1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


 Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning oʻsib borishi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   152
8. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning oʻsib borishi
qonuni.
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak 
boʻlgan hayotiy vositalarga boʻlgan zarurati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida 
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida oʻrin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat 
qilishi va hayot kechirishi uchun turli ne’matlar hamda xizmatlarga zaruratdan iborat boʻladi. 
SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni oʻz ichiga 
oladi. 
Moddiy ehtiyojlar – bu moddiy koʻrinishdagi ne’matlar vositasida qondiriluvchi
zaruratdir. 
Bular iste’mol uchun zarur boʻlgan koʻplab hayotiy predmetlarni (ishlab chiqarish 
va transport vositalari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy va h.k.) va zeb-ziynat buyumlarini 
(taqinchoq, atir-upa, turli bezaklar va h.k.) oʻz ichiga oladi. 


Ma’naviy ehtiyojlar – 
bu insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va 
ma’naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne’mat va xizmatlarga boʻlgan 
zaruratdir. Ular kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga 
ega boʻlish, turli ma’naviy yoʻnalishdagi xizmatlardan bahramand boʻlish kabi ehtiyojlardan 
iborat boʻladi. 
9. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi va undagi asosiy oqimlar.
Iqtisodiy hayot sirlarini 
bilish va shu yoʻldagi faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan 
mavjud boʻlib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak boʻlgan tomonga 
yoʻnaltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlarga dastlab antik 
dunyoning koʻzga koʻringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek qadimgi Misr, 
Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida e’tibor qaratilgan edi. Iqtisodiyot nazariyasi 
fani shakllanishi jarayonida bir qancha gʻoyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat 
boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib koʻpayadi, degan savollarga javob topishga 
urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi 
merkantilizm 
deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, 
boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala jarayonida paydo boʻladi, 
koʻpayadi, savdoda band boʻlgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb 
tushuntirib keldilar. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy 
siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Keyingi oqim 
fiziokratlar 
deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli oʻlaroq, boylik qishloq xoʻjaligida yaratiladi va 
koʻpayadi, degan gʻoyani olgʻa surdilar. Ularning vakili boʻlgan F.Kene mashhur 
«Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va 
siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik 
ta’limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng 
miqdorli qiymatlarning almashuvi roʻy beradi, tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud 
boʻladi. U qoʻshimcha qiymat dehqonlarning qoʻshimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb 
izohlaydi. Fiziokratlarning ta’limoti boʻyicha qishloq 
xoʻjaligida band boʻlgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat 
esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. Keyinchalik iqtisodiyot fanining 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish