ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan
bo`lib hisoblanadi.
Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq
maqsadni ko`zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» ta’sir qila oladigan, ularda
huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan
harakatdir.
Ma’lumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy
tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin
emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo`llari
nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim.
Tartib buzuvchilar orasida o`z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik,
noqonuniy ekan deb ham uylamaslik va bunday harakatni jazoga loyik emas deb
tushunish ko`p uchraydi. Shunday tushuncha hosil bo`lmasligi uchun huquqiy
tarbiya jarayonida har bir jamoada o`rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga
rioya
etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib
chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.
Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida
ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrga aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya
bilan chambarchas bog`liq holda olib olib borilayapti.
Shaxs va jamiyat o`rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish
printsiplariga mos bo`lishi shaxs faoliyatini yo`naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga
bog`liq. Hayotiy pozitsiya esatarbiya jarayonida shakllanadi. Shu sababdan ibtidoiy
jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o`z na’zoratiga olgan va bu
vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. Shaxsni yashashga o`rgatish
jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo`lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy
vazifasi shaxsni biror –bir foydali ishga, faoliyatga o`rgatish demakdir. Masalan,
yoshlarni biror hunarga,
muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga
o`rgatish.
Huquqiy tarbiya boshqa turdagi tarbiya bilan o`zaro yaqin. Masalan, shaxsda
mehnatga bo`lgan munosabatni shakllantirishda ko`r-ko`rona itoatkorlikka emas,
balki jamiyat va davlat manfaatlariga, davlatning tartib va qonunlarini hurmat
qilishga o`rgatish lozim.
Axloq normalari bilan huquqiy normalar bir biriga juda yaqin turadi. Shaxs
axloqsiz bo`lsa, u qonunlar talabiga rioya qilmaydi. Binobarin,
bunday shaxsni
huquqiy tarbiyalash samarasiz bo`ladi, hatto jazo choralarini ham to`g`ri yo`lga
solish qiyin.
Huquqiy tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi: davlat belgilangan
qonun qoidalarini o`qitish; ularni jamiyat a’zolari o`rtasida tashviqot qilish;
o`quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o`rgatish.
Huquq normalarini o`qitish deyilganda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan
dastur asosida shaxsga bilim berish tushuniladi. Yuridik bilim berish umumiy va
maxsus yo`nalishlarda bo`lish mumkin. Masalan, yuridik institutlar, fakultetlarida,
«yurist operativ xodim» malakasi beriladi. Xalq maorifi tizimining barcha
bug`inlarida aniq dastur asosida umumiy huquqiy bilim beriladi.
Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat a’zolari bilishi lozim bo`lgan
qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo`llanmalarni turli
vositalar yordamida aholii orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga
tushuntirish muhim qonunchilik printsipi bo`lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga
ko`ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin ma’lum vaqt
utgach amal qila boshlaydi. Yangi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy
normaning o`zida ko`rsatiladi.
Huquqiy tarbiyaning maqsadi ma’lum vositalar, shakl va metodlar yordamida
shaxsning ongiga ta’sir ko`rsatib, unda davlat belgilangan qonun qoidalarga
itoatkorlikni, davlat siyosatini ijro etish hamda o`z hatti
harakatini davlat talabiga
muvofiq holda tanlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, yani
huquqiy normalarga hurmatni, ularga ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni
tarbiyalashdir. Huquqiy tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha
o`tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio`z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada,
maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda,
oliy ta’limda, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limida, kadrlar malakasini oshirish va
qayta tayyorlash idoralarida huquqiy tarbiya oladi. Demak huquqiy tarbiya
bosqichma- bosqich beriladi. Bosqichli huquqiy tarbiya berishdan maqsad
yoshlarning huquqiy bilimlar va ko`nikmalarini
tarkib toptirishni uzluksiz
ta’minlashdir. Masalan, birinchi sinflarda ona tili tushunchasi, tilga hurmat bilan
qarash, o`quvchilarga qonun-qoidalarni o`rgatish, mulkni asrash, unga munosabatni
bildirish, davlat, qonun, davlat ramzlari tushunchalarini o`rgatish lozim.
Ikkinchi sinflarda «o`qish» darsida har xil tarbiya berish mumkin. Shu darsning
«maktab» bo`limida munosabatlarni tushuntirish. «Ertaklar va masallar» bo`limida
jinoyat tushunchasini, tulkini turna bolalarini yeb qo`yishda, misol qilib bu jinoyat
ekanligini va turna tulkini qilmishiga yarasha jazolaganini tushuntiriladi. Shunday
tarbiya va huquqiy bilimlar har bir fanda sinfma-sinf olib boriladi.
Yuqori sinflarda uning huquqiy ongini shakllantiruvchi huquqiy tushunchalar
beriladi, u dasturlar asosida huquqiy munosabatlarga o`rgatiladi. Yuqori sinflarda
hamma boshqa ta’lim tizimlarida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O`zbekiston Respublikasining davlat apparati haqida umumiy tasavvur berish
huquqiy tarbiyaning aniq maqsad qilib qo`yiladi.
Huquqiy tarbiya oldiga qo`yilgan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal
qilish yo`llarini o`rgatish. Huquqiy tarbiyaning yuridik vazifasi shaxsda muayyan
holatlarda zarur huquqiy normalarni qo`llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir.
Huquqiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri
shaxsda huquq normalarini
o`rganishga ehtiyoj o`yg`otish, yani o`zini mustaqil ravishda huquqiy tarbiyalashga
odatlantirishdir. Huquqiy normalarga hurmat ruxida tarbiyalangan shaxs qonun-
qoidalarga muntazam ravishda o`rganib boradi va boshqalarni ham shunday
qilishga davat etadi.
Amaliyotda huquqiy tarbiyaning har xil turlari mavjud. Lekin bugungi kungacha
aniq bir ilmiy tushunchaga asosangan, ko`p qirrali huquqiy tarbiya shakllarini
ko`rsatib beruvchi adabiyot deyarli yuk. Bu tarbiya, yuqorida aytib o`tganimizdek,
oilada, bog’chada, maktabda, bilim yurtlarida, institutlarda olib boriladi. Huquqiy
tarbiya- tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko`rsatuvchi, ularni tartib
doirasida tutish uchu nasos bo`la oladigan bilim berishdir. Lekin tarbiyachi faqat
bilim beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shaklda ta’sir ham
o`tkazishi kerak.
Huquqiy tarbiyaning shakllari asosida davlat organlari,
jamoat tashkilotlari,
professor- o`qituvchilarining olib borgan ishlarining tashqi ko`rinishidagi ta’sir
yo`li, ta’sir etish usullari yotibdi.
Huquqiy tarbiya shakllari har bir shu ish bilan shug`ullanuvchi uslubida o`z
ifodasini topadi.
Masalan, o`quv yurtlarida huquqiy tarbiya shakli, mehnat faoliyati bilan
shug`ullanuvchilarnikidan farq qiladi. O`quvchilarga dars jarayonida, darsdan
tashqari vaqtda-suhbat, suhbatni huquqiy qoidalarini o`rgatish, o`yin darslari
o`tkazish tariqasida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: