1-mavzu fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari


-mavzu: Fuqarolik huquqining obyektlari



Download 45,6 Kb.
bet3/9
Sana20.09.2022
Hajmi45,6 Kb.
#849600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolik mustaqil ishlar

3-mavzu: Fuqarolik huquqining obyektlari.
Nazariy savollar.
1.Ma’lumki, pul har bir davlat suverenitetining oʻziga xos atributlaridan biridir. Nima deb oʻylaysiz – pulning xarid quvvati nimalarga, qanday omillarga bogʻliq? (Quvayt dinori, Turkiya lirasi, Yaponiya ienasi, Xitoy yuani, AQSh dollari, Singapur dollari, evro). Guruh boʻlib sharhlang.
Javob. Manbalarda keltirilganidek, fuqarolik huquqi nuqtai nazaridan pulning xususiyatlari va vazifalari quyidagilarda ko‘rinadi:
- pul qonun hujjatlariga muvofiq iste’mol qilinadigan, turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarning o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan turi hisoblanadi;
- pul ko‘pchilik fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (qarz, kredit, hadya shartnomalarida) mustaqil obyekt sifatida ishtirok etadi;
- pul fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya shartnomalarida) teng qiymatga ega bo‘lgan obyekt hisoblanadi;
- umumiy ekvivalent, ya’ni teng qiymatga ega bo‘lgan obyekt sifatida har qanday ashyo bilan almashtirish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash uchun ham qo‘llaniladi;
- pul har qanday qonuniy qarzni, uning har qanday holatlar asoslarida (masalan, majburiyat bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani tufayli) vujudga kelishidan qat’i nazar, uni tuzish, to‘lash, qoplash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi
2.Buzilgan shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilishning oʻziga xos usullaridan biri bu – ma’naviy zararni qoplashdir. Uni qoplashda qanday mezonlarga tayaniladi? Shaxsning ijtimoiy reytingi, unvonlari, davlat mukofotlari, jinsi, diniy e’tiqodi, boyligi ma’naviy zararni qoplashda e’tiborga olinadimi?
Javob. Fuqarolik kodeksining 100- moddasiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar o’zlarining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchannlik obro’siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilgan taqdirda fuqarolar o’zlariga yetkazilgan manaviy zararni qoplashni talab qilishlari mumkin. Shuningdek, fuqarolik kodeksining 1022- moddasida ma’naviy zararni qoplash usuli va miqdori belgilab qo’yilgan. Unga muvofiq manaviy zarar pul bilan qoplalandi.Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va manaviy azoblarning hususiyatiga, shuningdek, ayb tovon to’lashga asos bo’lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari etiborga olinishi lozim.JIsmoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati manaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy hususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baxolanadi. Manaviy zarar to’lanishi lozim bo’lgan mulkiy zarardan qat’I nazar qoplanadi.
Kazuslar.
1.Xalimova N. eng oxirgi nusxadagi kuchaytirilgan kompyuter terib berishni, buning uchun 700 ming soʻm bahodagi haq toʻlashini soʻrab ustaga murojaat etadi. Usta u aytgan muddatda va kelishilgan bahoga mos kompyuterni terib unga eltib beradi. Lekin Xalimova N. ushbu kompyuterda printer va skanerning yoʻqligi ular kompyuterning tarkibiy qismi ekanligi shu tufayli ular albatta komyuterning bahosi ichiga kiritilganligini aytadi. Masala qanday hal qilinadi? Kompyuterni ashyolarning tasniflanishiga koʻra qaysi turga kiradi? N. Xalimovaning e’tirozi toʻgʻrimi?
Javob.Infromatik ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, komputerning asosiy qurilmalariga protsessor, monitor va klaviatura kiradi. Demak, skaner va printer kompuetrning asosiy qurilmalari emas va komputerdan bularsiz ham foydalansa bo’ladi. Fuqarolik kodeksining 90-moddasiga binoan Asosiy va mansub ashyoalr deb foydalanish tufayli vujudga keladigan munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo(nmansub ashyo)ga bog’liq mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi. Asosiy ashyoga hizmat qilishi kerak bo’lgan va u bilan umumiy xo’jalik vazifasi orqali bogliq ashyo mansub ashyo hisoblanadi.Ushbu holatda printer va skaynerni komputergamansub ashyo sifatida qaraydigan bo’lsak, u holda agarda kelishivda printer va skaynerni ham qo’shib berish nazarda tutilgann bo’lsa fuqaro Xalimovaning harakatlari to’g’ri. Agarda kelishilmagan bo’lsa fuqaro Xalimovaning e’tirozi noo’rin hisoblanadi.
2.Ikromov S. oʻz sartaroshxonasini reklama qilish maqsadida antiqa usulni qoʻllashni maqsad qilib oladi va doʻsti dizayner Sharipova G. ga murojaat etadi. Sharipova G. unga “Dunyodagi eng zoʻr sartaroshlik ishini bajaruvchi” soʻzini turli xalqlar yozuvida naqshinkor koʻrinishdagi reklama lavxasini koʻrsatadi. Lekin Ikromov S. sartarosh ishni bajarmaydi, aksinchi xizmat koʻrsatadi shu sababdan “Dunyodagi eng zoʻr sartaroshlik xizmatini koʻrsatuvchi” tarzida oʻzgartirishni talab etadi. Sharipova G. esa sartaroshlik ishlar turkumiga kiradi, xizmat koʻrsatish soʻzi unga toʻgʻri kelmaydi, agar ushbu soʻz bilan almashtirsak kulgiga qolishimiz mumkin degan fikrni bildiradi. Ushbu bahsda kim haqli? Ishlar va xizmatlar oʻrtasidagi farqni koʻrsatib bering?
Javob. Ish deganda- ma’lum bir vazifani ma’lum bir vaziyatda bajarishga nisbatan ishlatiladi. Ishlar jismoniy va aqliy ishlarga bo’linadi. Ushbu vaziyatda sartarosh Ikromov haq, chunki sartaroshlik ish emas balki hizmatlar turiga kiruvchi maishiy hizmat hisoblanadi.
Maishiy xizmat, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish- aholiga xizmat ko’rsatish sohasining bie qismi hisoblanadi. Maishiy xizmat kishilarning kasbiy va ijtimoiy siyosiy faoliyatiga bog’liq bo’lmagan holda moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarni bevosita qondirish bo’yicha amakga oshiriladigan ijtimoiy-tashkiliy usullar va shakllar bilan tavsiflanadi.Hozirgi sharoitda maishiy xizmat xalq xo’jaligining maxsus industrial moddiy texnik bazasi –sanoat korxonalari bo’lgan alohida tarmog’I hisoblanadi. Maishiy hizmat korxonalari tomonidan yakka tartibda shaxsiy istemol buyumlarini tayorlash, istemol qiymatni yo’qotgan, ro’zg’orda ishlatiladigan va shaxsiy foydalanishdagi buyurtmalarni tiklash, shaxsiy hizmatlar ko’rsatish va ishlar kiradi. Bularga misol qilib,uy joyni ta’mirlash, kir yuvish,kiyimlarni kimyoviy bo’yash va tozalash,avtomabillarni tamirlash, fotoxizmatlar, sartaroshlik va boshqalarni olishimiz mumkin.

Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish