Pensiya ta’minoti
YAgona ijtimoiy to‘lov stavkasi pasaytirilishi hamda fuqarolarning sug‘urta badallari va majburiy ajratmalar bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining taqchilligini qoplash uchun 4,7 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar 2019 yilgi byudjet parametrlarida nazarda tutilgan.
2019 yilda vazirlar Mahkamasining zahira jamg‘armasiga 908,6 mlrd. so‘m yo‘naltiriladi, bu esa 2018 yildagiga nisbatan 73,7 foizga ko‘proqdir.
BYUDJET VA SOLIQ SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti – Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi Davlat byudjetining bir qismi hisoblanib, moliya yili mobaynida daromad manbalari va miqdorlarini hamda xarajatlar yo‘nalishlari va miqdorlarini nazarda tutadi.
Byudjet tasnifi – bu barcha darajalardagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlarini, uningdek, byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalarini va davlat qarzi turlarini bir xil turdagi belgilar bo‘yicha guruhlarga bo‘linishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |