bayon etiladi. Konstitutsiyaviy ta’lim berish natijasida bir neta bayroq va gerblar
ichidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i, Gerbini ajrata olish
malakasi shakllantiriladi. Bularning barchasini amalga oshirishda shuni e’tibordan
chetda qoldirmaslik kerakki, bolalar shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u
yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsalar, endi o‘z xohish-irodasi bilan
kerakli ma’lumotlar yig‘ishga harakat qiladilar. Bolaning ana shu faolligi uning
mustaqillik, erkinlik, mas’uliyatlilikka olib keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni umumiy axloq qoidalariga rioya
qiladigan, shaxs sifatida kamolga yetkazishga asos bo‘la oladigan bilim, ko‘nikma
va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limda huquq fanlarini o‘rganish 4 bosqichda amalga
oshiriladi:
I bosqich - (1-4 sinflarda);
II bosqich - (5-7 sinflarda);
III bosqich - (8-sinfda);
IV bosqich - (9-sinfda).
Ma’lumki, bola maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasasida
tayyorlanadi. Dastlab u maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan turli talablar bilan
tanishadi. “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi,
aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi,
xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa
yoshdagi bolalardan ajralib turadi”
17
. Shunday ekan, bu o‘quvchilar ma’lumot va
hodisalarni puxta esda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin uzluksiz ta’lim
tizimida boshlang‘ich umumiy ta’limning o‘ziga xos xususiyati doimo e’tirof
etiladi. Ta’lim tizimining ushbu bosqichi bola shaxsi shakllanishi, uning
ijtimoiylashuvi, shaxslararo munosabatlarga kirib borishi va ijtimoiy
ko‘nikmalarning shakllanishida xizmat qiladi. O‘quvchilar orasida boshqalarga
nisbatan ancha faol, vaziyatlarga tez moslashuvchan, atrofdagilar bilan chiqishib
keta oladigan, o‘z kechinma va tuyg‘ularini yaqqol namoyon eta oladiganlari
mavjud bo‘lib, ular orasida o‘zini chetga oluvchi, kamsuqum, beozor, ko‘pchilik
ichida bo‘lishga qiynaladigan bolalar ham uchrashi mumkin. Bu toifa o‘quvchilar
bilimlarni o‘zlashtirish iqtidori yuqori bo‘lsa ham, shaxsalararo munosabatlarga
kirishishda qiyinchiliklarga duch keladi. Shaxslararo munosabat ijtimoiy
xarakterdagi jarayon bo‘lganligi bois, bolada o‘qituvchisi, sinfdagi o‘rtoqlari bilan
munosabatlarga kirishishida to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash pedagog oldidagi
asosiy vazifalardan biri sanaladi.
Ushbu xususiyatlarni inobatga olib, boshlang‘ich ta’limda “Konstitutsiya
alifbosi” ni o‘zlashtirish darajasi tadqiq etilganda, boshlang‘ich sinflarda ayrim
konstitutsiyaviy qoidalarni yodlashga berish ijobiy natijalarga olib keldi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qish, odobnoma, ona tili, atrofimizdagi olam, rus tili,
rasm, ashula, matematika darslari tarkibida “Konstitutsiya alifbosi” o‘rgatiladi.
Masalan, o‘qish darslarida “Maktab” , “Nima yaxshi-yu, nima yomon”, “Mehnat
baxt keltirar”, “Qush va hayvonlar – bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston – mening
Do'stlaringiz bilan baham: