1 Mavzu: Mexanizmlar va mashinalar nazari-yasi fanining mazmuni va maqsadi. Mexanizmlarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Asosiy tushunchalar. Kinematik juftlar klassifikatsiyasi


Kinematik juftlar klassifikatsiyasi



Download 1,25 Mb.
bet3/9
Sana01.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#626678
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
дарс ишланма

Kinematik juftlar klassifikatsiyasi

Geometrik bog‘lanishga bо‘ysunuvchi biror obyektning fazodagi holatini aniqlovchi, bir-biriga bog‘liqsiz parametrlar soni shu obyektning erkinlik darajasi deyiladi. Tekislikdagi dekart koordinatalar sistemasida ozod nuktaning erkinlik darajasi ikkiga teng, chunki nuqta koordinatalarini (vaziyatiii) bir-biriga bog‘liq bо‘lmagan x va y lar aniqlanadi. Agar shu nuqta fazoda bо‘lsa, uning vaziyatini bir-biriga bog‘liqsiz x, y, z parametrlari bilan aniqlab, erkinlik darajasi uchta ekanligini bilish qiyin emas.
Endi, kiiyematik juftlar tarkibidagi zvenolarning nisbiy harakatiga qanday bog‘lanishlar qо‘yilishi va ularning soni qancha bо‘lishini tekshirib chiqamiz.
Umumiy holda fazoda harakat qilayotgan har qanday qattiq jismning erkinlik darajasi 6 ta bо‘lib ulardan uchtasi x, y, z о‘qlari bо‘ylab ilgarilama harakatdan, uchtasi esa shu о‘qlar atrofida aylanma harakatdan iborat bо‘lishi mumkin

Fazodagi erkin jism
Shunday qilib, fazodagi har bir zveno vaziyatini 9 ta koordinata orqali ifodalasak, tekislikdagi zvenoning vaziyatini 4 ta koordinata orqali ifodalashmumkin. Agar n ta zveno bо‘lsa, u holda, fazodagi n ta zveno vaziyati 9n ta koordinata orqali, tekislikdagi n ta zvenoning vaziyati esa 4n ta koordinata orqali ifodalanadi.
Shunday qilib, sistemaning qо‘zg‘aluvchanligi shu sistemaning koordinatalari soni bilan ularga qо‘yilgan bog‘lanishlar sonining ayirmasi orqali belgilanadi. Bu ayirma sistemaning erkinlik darajasa deb ataladi.
Binobarin, absolyut qattiq jismga hech kanday cheklanish qо‘yilmasa, shu jism tanlab olingan x, y, z koordinatalar sistemasida oltita tomonga haraqat qila olar ekan. Agar shu erkin jism boshqa bir jism bilan kinematik juft hosil kilsa, uning nisbiy harakatiga ma’lum darajada chek qо‘yiladi. Nisbiy harakatga qо‘yilgan cheklar soni oltitadan kam bо‘lishi kerak. Agar oltita bо‘lsa, kinematik juftlik xususiyati yо‘kolib, juft qattiq, nisbiy harakatsiz jismga aylanadi. Agar nisbiy harakatga qо‘yilgan bog‘lanishlar soni birdan kichik bо‘lsa, u holda, kinematik juft bо‘lmaydi, chunki, ikki jism bir-biriga jips holda harakatlanadi. Shunday qilib, bog’lanishlar soni 1-5 chegarasida о‘zgarar ekan. Agar biz kinematik juft tarkibidagi zvenoning nisbiy harakatidagi erkinlik darajasini N bilan, bog‘lanish shartlari sonini S bilan belgilasak, quyidagi tenglamani hosil qilamiz: S + H = 6
Yuqoridagi formuladan kinematik juft zvenosining nisbiy harakatiga qо‘yilgan bog‘lanish shartlari bilan shu juft zvenosi nisbiy harakatining erkinlik darajasi faqat 1 dai 5 gacha о‘zgarishini kо‘rish qiyin emas.
Tekislik ustida shar turibdi, deb faraz qilaylik. Shar bilan tekislik birgalikda kinematik juft hosil qiladi. Shar A harfi bilai, tekislik esa B harfi bilan belgilangan. Shar tekislikda uchta x, y, zо‘qlari atrofida aylanma harakat va x, yо‘qlari bо‘ylab ilgarilama harakat qilishi mumkin. Shar zо‘qi bо‘ylab pastga tomon harakat qila olmaydi, chunki, uning harakatiga tekislik tо‘skinlik qiladi. Demak, shar bilan tekislik orasida bog‘lanish hosil bо‘ldi. Sharning fazodagi vaziyatini о‘zaro uchta bog‘lanish tenglamasi bilan bog‘langan 9 ta koordinata orqali belgilash mumkin. Bir-biriga bog‘liqsiz 9 ta koordinata sonidan 3 ta bog‘lanish sonini ayirib, 6 ta erkinlik darajasini hosil qilish mumkin. Agar shar doimo tekislikka tegib turishi shart bо‘lsa, u1 sinf kinematik juft, u holda, sharning erkin harakatiga yana bitta chek qо‘yamiz.

Sharni yuqoriga kо‘tarish yaramaydi, aks holda shar bilan tekislik orasidagi bog‘lanish buziladi va juftlik yо‘qoladi. Shunday qilib, sharniig 3 ta о‘k atrofida aylanma va ikki x, y о‘qlari bо‘ylab ilgarilama xarakatini olamiz. Natijada, shar 5 xil harakatda bо‘ladi, bu esa sharning erkinlik darajasi sonini bildiradi, buida bog‘lanish tenglamalari soni quyidagicha bо‘ladi: S = 6 - H = 6 - 5= 1
Demak, kinematik juft hosil bо‘ldi.
Shunday qilib, shar bilan tekislik klass kinematik juft hosil qiladi.

II sinf
Agar tekislik ustida silindr bо‘lsa, bu silindr x va u о‘qlari atrofida aylanma , shu о‘qlar bо‘ylab ilgarilama harakat qiladi. Demak, kinematik juft zvenosi bо‘lgan silindrning erkinlik darajasi soni 4 ga tengdir
Silindrga qо‘yilgan bog‘lanish shartlarining soni quyidagicha, bо‘ladi:S = 6 - 4 = 2
Binobarin, bayon qilingai kinematik juft IIsinf kiiyematik juftdir.
I va II sinf kinematik juftlar bayonidan ma’lumki, kinematik juftlarning qо‘zg‘aluvchanligi (N) jism erkinlik darajasi bilan bog‘lanish shartlari soni (S) ning ayirmasiga teng.
Shunday qilib, juftning qо‘zg‘aluvchanlik darajasi soni еtishmagan bog‘lanish shartlari soni bо‘lib, bog‘lanish shartlari kinematik juftdagi zvenolardan birining erkinlik darajasini kamaytiruvchi faktor ekai.
Bog‘lanishlar soni uchga teng bо‘lgan kinematik juftni kо‘rib chiqaylik
Sferik qobiq ichiga solingan shar bunday kinematik juftga misol bо‘la oladi.

III sinf kinematik juft.
1 zveno (shar) sirtqi yuzasi bilan 2 zvenoning ichki yuzasiga doimo tegib turishi va zvenolardan biri ikkinchisiga nisbatan faqat shu yuzalar orqaligina nisbiy harakat qilishi mumkin. Bunday kinematik juft sharli sharnir deb ataladi; bunday sharnir avtomobil, tikuv mashinasi va boshqa mashinalarda kо‘p ishlatiladi.
1- zvenoning 2- zvenoga nisbatan yoki 2- zvenoning 1- zvenoganisbatan xarakati faqat x, y, z о‘qlari atrofida bо‘ladigan aylanma harakatdan iboratdir. 1- zvenoning yoki 2- zvenoning nisbiy ilgarilama harakatiga chek qо‘yilgan. Shunday qilib, shaklda kо‘rsatilgan kinematik juft zvenosining erkinlik darajasi uchga tengdir. Unga qо‘yilgan bog‘lanishlar soni quyidagicha bо‘ladi:S = 6 - N = 6 - 3=3

IV sinf kinematik juft.
Demak, hozirgina bayon qilingan kinematik juft III – sinf kinematik juftga oid ekan. IV sinfga oid kinematik juftni kо‘rib chiqaylik. Kovak silindr ichiga silindr joylangan, deb faraz qilaylik. Shaklda kо‘rsatilgan yaxlit va kovak silindrlarning elementlari silindrik yuzalar bо‘lib, ulardan birining yuzasi (1- zvenoniki) sirtqi silindrik yuza bо‘lsa, ikkinchisiniki (2- zvenoniki) ichki silindrik yuzadir.
Ikkala silindr ham kinematik juftning zvenolari bо‘lib, ular bir-biriga nisbatan faqat x о‘qi atrofida aylanma harakat, shu о‘q bо‘ylab esa ilgarilama harakat qila oladi, xolos. Demak, kinematik juft tarkibidagi zvenoning erkinlik darajasi 2 ga teng ekan. Erkinlik darajasi 2 ga teng bо‘lgan kinematik juft zvenosining nisbiy xarakatiga qо‘yilgan bog‘lanishlar soni quyidagicha bо‘ladi: S = 6 - H = 6 - 2 = 4
Binobarin, bu kinematik juft V klassga oid ekan.
V sinfga oid kinematik juftlar bilan tanishib о‘taylik. Bunday juftlar hozirgi zamon mashina va mexanizmlarida juda kо‘p uchraydi. V sinf kinematik juftni kо‘rib chiqamiz. Agar shu kinematik juft zvenolaridan birining nisbiy harakatiga yana bir chek qо‘ysak, u holda, juft zvenosi-ning erkinlik darajasi (N) faqat bitta bо‘lib qoladi. Agar x о‘qi bо‘ylab ilgarilama harakatiga chek qо‘ysak, u holda zveno faqat shu о‘q

V sinf kinematik juft
atrofida aylanadi. Bordi-yu, uning aylanma harakatiga chek qо‘ysak, zveno faqat x о‘qi bо‘ylab ilgarilama harakat qiladi. Shunday qilib, kinematik juft zvenosiga qо‘yilgan bog‘lanish shartlarining soni quyidagicha bо‘ladi:
S = 6 - H = 6 – 1= 5
Demak, shaklda kо‘rsatilgan kinematik juft V sinfga oid ekan.
Shaklda kо‘rsatilgan V sinf kinematik juftning elementlari ichki va sirtqi silindrik yuzalar bilan bir qatorda, ularning yon tomonlariga о‘rnatilgan cheklanish tashkil qilgan tekislikdan ham iboratdir.


    1. Download 1,25 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish