1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda 
tutgan oʻrnini va 
xususiyatlarini koʻrsatib bering. 2. «Erga egalik» va «erdan foydalanish» tushunchalarini izohlang. 3. Er 
rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini koʻrsatib bering. 4. Er rentasining asl 
mazmunini tushuntiring. 5. Differentsial (I va II) va absolyut rentaning hosil boʻlish shart-sharoitlari, 
manbalari 
va taqsimlanishini tushuntirib bering. 6. Monopol renta nima? 7. Qazib oluvchi va undirma sanoatda 
renta qanday hosil boʻladi? 8. «Ijara haqi» va «er rentasi» ning farqlarini izohlang. 9. Agrobiznesning 
iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif 
bering. 10. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalari iqtisodiy 
mazmuniga oʻz fikringizni bildiring. 
14-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY 
OʻLCHAMLARI. YALPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT SHAKLLARI 
Mazkur mavzudan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. 
Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy koʻrsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab 
chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, ularning harakat 
shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda 
uning asosiy koʻrsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi. 
1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari 
Milliy iqtisodiyot koʻplab oʻzaro bogʻliq iqtisodiy unsurlardan iborat boʻlgan murakkab 
iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar oʻrtasidagi amalda tarkib topgan 
munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi. 
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi 
iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, koʻplab infratuzilmalarni oʻz ichiga olgan yaxlit 
iqtisodiyotdir. Milliy xoʻjalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining 
natijasi hisoblanadi. 
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda 
mavjud boʻlgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib 
chiqqan iqtisodiy sub’ektlar oʻrtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish 
hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish 
jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari oʻrtasidagi munosabat sifatida namoyon boʻladi. 
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda koʻrinishda quyidagi 1-rasm orqali tasvirlash 
mumkin. 
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror oʻsishi uchun barcha tarmoq va 


ishlab chiqarish sohalarining oʻzaro bogʻliqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy 
iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir koʻrsatadi: mavjud bozor 
kon’yunkturasi, bozorlar sigʻimi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat 
taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika 
taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, 
hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati. 
1-rasm. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi. 
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish hajmi va ularning oʻsishi bir qator 
koʻrsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. 
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy 
sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xoʻjaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. 
Milliy iqtisodiyot 
Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustaqil birliklar 
Korxonalar Uy xoʻjaliklari Davlat (koʻplab xoʻjalik yurituvchi birliklari bilan) 
Makroiqtisodiyot oʻz ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat 
koʻrsatish sohalarini oladi. 
Milliy iqtisodiyotning asosiy funktsional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy 
ravishda oʻsib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon boʻladi. Milliy 
iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil 
yordamida aniqlanadi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish 
jarayonini obyektiv ravishda aks ettiruvchi koʻrsatkichlardan foydalanish asosida 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan 
iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: 
1) asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning holati va harakatini obyektiv aks ettiruvchi 
statistik ma’lumotlarning mavjudligi; 
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv; 
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy 
qonunlarning obyektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy 
holatlarni keltirib chiqarishini anglash; 
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini obyektiv ravishda 
tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida oʻta 
ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish; 


5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini 
oʻstirishga yoʻnaltirish; 
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik oʻsishining yagona manbai boʻlib 
mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi 
milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali oʻsishi ekanligini tushunish. 
Koʻpgina mikroiqtisodiy koʻrsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, 
ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar orqali butun 
iqtisodiyotning holati, uning oʻsishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular 
yordamida davlat oʻz iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil koʻrsatkichlar, 
birinchidan, bizga ma’lum vaqt oraligʻidagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy 
iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. 
Ikkinchidan, makroiqtisodiy koʻrsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha 
bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada 
foydalanish bosqichlarida koʻrgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. 
Nihoyat, uchinchidan, mazkur koʻrsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan 
foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik 
holatini aks ettiradi. 
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy koʻrsatkichlar – 
yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy 
daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. 
Bu koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi 
barcha xoʻjaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. 
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari 
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran koʻpayib va 
sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish 
jarayoni ham toʻxtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab 
chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib 
turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki koʻrinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. 
Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining oʻzgarmagan 
holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish koʻproq faqat oʻz ichki 


ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xoʻjalik yurituvchi 
sub’ektlar uchun xos boʻlgan. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini 
muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab 
chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot 
yaratiladi. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni oʻz ichiga olib, milliy 
hisobchilikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritiladi. Yalpi milliy mahsulot – bu oʻz 
mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan 
yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati. 
Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, YaMM koʻrsatkichiga sof eksport (eksport va import 
oʻrtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmogʻi keskin 
farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki 
mahsulot (YaIM) koʻrsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot – bu ma’lum vaqt 
davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan 
barcha tayyor mahsulot va koʻrsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. 
Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy koʻrsatkich boʻlib, u faqat mazkur 
mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va 
xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisi sifatida namoyon boʻladi. 
Yalpi ichki mahsulot xuddi yalpi milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy 
mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldigʻiga teng boʻlgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YaIM 
koʻrsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi 
tushumlari (omillar boʻyicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar 
tomonidan olingan omillar boʻyicha daromadlar oʻrtasidagi farqni qoʻshilsa YaMM koʻrsatkichi 
hosil boʻladi. 
YaMM va YaIMning oʻzaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash mumkin 
(2-rasm). 
Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish 
Chet ellardagi milliy 
korxonalar mahsuloti 
Xorijiy korxonalar mahsuloti Milliy korxonalar mahsuloti 


2 trln.soʻm 10 trln.soʻm 3 trln.soʻm 
2-rasm. YaMM va YaIM oʻrtasidagi tarkibiy nisbatlar. 
Demak, chizmadan koʻrinadiki, mamlakat YaMM 13 trln. soʻmni (M2 va M3 shartli 
raqamlar yigʻindisi), YaIM esa 12 trln. soʻmni (M2 va M1 shartli raqamlar yigʻindisi) tashkil 
etadi. 
YaMM va YaIM oʻrtasidagi farq u qadar ahamiyatli emas. Bu farq rivojlangan 
mamlakatlarda YaIMning ±1%ni tashkil etadi. BMT statistika xizmati asosiy koʻrsatkich sifatida 
YaIMdan foydalanishni tavsiya etadi. Yaqin vaqtlarga qadar AQSH va Yaponiyada YaMM 
М1 М2 М3 
YIM 
YMM 
koʻrsatkichi qoʻllanilar edi, endilikda bu mamlakatlar ham YaIM koʻrsatkichini qoʻllay 
boshladilar. 
Hozirgi paytda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi hisobga olinmoqda. 
Shuning uchun biz bundan keyingi oʻrinlarda yalpi ichki mahsulot toʻgʻrisida soʻz yuritamiz. 
Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yuritilib, taraqqiyotning oʻbek modelida 
belgilangan strategic tamoyillarni izchil amalga oshrish natijasida makroiqtisodiy barqarorlik 
saqlanib kelinmoqda. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, 
mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning barqaror oʻsishi ta’minlanmoqda. Keyingi 12-yil 
davomida (2004 – 2015-yillar) bu koʻrsatkichning oʻsish sur’ati oʻrtacha yiliga 8 foizdan 
oshiqroqni tashkil etdi. 2016-yilda esa yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish 6,6 foiz, qishloq xoʻjaligimahsulotlari qariyb 6,8 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi 
salkam 12,5 foizga oshdi.1 
2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi rivojlantirishning harakatlar strategiyasida 
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atlarini 
saqlab qolish”2 vazifasi belgilandi. 
Olib borilgan tarkibiy oʻzgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 
2000-yildagi 14,2 foiz oʻrniga 2016-yilda 25,7 foizni, xizmatlar koʻrsatish sohasining ulushi 37,2 
foiz oʻrniga 49,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xoʻjaligida esa aksincha – bu koʻrsatkich pasayib, 
30,1 foizdan 17,6 foizga tushdi (14.1-jadval). 
14.1-jadval 


Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, 
foizda 
Koʻrsatkichlar Yillar 
2000 2004 2008 2012 2013 2014 2015 2016 
Sanoat 14,2 17,5 22,3 24,0 24,1 24,1 24,3 25,7 
Qishloq xoʻjaligi 30,1 26,4 19,4 17,5 17,4 17,2 16,7 17,6 
Qurilish 6,0 4,8 5,6 5,9 6,4 6,8 7,3 7,2 
Xizmatlar sohasi 37,2 37,2 43,4 44,9 43,6 43,5 42,9 49,5 
Sof soliqlar 12,5 14,1 9,3 7,7 8,2 8,4 8,8 8,7 
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlari. 
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini toʻgʻri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda 
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini 
topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni koʻp marta hisobga olishlarni bartaraf qilish 
uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisi olinadi. 
Qoʻshilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya 
ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. 
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan bapcha pirovapd tovarlar va xizmatlarning bozor 
narxidagi summasi boʻlganligi uchun tovarning oʻzi, uning nafliligi koʻpaymagan holda narxlar 
oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining hap 
xil elementlapini yagona ymumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan koʻrcatkichi sifatida 
fo 
ydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy 
mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal 
milliy mahsulot, oʻzgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy 
mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillapda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx 
oʻzgapmagan taqdirda oʻzapo taqqoclash mumkin boʻladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga 
iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining oʻsishi) yoki deflyatsiya (narx dapajacining 
kamayishi) oʻrin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini bepadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlari. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada 


rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova 3.1-band. 
Narx dapajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indekci joriy yildagi ma’lum guruh 
tovarlap va xizmatlar toʻplami narxlari summasini, huddi shunday tovarlar va xizmatlar 
miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoclash orqali hisoblanadi. 
Taqqoslashning boshlangʻich davpi «bazis yil» deyiladi. Agar aytilganlapni formula shakliga 
keltipcak, u quyidagi koʻrinishni oladi: 
Amaliyotda qator hap xil tovar va xizmatlar toʻplami yoki iste’mol savatining narx 
indeksi hisoblanadi. Gʻarb mamlakatlari va xususan AQSHda bu indekslar ichida eng keng 
qoʻllaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tipik shahar aholisi cotib 
oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini oʻz ichiga oluvchi bozor savatining qayd 
qilingan narxlapi hisoblanadi. Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchun YaIM narx 
indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha boʻlib, u oʻz ichiga nafaqat 
iste’mol tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan cotib olinadigan hamda xalqaro 
bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlapini ham oladi. YaIM narx indeksi 
nominal YaIMni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. Nominal YaIM shu 
mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish 
hajmini bildiradi. 
Joriy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha oddiy va toʻgʻridantoʻgʻri usuli nominal 
YaIMni narx indeksi (NI)ga boʻlishdir, ya’ni: 
NI 
No al YaIM 
Re al YaIM min 
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining koʻrsatkichi YaIM bilan birga, uning 
tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin boʻlgan bir qator oʻzaro bogʻliq koʻrsatkichlar 
mavjud boʻladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi. 
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining koʻrsatkichi sifatida bitta muhim 
kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning 
oʻrnini qoplash uchun zarur boʻlgan qiymatni ham oʻz ichiga oladi. 
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital 
qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) 
koʻrsatkichi hosil boʻladi: 
YaIM аmortizatsiya yillik summasi SММ 
SMM qiymatiga davlat tomonidan oʻrnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri 


soliqlar korxona tomonidan oʻrnatiladigan narxga qoʻshimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar 
ogʻirligi iste’molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga oʻzlarining daromadining bir qismini 
yoʻqotadi. Shuning uchun, SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) 
koʻrsatkichi hosil boʻladi: 
SММ biznesgaegri soliq Milliy daromad 
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab 
chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan qiymatning butun hajmi. 
Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan yoʻqotishlar 
(tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zahirada saqlashdagi yoʻqotishlar va h.k.) va tashqi savdo 
qoldigʻi chiqarib tashlangan miqdorga teng. 
Milliy daromadni, daromadlar barcha turlarini (amortizatsiya ajratmaci va biznesga egri 
soliqlardan tashqari) qoʻshib chiqish yoʻli bilan ham aniqlash mumkin. 
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sugʻurtaga ajpatmalar, kopxona 
fo 
ydasidan toʻlanuvchi soliqlar va kopxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy 
xoʻjaliklari qoʻliga kelib tushmaydi. Akcincha, uy xoʻjaliklari oladigan daromadning bir qismi, 
masalan, ijtimoiy toʻlovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi. 
bazis yildagiiste molto larinarxi 
joriy yildagiiste mol to lari narxi 
Narxindeksi 
' var 
' var 
Shaxsiy daromad koʻrsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xoʻjaliklari qoʻliga 
kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy 
mehnat faoliyatining natijaci hisoblanmagan daromadlarni unga qoʻshishimiz zarur. 
Коrxonaning foydasi Ijtimoiy to lovlar Shahsiydaromad 
Мilliy daromad Ijtimiy sug urta аjratmasi Коrxonа foydasigasoliqlar 




Shaxsiy daromaddan soliqlari toʻlangandan keyin, uy xoʻjaliklarining toʻliq 
tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. 
Soliqlar toʻlangandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan 
toʻlanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yoʻli bilan hisoblanadi. 
Soliqlar toʻlangandan keyingi daromad uy xoʻjaliklari eng oxirida ega boʻladigan 
daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar oʻz tasarrufida bu daromadlarning bir qismini 
iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamgʻarmaga yoʻnaltiradi. 
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir koʻrsatadi. 
Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan 
nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda 
alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar oʻrtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlardir. Bu munosabatlar oʻz ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, 
tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qoʻyidagilar kiradi: 
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning 
kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan 
holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor oʻyinlari, fohishabozlik; daromadlarni 
noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy 
harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zoʻrlik bilan tortib olish, oʻgʻirlash, reket); 
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni 
haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qoʻshib yozishlar); 
3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy subyektlar oʻrtasidagi norasmiy oʻzaro aloqalar 
tizimi boʻlib, u mazkur subyektlar oʻrtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga 
asoslanadi; 
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning 
nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda roʻyxatdan 
oʻtmagan turi. 
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari 
Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar 
tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, 
jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi oʻzaro bogʻliq makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, 
tasniflar va guruhlar tizimi. 
MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» 


nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953-yildan boshlab qoʻllanila 
boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan Oʻzbekistonda 
mazkur tizim keng qoʻllaniladi. 
Milliy hisoblar tizimi asosini yigʻma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va 
xarajatlar balansi misol boʻlishi mumkin. Daromadlar xoʻjalik birliklari va aholi umumiy 
daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks 
ettiradi. Xarajatlar toʻrtta guruhdan iborat boʻladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof 
eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish 
darajasini aniqlashga yordam beradi. 
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qoʻshilgan qiymatlar boʻyicha yondashuv. 
Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari boʻyicha yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar qoʻshib 
chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar boʻyicha). Bu usul bilan hisoblangan YaIM 
alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi oʻrnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. 
Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar boʻyicha yondashuv. 
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga 
qilingan butun sarflar qoʻshib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard 
mahsulotlarni mamlakat ichida xoʻjalikning uchta subyekti – uy xoʻjaliklari, davlat, tadbirkorlar 
hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin. 
Uy xoʻjaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, 
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga 
qilinadigan sarflardir. 
Investitsion sarflar – tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamgʻarishga 
qiladigan sarflaridir. Invectitsion capflap acocan uchta qicmdan ibopat: a) tadbipkoplap 
tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) 
zahiralarning oʻzgarishi. 
Birinchi guruh elementlarning «invectitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; 
qurilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, oʻz-oʻzidan aniqki, yangi fabrika, ombor yoki 
elevator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. YaIM tapkibiga tovar zahiralarning 
koʻpayishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. 
Boshqacha aytganda YaIM oʻz ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha oʻsishining 
bozor qiymatini oladi. Zahiralapning bu oʻsishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi koʻrcatkichi 


sifatida qoʻshiladi. 
Zahiralar kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning 
kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan koʻproq mahrulot 
sotilganligini bildipadi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotni va bunga qoʻshimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol 
qilgan boʻladi. 
Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar 
tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xururiy va milliy 
kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion carflarni bildipadi. Yalpi invertitsiyalap oʻz 
ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uckuna va 
qurilmalarning oʻrnini qoplash uchun moʻljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab 
chiqarishni hamda iqtisodiyotda kapital qoʻyilmalar hajmiga har qanday sof qoʻshimchalarni 
oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga koʻra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash 
summasini va investitsiyalarning oʻsgan qismidan iborat boʻladi. Boshqa tomondan sof xususiy 
ichki investitsiyalar tushunchasi jopiy yil davomida qoʻshilgan investitsion tovarlar summasini 
tavsiflash uchun ishlatiladi. 
Davlat sarflari – bu mahsulotlarni va iqtisodiy recurslarni, xususan ishchi kuchini 
sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan 
barcha carflarini oʻz ichiga oladi. 
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari huddi mamlakat ichidagi 
iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bogʻliq. Shu sababli YaIMni sarflar 
boʻyicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham 
qoʻshiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablagʻlarining bir 
qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab 
chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan 
chiqariladi. Eksport va import miqdorlari oʻrtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof 
eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy boʻlishi mumkin. 
Agar eksport importdan ortiq boʻlsa ijobiy, import eksportdan ortiq boʻlsa salbiy boʻladi. 
Qarab chiqilgan sarflarning toʻrt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, 
siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma 
vositalari zahirasidagi oʻzgarishlarni qoʻshib chiqish yoʻli bilan YaIM hajmi aniqlanadi. 
Uchinchi usul – bu YaIMni hisoblashga daromadlar boʻyicha yondashuv. 


Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar 
uy xoʻjaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta toʻlovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu 
sababli bu usulda YaIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni 
qoʻshib chiqish orqali aniqlanadi. 
YaIMni daromadlar boʻyicha hisoblashda uy xoʻjaliklari, korxona va davlat 
muassasalarining dastlabki, ya’ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga 
(renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YaIMni mazkur usul 
boʻyicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati 
(amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qoʻshiladi. 
5-jadval. 
YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar boʻyicha yondashuv 
Milliy mahsulot hajmini sarflar 
summasi boʻyicha hisoblash 
Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi boʻyicha 
hisoblash 
Uy xoʻjaliklarining iste’mol sarflari + Daromad bilan bogʻliq boʻlmagan sarf va toʻlovlar 
a) amortizatsiya, b) egri soliqlar + 
Tadbirkorlarning investitsion sarflari + 2. Ish haqi + 
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi + 3. Renta toʻlovlari + 
Chet elliklar sarfi + 4. Foiz + 
Notijorat muassasalari sarfi + 5. Foyda 
Moddiy aylanma vositalar zahirasidagi 
oʻzgarishlar= 

YaIM YaIM 
YaIMni hisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bogʻliq 
boʻlmagan sarflar (amortizatsiya va egri soliqlar) ning alohida turlarini toʻlaroq qarab chiqamiz. 
Amortizatsiya ajratmaci shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YaIM) qiymati tarkibiga 
ishlab chiqarish xarajatlapi sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi 
va amortizatsiya fondi hisobida toʻplanib bopadi. 
Egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu cababli 
mahsulot narxiga qoʻshiladi. Bunday soliqlar oʻz ichiga aktsiz toʻlovlari, cotishdan olinadigan 


soliqlar, mulk soligʻi, litsenziya va bojxona toʻlovlarini oladi. 
Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini 
taqdim qilganlapga toʻlanadi. U ish haqiga koʻplab qoʻshimchalar, ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari va 
nafaqa ta’minotining har xil xususiy fondlari, ishcizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot 
hamda imtiyozlarlarni oʻz ichiga oladi. Ish haqiga by qoʻshimchalar ish kuchini yollash bilan 
bogʻliq boʻlgan xarajatining bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi 
toʻlashga ymumiy carflarining tarkibiy qismi sifatida qaraladi. 
Renta toʻlovlari iqtisodiyotni pesupslar (kapital, er) bilan ta’minlovchi uy xoʻjaliklarining 
oladigan daromadi hisoblanib, korxona xarajatlari tarkibiga kiradi. 
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi toʻlovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan 
amalga oshiriladigan foizli toʻlovlar, foizli daromadlar tarkibidan chiqariladi. 
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga boʻlinadi: bir qismi mulkga daromad va 
boshqa qismi eca korporatsiyalar foydasi deyiladi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib 
birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xoʻjaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. 
Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan 
foydalanishni tavsiflaydigan oʻzaro bogʻliq koʻrsatkichlar tizimi. 
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan 
va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor 
narxlaridagi summasi. 
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan 
pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati. 
Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaIM 
sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat boʻladi. 
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat boʻlib, SMMdan egri soliqlarni 
chiqarib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi. 
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari, korxona foydasidan 
olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi 
qoʻliga kelib tushadigan ijtimoiy toʻlovlar summasini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. 
Nominal YaIM – joriy narxlarda hisoblangan YaIM. 
Real YaIM – narxlarning oʻzgarishini hisobga olib, oʻzgarmas yoki qiyosiy narxlarda 


hisoblangan YaIM. 
Qoʻshilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli 
iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan 
qismining bozor qiymati. 
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan 
mahsulotlar. 
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va unumli iste’mol 
qilishga tayyor boʻlgan mahsulotlar. 
Xufyona iqtisodiyot – YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan foydalanishning 
rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular iqtisodiyotning 
qanday koʻrinishlari uchun xos ekanligini izohlang. 
2. Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy qismlari 
mavjud? 
3. Makpoiqtisodiy koʻpcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday rol 
oʻynaydi? 
4. YaIM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy daromad-chi? 
5. Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering. 
6. YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat. 
7. Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini koʻrsating. 
8. Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. soʻmga, narx indeksi 1,5 ga teng 
boʻlsa, real YaIM hajmi qancha boʻladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng boʻlsa-chi? 
9. Takroriy hisob, qoʻshilgan qiymat, oraliq mahsulot va pirovard mahsulot 
tushunchalarini izohlab bering. 
10. Sof iqtisodiy farovonlik koʻrsatkichining mohiyati hamda hisoblash tartibini 
tushuntirib bering. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish