Byudjetlararo transfertlar – O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda bunga aksincha o‘tkaziladigan mablag‘lardir.
Mahalliy byudjet– Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda moliya yili mobaynida daromadlar manbalari va miqdorlari hamda xarajatlar yo‘nalishlari va miqdorlari nazarda tutiladi.
Melioratsiya – noqulay gidrolik, tuprog‘i yomonlashgan va boshqa sharoitdagi erlardan yanada samarali foydalanish maqsadida ularni tubdan yaxshilashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |