘zda tutilgan. SHu bilan birga, byudjet sohasida ishlovchi xodimlarning ish haqlarini inflyasiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish hamda ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘larni 20 foizga oshirish hisobga olingan. 

Investitsiya xarajatlari 11,9 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan belgilangan strategik muhim loyihalarni, shu jumladan, ichimlik suvi ta’minoti, suv xo‘jaligi ob’ektlarini, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini hamda ta’lim va tibbiy-ijtimoiy muassasalarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. 

SHuningdek, yig‘ilishda 2019 yilda 12 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilayotgan sog‘liqni saqlash sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tibbiyot muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida qariyb 1 trillion so‘m, sog‘liqni saqlash sohasidagi asosiy dasturlarni amalga oshirish uchun 661,5 milliard so‘m, zamonaviy diagnostika, laboratoriya va davolash uskunalari bilan jihozlashga 58 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda. 

YAgona ijtimoiy to‘lov miqdorining pasaytirilishi va fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari va aylanmadan (oborotdan) to‘lanadigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining taqchilligini qoplash hamda pensiya va nafaqalarning o‘z vaqtida so‘zsiz to‘lanishini ta’minlash maqsadida 4,7 trillion so‘m miqdoridagi subsidiya byudjet xarajatlarida ko‘zda tutilgan. 

Arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etadigan banklarga kredit liniyalari ochish xarajatlariga 3 trillion so‘m miqdorida mablag‘lar rejalashtirilmoqda.

 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish