Soliq imtiyozlari – soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilish, shuningdek, soliq to‘lovchi uchun soliq yukini boshqacha tarzda engillashtirishdir.
Qarzga xizmat ko‘rsatish – qarz (qarzlar) bo‘yicha qarz majburiyatlarini, shu jumladan, arzdorlikning asosiy qismi, foizlar, vositachilik haqi va jarimalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatni uzish uchun umumiy to‘lovlardir.
Byudjet mablag‘larini oluvchi – Davlat byudjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan mablag‘lar oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |