1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


 Renta turlari va ularga tavsifnoma



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152
3. Renta turlari va ularga tavsifnoma
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar 
natijasida vujudga keladigan qoʻshimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u 
differentsial renta deb ataladi. 
Qishloq xoʻjaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini 
tabiatning oʻzi cheklab qoʻygan, uni inson koʻpaytirishga qodir emas. 
Differentsial renta oʻzining kelib chiqish sharoitlarga qarab differentsial renta I va 
differentsial renta II ga boʻlinadi. 
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bogʻliq boʻlgan, sanoat 
markazlariga, bozorlarga va aloqa yoʻllariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida 
vujudga keladi. Differentsial renta II xoʻjaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish 
uchun qoʻshimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xoʻjaligida kimyoviy oʻgʻitlarni 
qoʻllash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish 
darajasi bilan bogʻliq holda vujudga keladi. 
Erga boʻlgan mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining 
sifatidan qat’inazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. 
Renta nazariyasiga koʻra qishloq xoʻjaligida rentaning yana bir turi – monopol renta ham 
mavjud boʻladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xoʻjalik 
mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, tsitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida 
turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. 
4. Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq 
xoʻjaligi bilan sanoat, ayniqsa unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash 
tarmoqlar oʻrtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Agrosanoat integratsiyasi koʻp qirrali boʻlib, u gʻoyat xilma-xil shakllarda namoyon 
boʻladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun mamlakat koʻlami, viloyat 
doirasi yoki korxona darajasida yuz berishiga bogʻliq. 
Butun mamlakat va mintaqalar koʻlamida agrosanoat integratsiyasi qishloq xoʻjaligining 
tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, iqtisodiyotning oziq-ovqat (tarmoq) va mintaqa agrosanoat 
majmualari tashkil boʻlishi va rivojlanishida ifodalanadi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish