Friktsion mexanizm
U zatmada harakat bir valdan ikkinchi valga ish yuzalaridagi siqish kuchi natijasida hosil bо‘lgan ishqalanish kuchi hisobiga о‘tkazilsa, bunday uzatmalar friksionuzatmalar deb ataladi.
6- rasm.
Rasmda kо‘rsatilgan friksion uzatma yordamida parallel vallardagi harakatni uzatishda foydalaniladi. Agar о‘zaro kesishuvchi vallarning biridan ikkinchisiga harakat uzatish
lozim bо‘lsa, u holda, konussimon g‘ildiraklardan foydalaniladi.
Friksion uzatmalarning afzalliklari: tuzilishi oddiy, xarakat bir tekisda shovqinsiz uzatiladi; ishlash jarayonida uzatish sonini ma’lum chegarada uzgartirish mumkin; yuklanish chegaradan oshsa, ish yuzasida sirpanish hosil bulib, gildiraklarni sinishdan saqlaydi.
Egiluvchan zvenoli mexanizm
Hozirgi zamon texnikasida egiluvchan zvenolarni (arqonlar, tasmalar, zanjirlar, troslar va boshqalar) o’z ichiga oluvchi mexanizmlar ham ko’p ishlatiladi
Egiluvchan zvenoli mexanizmlar yordami bilan o’qlari еtakchi zveno o’qiga parallel va ayqashib o’tuvchi zvenolarga harakat uzatiladi. Bunday mexanizmlar to’qimachilik sanoatida, og’ir industrial sanoatda, qishloq xo’jalik mashinalarida va boshqa joylarda qo’llaniladi.
7-rasm.
3.2.Mexanizm tuzuvchi guruhlar. Accur guruhi.
Har qanday mexanizmda bitta yoki bir nechta etakchi zveno bo’ladi. Etakchi zvenoning stoykaga nisbatan erkinlik darajasi birga teng. (W = 1)
Shu sababli mexanizm hosil qilishda etakchi zveno va stoykaga harakat darajasi nolga teng bo’lgan zanjir ulanadi. Erkin elementarni stoykaga biriktirilganda qo’zg’aluvchanlik darajasi nolga (W = 0) bo’lgan kinematik zanjir mexanizm tuzilish guruhideb ataladi.
Tuzilish guruhining zveno va kinematik juftlari quyidagicha bog’lanishda bo’lishi kerak.
W = 3n -2P5 = 0 P5 = 3/2n
Formulaga binoan guruhdagi zvenolar soni juft sonlar dan ya’ni n = 2,4,6,8, ........, V sinf kinematik juftlar soni esa tegishlicha P5 = 3,6,9,12,..... (butun son) lardan iborat bo’ladi.
Formulaga muvofiq bog’lanishdagi tuzilish guruhining zvenolarini etakchi zvenolarga va stoykaga biriktirish yo’li bilan mexanizmlar hosil qilinadi. Mexanizmlarni tuzilish guruhlariga birinchi bo’lib rus olimi L.V.Assur guruhlagan. Shuning uchun guruhlash uning nomi bilan yuritiladi. Uning ta’rifiga ko’ra etakchi zveno bilan stoykaning birikishi 1 sinf 1- tartibli mexanizmdir.
Bundan tashqari, tuzilish guruhi bir necha sinf va tartiblarga bo’linadi.
Guruh sinfi zanjir tashkil qiladigan sxemaning eng kata sinfiga ko’ra aniqlanadi sxemaning sinfi esa sxemaga kiruvchi kinematik juftlar soni bilan aniqlanadi. Erkin kinematik juft soni guruh tartibini ko’rsatadi. Har qanday tekis mexanizm bitta yoki bir nechta etakchi zvenodan va bitta yoki bir nechta tuzilish guruhdan tashkil topishi mumkin. Mexanizm sinfi esa mexanizmtarkibiga kiruvchi eng yoqori guruh sinfi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |