1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152


1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA 
BILISH USULLARI 
Iqtisodiyot nazariyasini oʻrganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini toʻgʻri 
tushunish koʻp jihatdan uni oʻrganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy bilim bilan 
qurollanishiga bogʻliq. Shuning uchun ham mazkur mavzu insoniyat jamiyati taraqqiyotining 
asosi boʻlgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan vazifalarni, uzoq davr davomida 
iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha 
tavsiflash bilan boshlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning 
umumiy bayoni qisqacha beriladi. Bu yerda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot 
nazariyasi fanining predmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan oʻrnini koʻrsatib 
berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal qilish mexanizmini 
yoritib berishga alohida oʻrin beriladi. 
Bu mavzuda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib berishga 
alohida e’tibor qaratiladi. 
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi 
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, 
iqtisodiyot va uning vazifalari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish lozim. Insoniyat hayoti va uning 
taraqqiyoti juda murakkab, koʻp qirrali va gʻoyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar 
kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, fan, madaniyat, siyosat, 
mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat 
turlarining borgan sari koʻpayib, rivojlanib hamda ularning oʻzgarib borishi natijasida vujudga 
keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi 
kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin boʻlgan narsaga oʻxshab koʻrinadi. 
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, 
ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shugʻullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, 
kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, oʻzining kundalik hayotida bir qancha 
muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-roʻzgʻor buyumlariga 
ega boʻlish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur boʻlgan pul daromadlarini qaerdan, nima 
hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi. 
Shu muammolarni yechish va oʻz ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli 
yoʻnalishlarda, sohalarda faoliyat koʻrsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng 
asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy 


ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlgan iqtisodiy faoliyatdir. 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol 
topishi uchun zarur boʻlgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga 
yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bogʻliqlikda amal qiladigan turli-tuman 
faoliyatlar yaxlit qilib, bir soʻz bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. 
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xoʻjaligi doirasida roʻy bergan. Shuning 
uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy 
xoʻjaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik 
ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor 
berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual 
xoʻjalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot – yirik xususiy 
xoʻjalik, jamoa xoʻjaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xoʻjaliklaridan, moliya va bank 
tizimlaridan, xoʻjaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, 
qoʻshma korxonalar, davlatlar oʻrtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat oʻta 
murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi. 
Buning ustiga barcha resurslarimiz – pul mablagʻlari, tabiiy boyliklar, malakali ishchi 
kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu 
cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining toʻxtovsiz oʻsib boruvchi 
ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni toʻgʻri taqsimlash 
yoʻllarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha boʻlishi mumkin: jahon iqtisodiyoti, 
mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti, funktsional iqtisodiyot, mintaqa 
iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari 
qanday boʻlishidan qat’iy nazar ularning hammasi bir maqsadga boʻysungan: u ham boʻlsa 
insoniyatning yashashi, koʻpayishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil 
hayotiy vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, 
iqtisodiyot inson hayotining asosini, uning poydevorini tashkil etib, uning oʻzi ham insonsiz, 
uning faoliyatisiz mavjud boʻlmaydi va mazmunga ham ega emas. 
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati boʻyicha 
takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir: 
1) ishlab chiqarish jarayoni; 


2) ayirboshlash jarayoni; 
3) taqsimlash jarayoni; 
4) iste’mol qilish jarayoni. 
Bularning ichida eng asosiysi va boshlangʻichi ishlab chiqarish jarayonidir. CHunki 
hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, 
taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar boʻlmaydi. 
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo, ishlab 
chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida turlari, ishlab 
chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar oʻrtasida taqsimlanadi. Bundan 
tashqari, ishlab chiqarish natijasi boʻlgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi koʻrinishi 
boʻlgan daromadlar ham taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va toʻgʻri boʻlsa, ishlab 
chiqarishning yuksalishiga Shuncha ijobiy ta’sir koʻrsatadi, uni ragʻbatlantiradi. 
Ayirboshlash jarayoni – takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat taqsimoti 
oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarishga, 
yetkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish 
boʻyicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, oʻziga 
kerakli boʻlgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Natijada turli xil yoʻnalishdagi ishlab 
chiqaruvchilar yoki xizmat koʻrsatuvchilar oʻrtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, pul orqali 
oldi-sotdi jarayoni sodir boʻladi. 
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir. Bu 
jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol qilinib, ularning 
ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda boʻladi: ishlab chiqarish iste’moli va shaxsiy 
iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi kuchidan 
foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari 
pirovard foydalanilib, ular yoʻqotiladi va oʻrniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo 
boʻladi. 
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo toʻxtovsiz takrorlanib 
turadigan jarayondir. Bu jarayonni quyidagi 1-chizma orqali tushunish osonroq boʻladi. 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy 
resurslarning cheklanganligidir. 
Bu masalani toʻgʻri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish 
zarurdir. 


Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun 
kerak boʻlgan hayotiy vositalarga boʻlgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb 
ataladi. 
1-rasm. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi harakati. 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) 
ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida oʻrin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, 
mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun moddiy ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat 
boʻladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni oʻz 
ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning oʻzlariga foydali boʻlgan moddiy 
ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga boʻlgan zaruratdir. Bular iste’mol uchun zarur 
boʻlgan koʻplab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat 
buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, yengil avtomobil va h.k.) oʻz ichiga oladi. 
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, 
malaka-mahoratga ega boʻlish, har xil xizmatlardan bahramand boʻlish kabi moddiy 
koʻrinishga ega boʻlmagan koʻplab hayotiy zaruratlarni oʻz ichiga oladi. 
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga 
va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bogʻliq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, 
ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, 
dam olish joylaridan bahramand boʻlish, sport oʻyinlari va koʻngilochar tomoshalarni birgalikda 
koʻrish kabilar shular jumlasidandir. 
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir koʻrsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi; 
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum; 
v) tabiiy-geografik sharoitlar; 
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar; 
d) aholi sonining oʻsishi, uning tarkibidagi oʻzgarishlar; 
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar oʻrtasidagi aloqalar. 
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni toʻliq qondirish mumkin emas. 
Jamiyatda har bir ma’lum davrda koʻplab qondirilmagan ehtiyojlar boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan 
yangi buyumlarning paydo boʻlishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning ragʻbatlantirishi 
natijasida ehtiyojlar oʻzgaradi va koʻpayib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil 
qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning toʻxtovsiz 


yangilanib va oʻsib borishi tabiiy boʻlib, uni oʻziga xos qonun orqali ifodalash mumkin. 
Ehtiyojlarning miqdoran oʻsib, sifat jihatidan takomillashib borishi ehtiyojlarning oʻsib 
borishi qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar oʻrtasidagi uzviy, 
toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlikni aks ettiradi. 
Ehtiyojlarning oʻzi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj oʻz orqasidan boshqa bir 
ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo boʻlishi, oʻz 
navbatida uni ishlatishni oʻrganish, unga xizmat koʻrsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib 
chiqaradi. 
Ehtiyojlarning oʻsib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki 
ehtiyojlar cheksiz oʻzgargani holda uni ta’minlash uchun kerak boʻladigan iqtisodiy resurslar 
cheklangan boʻladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va 
Taqsimot jаrаyoni 
Ishlab chiqarish 
jarayoni 
Ayriboshlash 
jarayoni 
Iste’mol jarayoni 
firma, oila ixtiyorida toʻplanib, ayni vaqtda mavjud boʻlgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat 
koʻrsatish, ularni iste’molchiga yetkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish 
mumkin boʻlgan imkoniyatlar, qoʻr-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, 
suv, oʻrmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, 
mashinalar, asmavzu-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qoʻrqutlari, pul 
mablagʻlari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab 
chiqarish omillaridan farqi Shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, 
tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul 
resurslari ham kiradi. 
Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yoʻli boʻlgan ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qoʻyadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil boʻlib 
turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy resurslar, 
ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi oʻrtasidagi doimiy va mustahkam 
aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 
2-rasm. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi oʻrtasidagi 


bogʻliqlik. 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va 
binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi 
muammolarni qoʻyadi. 
1. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli 
turlarini) tanlab olish va resurslarni koʻproq ishlab chiqarishga jalb qilish. 
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish. 
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, 
xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar 
unumdorligining oshishiga erishish. 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega 
boʻlishni taqozo qiladi. 
2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi 
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yoʻldagi faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini 
aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud boʻlib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni 
tartibga solish, uni kishilarga kerak boʻlgan tomonga yoʻnaltirishga ijobiy ta’sir etish 
zaruriyatidan kelib chiqqan. 
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning koʻzga koʻringan olimlari Ksenofont, Platon, 
Aristotel asarlarida, Shuningdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining 
asarlarida qarab chiqilgan edi. 
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, 
Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, mavzuolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu 
Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek asarlarini oʻqir ekanmiz, ularda insonning 
yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta 
uqtirilganligiga yana bir karra amin boʻlamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun 
Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda 
kattadir. Uning 1370-yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda 
birinchi boʻlib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, 
Iqtisodiy resurslar, 
imkoniyatlar 
Ishlab chiqarish yoki xizmat 
koʻrsatish darajasi 


Ehtiyojlarning 
qondirilish darajasi 
oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qoʻshimcha mehnat hamda zaruriy va qoʻshimcha 
mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular birbiriga 
taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda 
gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.1 
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid gʻoyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 
1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch 
qismga boʻlib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini oʻzining va oilasining 
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. 
Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining 
ishtirokiga alohida e’tibor beradi. SHu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, toʻplash va 
foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.2 
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Oʻrta Osiyoning koʻpgina 
olimlari iqtisodiyotni izchil oʻrganish asosida uning koʻpgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini 
yoritib bergan boʻlsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi. 
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida koʻpgina mamlakatlarda milliy bozor 
shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan 
shakllana boshladi. 
Siyosiy iqtisod grekcha soʻzdan olingan boʻlib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy 
xoʻjaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xoʻjalik qonunlari ma’nosini beradi. 
1575-1621-yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 
1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat 
miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu 
fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va 
ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar toʻgʻrisidagi fandir, deb yozgan edilar. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha gʻoyaviy oqimlar, 
maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib 
koʻpayadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi 
merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, 
oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo boʻladi, 
koʻpayadi, savdoda band boʻlgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb 
tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik 


yaratilmasligi, qiymatning koʻpaymasligi ma’lum boʻlib qoldi. Faqat ayriboshlashning 
ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar 
foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron boʻlib boradi. 
Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy 
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo 
balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va 
savdoni oʻz panohiga olishi zarur deb hisoblaydi. 
Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli oʻlaroq, boylik 
qishloq xoʻjaligida yaratiladi va koʻpayadi, degan gʻoyani olgʻa surdilar. Ularning vakili boʻlgan 
F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini 
yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning 
ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, 
almashuv jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi roʻy beradi, tovarlarning qiymati 
bozorga kirmasdan oldin mavjud boʻladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi 
markaziy oʻrin egallaydi. Uning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari 
oʻrtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F.Kene sof mahsulot bilan qoʻshimcha qiymatni 
chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U qoʻshimcha qiymat dehqonlarning 
qoʻshimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa 

Razzoqov A., Toshmatov SH., N.Oʻrmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002, 42-bet. 

Razzoqov A., Toshmatov SH., N.Oʻrmonov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002., 89-90-bet. 
qoʻshimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi, 
deb tushuntiradi.3 Bu yerda u oʻzi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol qiymat)ning 
farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, Dyupon de Nemur va 
boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti boʻyicha qishloq xoʻjaligida band boʻlgan 
mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz 
mehnat deb hisoblangan. 
Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari boʻlmish A.Smit, 
U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xoʻjaligidagina emas, 
balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat koʻrsatish sohalarida ham 
yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy 


xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “koʻrinmas qoʻl” printsipi hozirgi kunda 
juda koʻp tilga olinmoqda. U oʻzining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida 
tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy ragʻbat xususiy manfaatdir deb 
koʻrsatadi. Inson oʻz xususiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib, mehnat 
taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga yetkazib beradi, oʻz 
kapitalini koʻpaytiradi va shu intilishda oʻzi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshadi 
deb tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin harakatini 
ta’minlash printsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning 
quyidagi yutuqlari sabab boʻldi. 
Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni oʻrganishga ilmiy yondashuv beradigan 
tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qoʻlladilar. Aynan ana shu usullar yordamida 
ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo degan gʻoyasini asossiz ekanligini isbotlashdi. 
Ikkinchidan, iqtisodiyot toʻgʻrisidagi barcha yigʻilgan bilimlarni klassik maktab 
namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi boʻlib iqtisodiy 
ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol oʻrtasidagi tizimli aloqani 
tadqiq etgani sabab boʻldi. 
Uchinchidan, ingliz klassiklari xoʻjalik hodisalarining koʻzga koʻringan tomonlarini 
tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular oʻrtasidagi 
sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, Shuningdek kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U 
kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yoʻlida sotsial 
mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan boʻlmogʻi lozim deb koʻrsatadi. Kapitalizmning 
iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan koʻra progressiv boʻlgan jamiyat qurish 
gʻoyasi Sen-Simon, SHarl Fure, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan 
edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. 
Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yoʻnalish oʻzlarining nazariyasida 
jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning 
iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish 
sabablari toʻgʻrisidagi ta’limotni hamda qoʻshimcha qiymat nazariyasini yaratdilar. 
XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yoʻnalishi «ekonomiks» 
vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib oʻtish kerak, mazkur yoʻnalish klassik ilmiy yoʻnalishning 
asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu yoʻnalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq 


etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular birinchi boʻlib xoʻjalik 
jarayonlarining miqdoran oʻzaro bogʻliqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy 
psixologiya usullaridan foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot 
nazariyasining predmeti sifatida insonlar oʻrtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi 
(klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne’matlar doiraviy aylanishida asosiy va 
belgilovchi boʻlib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi. 
Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xoʻjalik yuritishning bozor tizimi 
toʻgʻrisidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta’limotga olib keldi. U inglizcha soʻzdan 

Razzoqov A., Toshmatov SH., Oʻrmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T.: «Moliya». 2002, 147-149-bet. 
olingan boʻlib, oxirgi, qoʻshilgan degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy 
maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) boʻlib, 
ular tomonidan qoʻshilgan tovar nafliligining, qoʻshilgan mehnat yoki resurs unumdorligining 
pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan 
tovarga boʻlgan talab va uning narxi oʻrtasidagi bogʻliqlik va oʻzaro ta’sirini tahlil qilishda keng 
qoʻllanildi. 
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yoʻnalishi neoklassik, ya’ni yangi klassik deb nom oldi. 
Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall boʻlib, u iqtisodiy jarayonning 
funktsional bogʻlanishi va funktsional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor 
muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy 
yoʻnalishning namoyondalaridan biri shveytsariyalik iqtisodchi Leon Valras boʻlib, u umumiy 
iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi. 
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912-yilda yozgan «Iqtisodiy 
taraqqiyot nazariyasi» deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar oʻzgarishining ichki kuchlarini, 
ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini koʻrsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni 
harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keldi. 
1936-yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns oʻzining «Bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy koʻrsatkichlar: milliy daromad, kapital 
xarajatlar, iste’mol va jamgʻarishning oʻzaro bogʻliqligini tahlil qilib, investitsiya va 
iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili 
deb koʻrsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni keynschilik maktabi ta’sirida iqtisodiyotda 
makroiqtisodiy tahlil yoʻlga qoʻyildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi 


zarurligini isbotladi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yoʻnalishlaridan biri monetarizm deb 
ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik boʻlgan 
boʻlsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish 
sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. 
Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen boʻlib, uning iqtisodiyot nazariyasiga 
qoʻshgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab 
chiqarish jarayoniga pulning qayta ta’sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar 
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit 
dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda oʻziga xos yondashuvni vujudga keltirgan 
nazariyadir. 
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator yoʻnalishdagi 
iqtisodiy nazariyalar yigʻindisi «Ekonomiks» nomli kitobda mujassamlashgan boʻlib, bu AQSH, 
Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida oʻtiladi. Rus tiliga tarjima qilinib, bizga 
ma’lum boʻlgan P.Samuelson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. 
Hozirgi paytda bu yoʻnalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida 
«Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib oʻtgan yoʻl va unda vujudga 
kelgan gʻoyalar, oqimlar juda murakkab, koʻpincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. SHu bilan 
birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy haqiqat 
kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma’lum darajada muammolarga bir tomonlama 
yondashganligini yoki boʻlmasa ba’zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yoʻl 
qoʻyganligi bilan ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh 
manfaatlari nuqtai nazaridan va oʻsha davr real holatidan kelib chiqqanlar. Shunday boʻlsada, 
ular bir-birini toʻldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini 
ma’lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri boʻlib 
qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan yoʻnaltirilishi zarur. 
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va vazifalari 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masalaning yechimi juda 
murakkab boʻlib, bu haqda oʻtmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib 
kelmoqdalar. 
Masalan, Aristotel bu fanni uy xoʻjaligini boshqarish qonunlari toʻgʻrisidagi fan deb 


qaragan boʻlsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga 
boylik toʻgʻrisidagi, uning manbalari va koʻpaytirish yoʻllari, boylikni ishlab chiqarish, 
taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish toʻgʻrisidagi fan deb qaradilar. Keyingi paytda 
mazkur fanni xalq xoʻjaligi, ijtimoiy xoʻjalik toʻgʻrisidagi fan deb ham hisoblamoqdalar. 
Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va 
ayirboshlashni boshqarish qonunlari toʻgʻrisidagi fan deb koʻrsatadilar. A.Marshall esa 
iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi 
hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda 
va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar 
oʻrtasida sodir boʻladigan munosabatlarni oʻrganishdan iborat, deb koʻrsatilgan edi. 
AQSH va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida 
(iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti 
kishilarning moddiy ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali 
foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini oʻrganishdan iborat, 
deb koʻrsatilgan. 
Bozor iqtisodiyotiga oʻtilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federatsiyasida chiqarilayotgan 
turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti boʻyicha bir-biriga yaqin boʻlgan 
ta’riflar berilmoqda (1-jadval). 
1-jadval. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» boʻyicha turli darsliklarda uning predmetiga berilgan ta’riflar 
Mualliflari Ta’rif Manba 
L.S.Tarasevich, 
A.I.Dobrinin 
Ratsional xoʻjalik yuritish tizimining tarkibiy 
evolyutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning 
ayrim a’zolari va guruhlarining farovonligi, 
iqtisodiy oʻsishning omillari va qonuniyatlarini 
oʻrganadi 
Ekonomicheskaya teoriya. 
(Uchebnik dlya VUZov). SanktPeterburg, 1997, s.18. 
G.P.Juravleva, V.I. 


Vidyapin 
Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan boʻlib, 
u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni 
qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab 
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol 
qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulqatvorini oʻrganadi 
Ekonomicheskaya teoriya 
(politekonomiya): Uchebnik/ Pod 
obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, 
akad. G.P.Juravlevoy. – 4-e izd. - 
M.: INFRA-M, 2004, s.31. 
V.D.Kamaev CHeklangan resurslar dunyosida ne’matlarni 
ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va 
uni boshqarishni oʻrganishdan iborat 
Ekonomicheskaya teoriya: Ucheb. 
dlya stud. vыssh. ucheb. zavedeniy 
/ Pod red. V.D.Kamaeva. – 10-e 
izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. 
izd. tsentr VLADOS, 2004, s.10. 
D.D.Moskvin Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning 
ishlab chiqarish kuchlari bilan oʻzaro ta’sirini 
oʻrganadi 
Osnovы ekonomicheskoy teorii. 
Politekonomiya: Uchebnik /Pod 
red. d-ra ekon. nauk, prof. 
D.D.Moskvina. Izd. 3-e, ispravl. – 
M.: Yeditorial URSS, 2003, s.24. 
E.F.Borisov Iqtisodiy munosabatlarni oʻrganadi Borisov Ye.F. Ekonomicheskaya 
teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i 
dop. - M.: TK Velbi, Izd-vo 
Prospekt, 2005, s.55. 
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti toʻgʻrisida bildirilgan barcha fikrlardan 


koʻrinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida 
kishilar oʻrtasida sodir boʻladigan munosabatlarni oʻrganishga alohida e’tibor berilgan boʻlsa, 
«Ekonomiks»da va bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning koʻpchiligida 
asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga boʻlgan munosabatini, xattiharakatini 
oʻrganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga alohida 
e’tibor berilgan. 
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini 
ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondashuvga yoʻl qoʻymasligi lozim. 
CHunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, eng avvalo, tabiat 
ashyolari, moddiy vositalar, pul mablagʻlari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. 
Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli 
foydalanishga boʻlgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining oʻzaro bogʻliqligi va bir-biriga 
ta’sirida oʻrganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida 
olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga 
oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta oʻzaro 
munosabatda boʻladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, oʻz xulq-atvorlarini, 
xattiharakatlarini belgilaydilar. 
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy 
resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xoʻjalikni samarali 
yuritish qonun-qoidalarini oʻrganishdan iborat, deb aytish mumkin. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy 
va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy 
adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining toʻrtta asosiy vazifasi ajratib koʻrsatiladi: 
1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental 
ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda oʻzaro 
bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni oʻrab 
turgan olam toʻgʻrisidagi fikrlarimizni kengaytiradi; 
2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan 
unumli foydalanib iqtisodiy oʻsishni ta’minlash va shu asosda oʻsib boruvchi ehtiyojlarni qondira 
borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi 
evaziga koʻproq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishni ta’minlash, har bir faoliyat 


turi boʻyicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini 
taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yoʻllarini topishdan iboratdir; 
3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining oʻzi, tahlili va uning tamoyillari, 
olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun 
uslubiy asos boʻlib xizmat qiladi; 
4) gʻoyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa Shundan iboratki, uning yordamida 
talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi oʻrganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini 
shakllantiradi, milliy istiqlol gʻoyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari 
yo 
ʻlida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni koʻpaytirish, milliy pul qadrini oshirish, 
milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir boʻlishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush 
darajasini koʻtarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy 
ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda 
cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi. 
4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) 
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni 
ham oʻrganadi. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar oʻrtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, 
ularning oʻzaro bogʻliqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega boʻlib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, 
rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga bogʻliq 
emas. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi: 
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida 
amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez oʻsib borish qonuni, takror ishlab 
chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va 
rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar. 
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni. 
3. Maxsus, oʻziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida 
amal qiladi. Masalan, qoʻshimcha qiymat qonuni. 
Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab oʻtilgan guruhlarini bir-biridan farqlash uchun 


quyidagi shartli chizmadan foydalanamiz (1.3-rasm). 
Rasmdan koʻrinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha bosqichlarni bosib oʻtib, 
ularni 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. Yuqorida ta’kidlanganidek, maxsus iqtisodiy 
qonunlar bu bosqichlarning har biri uchun alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan 
farqlanadi. Davriy iqtisodiy qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning chizmada 3 ta) 
bosqichi uchun tegishli boʻladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik 
jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida toʻliq amal qiladi. 
1 2 3 4 5 … va hokazo 
Kishilik jamiyati rivojlanishi bosqichlari 
Maxsus iqtisodiy qonunlar 
Davriy iqtisodiy qonunlar 
1.3-rasm. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi 
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining 
alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)larni ham ta’riflab, 
ularning mazmunini ochib beradi. 
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real 
hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha. 
Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha)lar alohida kishilar tomonidan oʻylab topilmagan, 
balki real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha boʻlib, ilmiy fikrlash mahsulidir. 
Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular 
jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi shundaki, birinchisi 
iqtisodiyotning turli boʻgʻinlari, sohalari, boʻlaklari orasidagi bogʻliqlikni, ularning biri oʻzgarsa, 
albatta ikkinchisi ham oʻzgarishi mumkinligini koʻrsatadi. Iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) 
lar esa iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, narx, talab 
degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini tushunib 
olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx oʻrtasidagi aloqadorlikni bilib olamiz. 
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bogʻliq boʻlib, ular 
bir-birini toʻldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi. 
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining 
alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, 
ularning mazmunini ochib beradi. 
Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real 


hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir. 
Iqtisodiy kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) kishilar tomonidan oʻylab topilmagan balki, 
real iqtisodiy hodisalarni ifoda etadigan ilmiy tushuncha boʻlib, ilmiy fikrlash mahsulidir. 
Masalan, bozor, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit va boshqalar shular 
jumlasidandir. Iqtisodiy qonunlar bilan iqtisodiy kategoriyalarning farqi Shundaki, birinchisi 
iqtisodiyotning turli boʻgʻinlari, sohalari, boʻlaklari orasidagi bogʻliqlikni, ularning biri oʻzgarsa, 
albatta ikkinchisi ham oʻzgarishi mumkinligini koʻrsatadi. Iqtisodiy kategoriya – ilmiy 
tushunchalar esa, iqtisodiy hodisalarning bir tomonini, uning mazmunini ifoda etadi. Masalan, 
narx, talab degan tushunchalar orqali biz eng avvalo bu tushunchalarning iqtisodiy mazmunini 
tushunib olamiz. Talab qonuni orqali esa, talab hajmi bilan narx oʻrtasidagi aloqadorlikni bilib 
olamiz. 
Umuman olganda, iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birlari bilan bogʻliq boʻlib, ular 
bir-birini toʻldiradi. Ular birgalikda iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini aks ettiradi. 
5. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslublari 
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi 
bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bogʻliqdir. Uslubiyat – 
bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yoʻllari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu 
obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini oʻz ichiga oluvchi bir butun 
ta’limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan oʻzining predmetidan kelib 
chiqib, oʻzining ilmiy bilish usullariga ega boʻladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni 
vaqtda xususiy boʻladi. 
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli boʻlib xizmat qiladi. Iqtisodiyot 
nazariyasida qoʻllaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bogʻliqlikda, ziddiyatda, oʻzaro ta’sir 
qilib turadigan turli boʻgʻinlardan, boʻlaklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, 
rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan oʻzgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan 
aloqada boʻladi. 
2. Iqtisodiy jarayonning har bir boʻlagini alohida olib, uning oʻziga xos xususiyatlarini, 
kelib chiqish va yoʻq boʻlish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va 
tashqi aloqadorlik va bogʻliqlik tomonlarini zamon va makonda oʻrganish. 
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, 
deb qarash. Bu yerda son jihatidan oʻzgarishlar toʻplana borib, sifat jihatidan oʻzgarishga olib 


kelishini hisobga olish zarur. 
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning oʻzaro kurashiga rivojlanishning manbai 
deb yondashish. 
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul 
mablagʻlari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar oʻzaro chambarchas bogʻliq 
hamda ziddiyatda boʻladi va bir-biriga ta’sir koʻrsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan 
oʻzgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega boʻladi, eski iqtisodiy qonunlar, 
tushunchalar oʻrniga yangilari paydo boʻladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika 
qoidalarini qoʻllashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon boʻladi. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining oʻziga xos tadqiqot usullari ham 
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraktsiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati 
oʻzgarishini oʻrganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib boʻlmaydi, 
bunda abstraktsiya kuchi ishga solinadi. 
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin boʻlgan ikkinchi 
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, oʻrganilayotgan jarayonning asl 
mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida oʻrganilayotgan voqea va hodisaning 
ichki, koʻzga koʻrinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Tahlil va sintez usuli. Tahlil – bu oʻrganilayotgan bir butunni alohida qismlarga 
ajratish va ularni izchillik bilan oʻrganish. Sintez – bu oʻrganilgan qismlardan olingan 
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. 
Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yoʻl bilan oʻrganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab 
beriladi. 
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili 
tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki 
iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina 
tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bogʻlanishlar boʻyicha 
ham tahlil qilinadi. 
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma’lum oʻrin egallaydi, iqtisodiy 
oʻsishning keskin oʻzgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik 
bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida 
eksperiment alohida oʻringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik 
koʻrish, ya’ni ilmiy tajriba, eksperiment oʻtkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy 


yoʻnalishlarni ishlab chiqish talab etiladi. 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qoʻshib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda 
iqtisodiyotning boshlangʻich boʻgʻini boʻlmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini 
alohida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan 
tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, narxtashkil topishining, 
ish haqi toʻlashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini oʻrganish 
markaziy oʻrin tutadi. 
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning 
toʻlaligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shugʻullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy 
darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu tahlil ob’ekti boʻlib 
hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot oʻzaro bogʻlangan va bir-biri bilan oʻzaro 
ta’sirda boʻladi. 
Induktsiya va deduktsiya biriga qarama-qarshi boʻlgan, ammo oʻzaro bogʻliqlikdagi 
fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induktsiya, 
aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduktsiya deb ataladi. 
Iqtisodiy jararyonlarni oʻrganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli. 
Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa 
chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yoʻl qoʻyilib, yanglish tasavvurga va notoʻgʻri 
xulosalarga olib kelishi mumkin.4 
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik 
va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng 
oʻzlashtirish va qoʻllash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi boʻlib 
xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul oʻzgaruvchi miqdorlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni 
koʻrgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi 
oʻzgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin boʻladi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Iqtisodiyot – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur 
boʻlgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas 
bogʻliqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi iqtisodiy tizim. 
Ehtiyoj - insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan 
zaruriyat. 


Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida toʻplangan va 
mavjud boʻlgan ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va 
iste’mol jarayonlarida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan vositalar, qoʻr-qutlar, imkoniyatlar va 
manbalardir. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda 
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) 
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xoʻjalikni samarali yuritish qonun – qoidalarini 
oʻrganishdan iboratdir. 
Iqtisodiy qonunlar - iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar 
oʻrtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning oʻzaro bogʻliqligini 
ifodalaydi. 
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real 
hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar. 
Uslubiyat – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yoʻllari, qonun-qoidalari, 
aniq hadislari tizimidir. 
Ilmiy abstraktsiya – iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qoʻllaniladigan usullardan biri 
boʻlib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea-hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, 
fikrni asosiy oʻrganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga qaratishdir. 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 
2. Ehtiyoj nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 

Bu usulning nazariy va amaliy ahamiyati prof. Sh. Shodmonov, dots. G.Baubekova tomonidan 
chiqarilgan «Инновационыe методы в пруподавнии экономической теории» kitobida batafsil bayon 
etilgan. 
3. Iqtisodiy resurs tushunchasiga va uning turlariga ta’rif bering. 
4. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil 
faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi? 
5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar 
ichida qanday oʻrin tutadi? 
6. Iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida qanday ilmiy maktab va yoʻnalishlar 


vujudga kelgan? 
7. Iqtisodiyot nazariyasining qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi 
kundagi ahamiyati nimalarda namoyon boʻladi? 
8. Iqtisodiy qonunlar nima va ularning qanday turlari mavjud? Iqtisodiy qonunlarning 
iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimada namoyon boʻladi? 
9. Iqtisodiyot nazariyasini oʻrganishda qanday usullardan foydalaniladi? 
10. Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil oʻrtasidagi farq nimadan iborat? 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish