Buxonka non mahsulotini ishlab chiqarish, tashish va saqlash boʻyicha talablar qanday?
09:27 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
3600 0
Illyustrativ foto
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, jumladan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga, isteʼmolchilarda qolipli non mahsulotining standarti, ushbu mahsulotni xarid qilishda nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Shunga muvofiq qoʻmita tomonidan “Oʻzstandart” Agentligi bilan birgalikda isteʼmolchilar uchun kichik bir maʼlumotni tayyorlandi.
Unda qayd etilishicha, qolipli non mahsuloti respublikamizda “Oʻzstandart” agentligining 27.03.2017-yildagi MTR-8 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Non va makaron mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Maxsus texnik reglament (MTR.008-2017) hamda GOST 27842-88 standarti asosida ishlab chiqariladi.
Mazkur meʼyoriy hujjatlarda qolipli non mahsulotini ishlab chiqarish, tashish va saqlash boʻyicha talablar berilgan.
Qolipli non mahsuloti tashqi koʻrinishi boʻyicha quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi zarur:
– shakli – qolipli nonga muvofiq shaklga ega boʻlishi, ortiqcha qism boʻrtib chiqmagan boʻlishi lozim;
– tashqi koʻrinishi – sezilarli yoriqlar, ortiqcha shakllar boʻlmasligi lozim;
– rangi – och-sariq rangdan toʻq-jigarranggacha boʻlishi lozim, boshqa ranglar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
– ichki qism (myakish) koʻrinishi – yaxshi pishgan boʻlishi va elastik boʻlishi, barmoq bilan yengil bosilganda oʻz shakliga qaytishi lozim.
– taʼmi va hidi – non mahsulotining odatiy taʼmi va hidi boʻlishi va ortiqcha taʼm va hidlar boʻlmasligi lozim.
Shuningdek, non mahsulotlarining saqlash sharoitlariga ham eʼtibor berish zarur. Bunda, saqlash joyida non mahsulotlariga boshqa mahsulotlar aralashmasligi, saqlash joyi toza boʻlishiga eʼtibor berishi kerak.
GOST 27842-88 standartining 1.2.1-bandiga asosan qolipli non mahsuloti 0,5 kg dan 1,1 kg gacha massada ishlab chiqarilishi mumkin. Bugungi kun amaliyotida qolipli non asosan 05-0,6 kgda ishlab chiqarilmoqda (mahsulotning ogʻirligi farqi kamayish tarafiga bir mahsulotning belgilangan ogʻirligiga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak).
Bundan tashqari, isteʼmolchilar qolipli non xarid qilishda sotilayotgan qolipli nonni texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish huquqiga egaligi eslatib oʻtamiz.
“Non va makaron mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Maxsus texnik reglament (MTR.008-2017) ning 36 bandiga asosan, non va makaron mahsulotlarining har bir partiyasi sotilayotganda, mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan joʻnatilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |