1-Mavzu: Jismoniy tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


- mavzu. UZLUKSIZ TA’LIMDA PEDAGOGIK NAZORATNI TASHKIL



Download 243,71 Kb.
bet60/158
Sana16.01.2022
Hajmi243,71 Kb.
#379380
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158
Bog'liq
001.diagnostika va korreksiya majmua

7- mavzu. UZLUKSIZ TA’LIMDA PEDAGOGIK NAZORATNI TASHKIL

ETISHNING ILMIY ASOSLARI
Reja:

  1. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning, mazmuni

  2. Dastlabki test metodining qo‘llaniIanishi.Testlar


Umumiy o'rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning, mazmuni. Umumiy o'rta ta’lim maktablarini isloh qilishnmg asosiy maqsadi - shaxsni har tomonlama kamol toptirish hisoblanadi. Pedagogik tashxislashda maktab o'quvchilarining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang'ich ta’lim o'qishga va ljtimoiy-foydali mehnatga halol munosabatni, Vatanga muhabbatni tarbiyalasa, umumiy o'rta va keyingi bochqichda aynan shu munosabatlar bilan birga ta’limiy-tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini ajratish, bilimlami o'zlashtirish hamda zarur shaxsiy sifatlami shakllantirish, takomillashtirish uchun yaxshi sharoitlar vujudga keladi. O'qish jarayonida qarashlar va ma’naviy sifatlar ham shakllanadi, ya’ni mazkur funksiyalaming birligi va o'zaro bog'liqligi kuzatiladi. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida pedagogik tashxislash va korreksiyalashning mazmuni o'quvchilarda aqliy, intellektual qobiliyatlami, ijobiy qarash va e’tiqodlami, axloqiylik, irodalilik va hissiyotlami shakllantirish(ian iborat. Diagnostika o'tkazadigan o'qituvchi o'quvchilarda ma’rifiy va ma'naviy sifatlami shakllantirishi, ma'naviy va moddiy hayotning uyg unligini, ma'naviy yuksalishda milliy g oyaning tushunishlari ni va ulami turmushda qo llay bilishlari uchun zamin yaratishi lozim. Shuningdek, o quvchilaming hozirgi globallashuv jarayonida ma'naviy taxdidlami farqlay olishlari, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g oya bilan kurash olib borish lozimligini, inson qalbiga yo l topish ma'naviy kamolot ekanligini va mamlakat ravnaqi yo lida fidoyilik, jasorat ekanligini anglab yetishlari uchun barcha pedagogik metodlardan foydalanish lozim. O'qituvchi har bir darsdagi o'quv materialini taqdim qilish jarayonida tarbiyaviy vazifaning muayyan bir tomonini amalga oshiradi. Masalan, boshlang'ich sinf o'quvchi lari da do'stlik, mehribonlik, mehnatsevarlik to'yg'ulari shakllanadi. Yoki 5-6-sinflarda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ogahiy, Fuzuliy, Nodira kabi so'z gavharlarining ustalari, turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakillari; 7-10-sinflarda Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Abdulla Qahhor, Usmon Nosir, G'afur G'ulom, Zulfiya, Rauf Parfi, Omon Matchon kabi o'zbek adabiyoti osmonida yarqiroq yulduzlar, ko'aii qamashtiruvchi chaqmoqdek pay do bo'lgan shoir va yozuvchilaming hayoti va ijodini o'rganishar ekan, o'quvchilarda milliy g'urur va iftixor hissi, vatanparvarlik va sadoqat, olijanoblik va insonparvarlik kabi hislatlar shakllantiriladi. Bunday darslarda, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlarda o'qituvchining darsda qo'yadigan tarbiyaviy vazifasi o'quvchida shaxsning muayyan sifatlarini takomillishtirishga qaratilishi lozim. Masalan, 8-9-sinflardagi Tarix darslarida Temuriylar davlatining tashkil topishi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti o'rganilar ekan, o'qituvchi katta maktab yoshidagi o'quvchilarda o'zbek davlatchiligining rivojlanish tarixi, buyuk bobokalonlarimizning xalq va millat oldida qilgan ulug' ishlari, Temuriylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti haqida tasawur hosil qilish bilan bog' liq ma’naviy-ma’rifiy vazifalami amalga oshiradi. Umumiy o'ila ta’lim maktablarida pedagogik tashxis qilishning mazmuni oziga xos xususiyatga ega. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar(6-10 yosh), o'rta pog'ona o'quvchilari (11—14 yoshli o'smirlar) va katta maktab yoshidagi (15-16-17 yoshli o'spirinlar) о quvchilami tashxislashda ulaming o'ziga xos individual-psixologik xususiyatlari inobatga olinadi. Kichik mak tab yoshidagi o'quvchilami pedagogik diagnostika qilish va xulqini korreksiyalashda o'quvchilardagi sezgi, idrok, xotira, tafakkur kabi bilish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish kerak. Mazkur yoshdagi bolalar o'z idroklarining aniqligi, ravonligi, sofligi, o'tkirligi bilan boshqa davrdagi insonlardan keskin farqlanadilar.


Download 243,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish