Reja: Amerka siyosiy partiyalari



Download 22,67 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi22,67 Kb.
#823590
Bog'liq
Amerka Qo\'shma-WPS Office


Amerka Qo'shma Shitatlari
Reja:

  1. Amerka siyosiy partiyalari

  2. Amerka tashqi siyosati

  3. Amerikaning geosiyosiy o'rni

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America, USA), Qoʻshma Shtatlar (inglizcha: United States) yoki shunchaki Amerika (inglizcha: America) Shimoliy Amerikadagi mamlakatdir. Poytaxti — Vashington shahri, Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzosi. AQSh sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va bir federal okrugga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Amerika Samoasi ham AQShga qarashli. Maydoni — 9.8 million km2. Aholisi 331 million kishidan oshiq boʻlib, aholi soni boʻyicha jahonda uchinchi oʻrin. Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeyslar va eskimoslar yashagan. Amerika 1492-yilda Christopher Columbus tomonidan kashf etilgandan keyin 16-asrda Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya va Shvetsiya Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya 18-asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy holi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775-83-yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776-yil 4-iyulda federal davlat — AQShga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. George Washington Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi prezidenta etib saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803-yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana „sotib olindi“, 1819-yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836-yilda Meksikadan Texas tortib olindi. 19-asr mobaynida hozirgi Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko va Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. 19-asr oʻrtalarida AQShda „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratlar partiyasi bilan Respublikachilar partiyasi galma-gal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861-65-yillar fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident Abraham Lincoln boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Aksariyat odamlar Respublikachilar partiyasi va Demokratlar partiyasi haqida ko’p eshitgan. Ammo ularning tarixi, bir-biridan farqi, saylovlardagi ishtiroki, uchinchi partiyalar va ularning saylov jarayoniga ta’siri haqida ma’lumotga egamisiz?

AQShda prezident saylovlariga oz vaqt qoldi. Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp, demokratlardan esa Xillari Klintonning yuzma-yuz bellashishi kutilmoqda. 1868-yildan beri saylovlarda mana shu ikki partiya vakilidan biri muntazam ravishda saylanib keladi. Jami 1788-yildan beri 57 ta saylov o’tgan bo’lsa, hisob hozircha 22:22 - 22 ta saylovda demokrat nomzod, yana shuncha saylovda respublikachi nomzod g’olib bo’lgan. 7 ta saylovda g’alaba qozongan nomzodlar esa Demokratik Respublikachilar partiyasiga mansub bo’lgan.

Bu yilgi saylovlarda ham asosiy kurash respublikachi va demokrat nomzodlar o’rtasida kechadi, ammo bu jarayonda boshqa partiya vakillari qatnashmaydi degani emas. Hatto 11 ta saylovda ular prezidentlikni qo’lga kiritgan. Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashington umuman hech qanday partiyaga a’zo bo’lmagan. Eng uzoq prezidentlik qilgan Franklin Ruzvelt ham, ikki yilga bormasdan otib o’ldirilgan Jon Kennedi ham demokrat bo’lgan.

Amerikada Respublikachilar partiyasini “eng katta eski partiya” ham deb atashadi, shunga qaramay, yosh jihatdan Demokratlar partiyasi undan 26 yil ulug’roq.

Demokratlar partiyasi

Demokratik partiyaga 1828-yilda, 188-yil avval asos solingan. Bugungi kunda 43 milliondan ziyod a’zosi bor. Ramziy rangi - ko’k, emblemasi - xo’tik. Amaldagi Prezident Barak Obama - demokrat. AQSh Senatida 100 a’zodan 45 tasi, Kongress Vakillar Palatasining 435 a’zosidan 188 tasi, 50 ta50 ta gubernatordan 31 tasi respublikachi.

Respublikachilar partiyasi Amerikaga 18 ta prezident berdi. Birinchisi Avraam Linkoln edi. Boshqa taniqli respublikachi prezidentlardan Richard Nikson, Ronald Reygan, to’ng’ich Jorj Bushni tilga olasi bo’ladi.

Respublikachilar markaziy hukumatning ixchamroq bo’lishi, shtatlarga kattaroq rol berilishi tarafdori, davlatning xususiy biznes ishiga aralashishiga qarshi. Partiya konservativ qarashlarni yoqlaydi, xoh iqtisodiyotda bo’lsin, xoh siyosatda. Erkin bozor, individuallik, kuchli armiyani, an’anaviy oilaviy munosabatlar, qurolga egalik qilish huquqini qo’llab-quvvatlab, soliqlar va minimal ish haqini oshirishga, davlat tibbiy sug’urtasiga, ijtimoiy dasturlar, abort, noqonuniy immigrantlarning fuqaro bo’lishiga yetaklovchi tashabbuslar, besoqolbozlikka qarshi. Respublikachi qonunchilar 2001-yilda Afg’onistonga, 2003-yilda Iroqqa qo’shin kiritish taklifini yoqlagan.

Respublikachilar odatda dindorroq bo’ladi. Isroilga munosabatga kelganda demokrat va respublikachilar qarashlarida farq yo’q - barchasi bir ovozdan yahudiy davlatini cheksiz qo’llab-quvvatlaydi.

So’nggi respublikachi prezident kenja Jorj Bush bo’lgan. Shundan beri partiya faollari o’z vakilini Oq uyga qaytarishga behuda urinmoqda. Avval 2008-yilda senator Jon Makkeyn demokratlardan yosh nomzod, senator Barak Obamaga yutqazdi, so’ng Obama 2012-yilda Massachusets gubernatori Mitt Romnini dog’da qoldirdi.

Ayrim respublikachilarning bu yilgi umidi Jeb Bush ishonchni oqlay olmadi. U saralash bosqichida juda bo’sh keldi. Biroq yaqindan beri o’zini respublikachi deb e’tirof etgan tadbirkor Donald Tramp kutilmaganda haqiqiy respublikachi da’vogarlarni poygadan chiqishga majbur qilib, partiyadan prezidentlikka rasmiy nomzod bo’lishga yaqin turibdi. Biroq respublikachilarning Trampga munosabati bo’lingan.

Uchinchi partiyalar

AQShda Respublikachi va Demokratlar partiyalaridan tashqari boshqa siyosiy guruhlar ham bor. Bular Libertarianlar, Yashillar partiyasi, Konstitutsion partiya, Kommunistlar partiyasi va yana 31 ta partiya bor. Qaroqchilar partiyasiva Marixuana partiyasi shular jumlasidan. Bularning barchasi mayda, mahalliy guruhlar bo’lib, saylov natijalariga umuman ta’sir qilmaydi. Ammo libertarianlar va yashillar asosiy da’vogarlardan 10 foizgacha olib qo’yishi mumkin.

Masalan, yaqinda o’tkazilgan ommaviy so’rov natijasidan ma’lum bo’lishicha, Libertarian partiyadan bu yilgi saylovga nomzodi tasdiqlangan Garri Jounsga bugun saylovchilarning 10-12 foizi ovoz bergan bo’lardi. Libertarianlar siyosiy qarashlari bo’yicha demokratlarga yaqinroq bo’lgani uchun bu demokratik nomzoddan 10 foiz o’g’irlandi degani. Yana bir uchinchi partiya vakili Jill Stayn Jonson kabi bu yili ham saylovda qatnashmoqchi.

So’nggi bir necha o’n yildan beri prezident saylovlarida g’alaba qozonmasa-da, demokrat va respublikachi nomzodlar bilan uchinchi partiyalar vakillari ham bellashib keladi.

Demokratik partiyadan nomzod Xillari Klinton eng ko’p delegatlar ovozlarini qo’lga kiritishi ketidan Berni Sandersning poygadan chiqishi ayonlashar ekan, Jill Stayn Sandersga yashillar bilan birga saylovda qatnashishni taklif etdi.

Libertarian partiyaning ham, Yashillar partiyasining ham qarashlari demokratlarnikiga yaqinroq bo’lgani uchun, ayrim kuzatuvchilar nazarida, Stayn va Jonson Klintonga berilishi mumkin bo’lgan ovozlarni olib qo’yib, Donald Trampga ustunlikni ta’minlashda bilvosita yordam berishi mumkin. Shuning uchun odatda democrat nomzodlar uchinchi partiyalardan da’vogarlarni xush ko’rmaydi. Masalan, 2000-yil saylovlarida demokratlar o’z nomzodi Albert Gorning respublikachi Jorj Bushga yutqazganida qisman Yashillar partiyasidan nomzod Ralf Neyderni ayblagan edi. O’shanda Gor Bushga atigi 537 ovoz boy bergan edi, xolos. Neyder esa salkam 98 ming saylovchining ovozini olgan edi. Uning javobi shuki, saylovda hamma raqib va bir-biridan ovoz olishi tabiiy hol. “Balki, Gor o’shanda mendan ovozlarni olgandur”, deydi Neyder. Uning aytishicha, 2000-yil saylovlaritaqdiri hal bo’lgan Florida shtatida 250 ming demokrat respublikachi Bushga ovoz bergan edi. “Bu haqda nega gapirmaysizlar” deydi Neyder.

Uchinchi partiyalardan nomzodlar haqida hatto amerikaliklar ham to’liq xabardor emas, chunki matbuot ularga yetarlicha e’tibor qaratmaydi, markaziy televizion stansiyalar uyushtiradigan debatlarga taklif etilmaydi.

Maxsus komissiya belgilagan qoidaga ko'ra, mamlakat bo'ylab o'tkazilgan besh so'rovda kamida 15 foiz to'plagan hamda saylovda g'alaba qozonish ehtimoli mavjudligini ta'minlash uchun yetarlicha shtatlarda saylov qog'oziga ismini tushira olgan nomzodgina milliy teledebatlarda qatnashishi mumkin.

Jonsonning aytishicha, bunday tizim demokrat va respublikachilarning hokimiyatda saqlanishini ta'minlash maqsadida o'ylab topilgan. Stayn esa debatlarni soxta deb atadi.

Har bir shtatda nomzodni saylov qog'oziga tushirish qoidasi turlicha bo'lib, ko'p joylarda muayyan kunga qadar ma'lum miqdorda imzo to'plashi zarur.

Yashillar partiyasi 20 shtatda, Libertarian partiya esa 32 shtatda prezidentlikka nomzodini byulletenga kiritish huquqini qo'lga kiritganini aytadi.

Ijtimoiy fikrni o'rganuvchi tashkilotlar saylovchilarning kimga ovoz bermoqchi ekanini o'rganish maqsadida o'z so'rovnomalariga Klinton va Trampdan tashqari Stayn va Jonsonni ham kirita boshlagan.

2012-yil saylovlarida Jonson uchinchi, Stayn to'rtinchi o'rinlarni olib, ularga jami salkam ikki million odam ovoz bergan edi. Bu gal ular natijasini yaxshilashga umid qilmoqda.


2 reja : Mamlakatning tashqi siyosati - boshqa davlatlar bilan yuzaga keladigan muammolar bilan samarali kurashish uchun strategiyalar to'plami. Odatda milliy hukumat tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan tashqi siyosat, milliy maqsadlar va maqsadlarga, jumladan, tinchlik va iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun ideal tarzda yaratilgan. Tashqi siyosat ichki siyosatning qarama-qarshiligi, xalqlar o'z chegaralari doirasida muammolarni hal qilish usullari hisoblanadi.

AQShning asosiy tashqi siyosati


Mamlakatning o'tmishida, hozirgi va kelajagidagi asosiy masala sifatida AQSh tashqi siyosati federal hukumatning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi tarmoqlarining hamkorlikdagi harakatidir.

Davlat departamenti AQSh tashqi siyosatining umumiy rivojlanishini va nazoratini olib boradi. AQSh elchixonalari va missiyalarining ko'pchiligi bilan bir qatorda Davlat Departamenti tashqi siyosat kun tartibini "amerika xalqi va xalqaro hamjamiyat manfaati uchun yanada demokratik, xavfsiz va farovon dunyoni qurish va qo'llab-quvvatlash" uchun qo'llamoqda.

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan buyon, boshqa ijrochi idoralari va idoralar AQSh Davlat departamenti bilan birgalikda terrorizmga qarshi kurash, kiber havfsizlik, iqlim va atrof-muhit,odam savdosi va ayollar muammolari kabi muayyan tashqi siyosat masalalarini hal qilish bo'yicha ishlarni boshlab yubordilar.

Tashqi siyosat kontseptsiyasi


Bundan tashqari, Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo'mitasi tashqi siyosat kontseptsiyasining quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi: "eksportni nazorat qilish, shu jumladan yadro texnologiyasini va yadroviy qurollarni tarqatmaslik; xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini yo'lga qo'yishga qaratilgan chora-tadbirlar va Amerika biznesini chet elda saqlash; xalqaro tovar shartnomalari; xalqaro ta'lim; amerikalik fuqarolarni xorijda himoya qilish va chet el fuqarosini himoya qilish. "

Qo'shma Shtatlarning jahon miqyosidagi ta'siri mustahkamligicha qolmoqda, iqtisodiy rivojlanish sohasida Xitoy, Hindiston, Rossiya, Braziliya va Yevropa Ittifoqining konsolidatsiyalangan davlatlari kabi boylik va farovonlik ko'payib bormoqda.

ad
Ko'pgina tashqi siyosatshunoslar, bugungi kunda AQShning tashqi siyosatida yuzaga kelgan eng dolzarb muammolar orasida terrorizm, iqlim o'zgarishi va yadro quroliga ega bo'lgan mamlakatlar sonining o'sishi kabi masalalarni o'z ichiga oladi.

AQSh tashqi yordami haqida nima deyish mumkin?


Ko'pincha tanqid va maqtov manbai bo'lgan xorijiy mamlakatlarga AQSh yordami AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan boshqariladi.

Butun dunyoda barqaror, barqaror demokratik jamiyatlarni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashning muhimligiga javob beradigan USAID, o'rtacha kunlik shaxsiy shaxsiy daromadlari 1,90 AQSh dollari yoki undan kam bo'lgan mamlakatlarda juda qashshoqlikni bartaraf etishga asosiy maqsadni qo'yadi.

Tashqi yordam AQSh federal byudjetining 1 foizdan kamrog'ini tashkil etsa-da,yiliga taxminan 23 milliard dollar sarflanadigan mablag' ko'pincha AQSh ichki ehtiyojlari uchun sarflanadigan mablag'lar haqida gapiradigan siyosatchilar tomonidan tanqid qilinadi.

Biroq 1961 yildagi "Tashqi yordam" to'g'risidagi qonunni qabul qilganida, prezident Jon F. Kennedi tashqi yordamning muhimligini quyidagicha bayon qildi: "Bizning majburiyatlarimizdan - bizning oqilona rahbarimiz va yaxshi qo'shnimiz kabi bizning axloqiy majburiyatlarimiz yo'q. erkin xalqlar bir-biriga bog'lik bo'lgan jamoat - ko'plab kambag'al odamlar dunyosidagi eng boy odamlar sifatida iqtisodiy majburiyatlarimizdir, chunki endi millat chetdan kelgan qarzlarga qaram bo'lib, o'z navbatida biz o'z iqtisodiyotimizni va siyosiy majburiyatlarni rivojlantirishga yordam bergan, ozodlik dushmanlari. "

AQSh tashqi siyosatidagi boshqa futbolchilar
ad
Davlat Departamenti uni amalga oshirish uchun katta mas'uliyat yuklaydi, biroq AQSh prezidentining maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi a'zolari bilan AQShning ko'plab tashqi siyosati ishlab chiqiladi.

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti, bosh qo'mondon sifatida barcha AQSh qurolli kuchlarining xorijiy mamlakatlarda joylashishi va faoliyatiga doir keng vakolatlarni amalga oshiradi. Faqat Kongress urush e'lon qilishi mumkin bo'lsa-da, 1973 yilgi urush vakolatlari va 2001 yildagi terrorizm aktlariga qarshi harbiy kuch ishlatish uchun ruxsatnoma kabi qonunlar bilan vakolat berilgan prezidentlar ko'pincha AQSh qo'shinlarini konferentsiya urush e'lon qilmasdan begona hududga qarshi kurashga yubordilar. Darhaqiqat, ko'plab jabhalarda kamdan kam aniqlangan dushmanlar tomonidan bir vaqtning o'zida sodir bo'layotgan terroristik hujumlarning tobora o'zgarib borayotgan tahdidi qonunchilik jarayonida ruxsat etilgan tezroq harbiy javobni talab qiladi.Tashqi siyosatda Kongressning o'rni


Kongress AQSh tashqi siyosatida ham muhim rol o'ynaydi. Senat ko'plab shartnomalar va savdo bitimlarini tuzish bo'yicha maslahat beradi va barcha shartlarni tasdiqlaydi va uchdan ikki qismli superdavlat ovoz berish orqali shartnomalarni bekor qilishi kerak. Bundan tashqari, ikkita muhim konferentsiya qo'mitasi , Senatning Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi va Tashqi ishlar qo'mitasi qo'mitasi tashqi ishlar bilan bog'liq barcha qonunlarni tasdiqlashi va tasdiqlashi mumkin. Boshqa konferentsiya qo'mitalari ham tashqi aloqalar masalalari bilan shug'ullanishi mumkin va Kongress AQShning tashqi aloqalariga taalluqli maxsus masalalarni va masalalarni o'rganish uchun ko'plab vaqtinchalik qo'mitalar va kichik qo'mitalarni tashkil etdi. Kongress shuningdek, AQSh savdo-sotiq va xorijiy davlatlar bilan savdo-sotiqni tartibga solish uchun katta kuchga ega.

AQSh Davlat kotibi Qo'shma Shtatlar tashqi ishlar vaziri bo'lib xizmat qiladi va millatlararo diplomatiyani amalga oshirishga mas'uldir. Davlat kotibi, shuningdek, dunyodagi 300 ga yaqin AQSh elchixonalari, konsulliklari va diplomatik missiyalarining xavfsizligi va xavfsizligi uchun katta mas'uliyat yuklaydi.

ad
Davlat kotibi va barcha AQSh elchilari prezident tomonidan tayinlanadi va Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.AQSh-Rossiya munosabatlari, 1991-yildan buyon Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlardir. Qoʻshma Shtatlar va Rossiya oʻrtasida diplomatik va savdo aloqalari mavjud. Ushbu munosabatlar 1999-yil bahorida NATOning Yugoslaviya Federal Respublikasini bombardimon qilinishiga qadar Rossiya Prezidenti Boris Yeltsin (1991–99) davrida,[1][2] keyinchalik 2014-yilda Ukraina inqirozi, hamda, Qrimni Rossiyaga qoʻshib olinishi, Suriya fuqarolar urushiga Rossiya harbiy aralashuvi va 2016-yil oxiridan AQSh saylovlariga Rossiyaning aralashuvi bilan bogʻliq muammolar tufayli ushbu ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar oʻta keskinlashdi. Hozirda, 2014-yil uchun moʻljallangan oʻzaro sanksiyalar joriy etilmoqda.2021-yil AQSh tashqi siyosatida qanday yil bo’ldi? Bayden ma’muriyati ittifoqchilar bilan hamkorlik qilishga so’z berdi. Buning uchun yil boshida davlat kotibi lavozimiga tajribali diplomat Entoni Blinken tayinlandi
U Davlat departamenti xodimlari bilan ilk uchrashuvda diplomatiyaga urg’u berishini bildirdi.

"Butun dunyoning nigohi bizda. Amerika qayta oyoqqa tura olarmikan deya so’rashyapti. Dunyoga yana yetakchilik qila olarmikanmiz, diplomatiyaga tayanib, ittifoqchilar va hamkorlar bilan pandemiya, iqlim o’zgarishi, iqtisodiy inqirozlar, demokratiyalarga tahdidlar, irqiy adolat uchun kurash kabi davrimizning eng katta muammolari bilan yuzlasha olarmikanmiz, g’animlarimiz va raqiblarimiz tomonidan xavfsizligimiz va global barqarorlikka tahdidlarga qarshi tura olarmikanmiz, shuni bilishmoqchi”, - degan edi Blinken.

2021-yil tashqi siyosatda voqealarga boy bo’ldi.

Fevral oyida Myanmada harbiylar davlat to’ntarishi uyushtirib, o’n minglab namoyishchilarni bostirdi. Iyul oyida Gaiti prezidentining joniga suiqasd uyushtirildi. Oktabrda Sudanda harbiylar "Rossiyaning Ukrainaga qarshi yirik yurish qilish rejalaridan xabar topdik. Ukrainani ichidan beqarorlashtirish, keng ko’lamli harby amaliyot o’tkazish shular jumlasidan”, - dedi Blinken.

Bugun Blinken Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining ikki kunlik majlisi chog’ida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashib, Ukraina masalasini yuzma-yuz muhokama qildi. Blinken Lavrovga Prezident Baydenning Putinga ogohlantiruvchi maktubini topshirgan.

"Mojaroning oldini diplomatiya orqali olgan yaxshi”, - dedi u Lavrov bilan uchrashuvdan oldin.

Blinkenga ko’ra, Rossiya ham, Ukraina ham 2014-yilda imzolangan Minsk tinchlik bitimidagi majburiyatlarini bajarishi kerak. Lavrovning aytishicha, Moskva Kiyev bilan muloqotga tayyor, biroq NATO sharq tomon kengaymaslikka rasman va’da berishi kerak.

"Alyansning harbiy infratuzilmasi Rossiya chegarasi tomon yaqinlashmoqda. Ruminiya va Polshada Rossiyaga qarshi ishlatilishi mumkin bo’lgan raketa hujumidan mudofaa tizimi mavjud. Amerikaning o’rta masofali raketalari ham Yevropa tuprog’ida paydo bo’lishi mumkin. Harbiy to’qnashuvning dahshatli ssenariysi qaytmoqda”, - dedi Lavrov.

Unga ko’ra, NATO sharq tomon ortiq kengaymaslikka, Rossiyaga yaqin hududlarda hujumkor qurollar tizimlarini o’rnatmaslikka so’z berishi kerak.

"Haqiqatan g’arbiy chegaralarimizga tahdid kuchaymoqda. Bu haqda ko’p gapirganmiz. Shimoliy Atlantika alyansining harbiy infratuzilmasi Rossiya chegarasiga qanchalik yaqinlashganiga e’tibor bering”, - deydi Putin.isyon ko’tardi. Bayden ma’muriyati xalqaro sahnada yana ko’plab boshqa muammolar bilan shug’ullanishiga to’g’ri keldi.

Masalan, Efiopiya armiyasining Tigray mintaqasidagi urushi oqibatida millionlab odam ocharchilik bilan yuzlashmoqda.

“Nazarimda, Bayden ma’muriyati Jeffri Feltmanni maxsus vakil etib tayinlab, bu masalaga diplomatik tarafdan yondashdi. Biroq bu hukumat siyosatining o’zgarishiga olib kelmadi. Natijada Efiopiya davlatchiligi jar yoqasida turibdi”, - deydi Vashingtondagi “Tashqi aloqalar kengashi” tahlil markazidan Mishel Gavin.

Tashqi siyosatdagi muammolarga qaramay, ekspertlar Prezident Jo Bayden va davlat kotibi Entoni Blinkenga ijobiy baho bermoqda. Ularga ko’ra, hozirgi ma’muriyat sobiq prezident Donald Trampning “Amerika birinchi” siyosati natijasida zarar ko’rgan aloqalar va munosabatlarni tiklashga muvaffaq bo’ldi.“Bayden va Blinken asosiy siyosatidan chetga chiqmaslikka harakat qildi. Bahorda Bayden Yevropaga borib, u yerdagi demokratik ittifoqchilarimiz bilan munosabatlar va ittifoqlarni kuchaytirishga urindi, Osiyoda ham AQSh tashqi siyosati qanday bo’lishidan ikkilanib turgan mamlakatlarni birlashtirishga harakat qildi”, - deydi Vashingtondagi Yaqin Sharq instituti tahlilchisi Brayan Katulis.Blinkenga ko’ra, vaziyat juda jiddiy, Putinning Rossiya Ukrainaga emas, balki Ukraina va NATO Rossiyaga tahdid solayotgani haqidagi gaplarida ma’no yo’q.

“AQSh sobiq elchisi Bill Teylorning aytishicha, Baydenning Putinga atalgan maktubida “qo’shni davlatni bosib olish rejasidan qayting, agar quloq solmasangiz, oqibatlari jiddiy bo’ladi” deyilgan. Bu shunchaki quruq do’q-po’pisa emas. AQSh va Yevropadagi ittifoqchilar oldingidan ancha qattiqroq yangi sanksiyalarni joriy etish xususida o’ylanmoqda. Ruslar bu kabu sanksiyalar bilan oldin yuzlashmagan”, - deydi Teylor.

Rossiyaga chegaradosh Ukraina va Gruziya NATOga a’zo bo’lishga intilar ekan, Kreml buni o’ziga tahdid deb biladi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham Rossiyani ogohlantirdi.

"Ukrainaning NATOga qo’shilishini Ukraina va alyansga a’zo 30 davlat hal qiladi, Rossiya emas. Rossiyaning qo’shni davlatlarni nazorat qilish uchun ta’sir doirasini belgilashga haqqi yo’q”, - dedi u.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ziddiyatni yumshatish uchun Moskva bilan bevosita muloqot qilish kerakligiga urg’u berdi. “Ukraina armiyasi qudratli, Putindan bilan gaplashishdan qo’rqmayman”, dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti kecha parlamentda shu mavzuda nutq so’zlagan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Zelenskiyning ma’ruzasida Rossiyaga tahdidlar yangragan.

"Zelenskiy Qrimni qaytarish Ukrainaning asosiy maqsadi va falsafasi dedi. Biz buni Rossiyaga to’g’ridan-to’g’ri tahdid deb ko’ramiz. Chunki bunday bayonot Kiyev rejimi Rossiya mintaqasini tortib olish uchun kuch ishlatishga tayyor ekanini anglatmoqda”, - dedi Peskov.

Kremlga ko’ra, Ukraina armiyasining yarmi ayni paytda isyonchilar bilan janglar bo’layotgan sharqiy hududlarda to’plangan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova sharqdagi ukrainalik askarlar sonini 125 ming atrofida baholadi.

Shu bilan birga, ekspertlar Amerikaning avgust oyida Afg’onistondan evakuatsiyani tartibsiz amalga oshirganini hamda Avstraliya bilan suv osti kemalariga doir bitim imzolab, Fransiya noroziligiga sabab bo’lganini ham tilga oladi.

“Yevropa bilan munosabatlar tiklandi. Yo’l tekis bo’lmadi. Afg’oniston va suv osti kemasi bo’yicha kelishuv g’adir-budurlikka misoldir. Biroq umuman olganda ittifoqimiz ancha yaxshi ishlayapti”, - deydi Germaniyaning Marshall jamg’armasidan Maykl Kimmaj.

Kuzatuvchilar 2022-yil ham qiyin bo’lishini bashorat qilmoqda. Ularga ko’ra, Xitoy va boshqa g’anim davlatlar Bayden va Blinken Ukraina chegarasidagi vaziyatni qanday hal qilishini yaqindan kuzatadi.

G’arbdagi ayrim mutaxassislarga ko’ra, Rossiya qo’shni mamlakatga hujum rejalamoqda. Shunday bo’lgan taqdirda AQSh bunga ko’z yumishga majbur bo’ladimi yoki ittifoqchilari hududiy daxlsizligini himoya qilishga bergan va’dasiga vafo qiladimi? Buni vaqt ko’rsatad
Qo’shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujum boshlash ehtimolidan xavotirda. Kiyev Moskvani chegarada 90 mingdan ortiq qo’shin to’plaganlikda ayblamoqda. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken chorshanba kuni NATO majlisida Rossiya hujumi jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba Vashingtonda bo’lib, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan strategik xavfsizlik xususida gaplashdi. Ukraina Mudofaa vazirligi Ukraina-Rossiya chegarasida 90 mingga yaqin rus askari joylashganini tahdid deb ko’rmoqda.

Xalqaro hayot - 12-noyabr, 2021-yil


site logosite logo
Qidiruv
Qidiruv

SIYOSAT
AQSh va Ukraina vazirlari strategik xavfsizlik haqida gaplashdi


Noyabr 12, 2021
Amerika Ovozi

Izohlarni o'qing

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba Vashingtonda bo’lib, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan strategik xavfsizlik xususida gaplashdi. Ukraina Mudofaa vazirligi Ukraina-Rossiya chegarasida 90 mingga yaqin rus askari joylashganini tahdid deb ko’rmoqda.

Xalqaro hayot - 12-noyabr, 2021-yil


Xalqaro hayot - 12-noyabr, 2021-yil
The code has been copied to your clipboard.

width
640
px height
360
px
Share on Facebook
Share on Twitter
The URL has been copied to your clipboard
No media source currently available

0:0010:04


0:00
Yuklab oling
Blinken AQSh Ukraina xavfsizligini qo’llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi.

“Moskvaning niyati qanday ekanini aniq bilmaymiz, biroq qanday qo’llanmaga amal qilishidan xabardormiz. Rossiya 2014-yilda chegarada qo’shinlari sonini oshirib, suveren Ukraina hududiga provokatsiya haqidagi yolg’on da’volari asosida kirganini eslaymiz va bunday jiddiy xatoga yana yo’l qo’yishidan xavotirdamiz”, - dedi davlat kotibi.

Kulebaning aytishicha, Rossiyaning Kiyevga qarshi agressiyasi Ukraina G’arb tashkilotlarining to’laqonli a’zosi bo’lganidan so’ng to’xtaydi. Ukraina NATOga a’zo bo’lishni istaydi, Moskva bunga qarshi, Ukrainaning NATO bilan o’tkazilayotgan harbiy mashg’ulotlarini Rossiyaga tahdid deya e’tiroz bildirib turadi.

Amerika va G’arbning Ukrainaga xayrixohligi va yordami Rossiya agressiyasiga qarshi qalqondir, deydi Kuleba. Vazirga ko’ra, Rossiya energiya manbalaridan Ukraina va Yevropaga qarshi qurol sifatida qo’llanmoqda.

“Rossiya Yevropa Ittifoqi bozorida keltirib chiqargan yoqilg’i inqirozi gazning qurol sifatida qo’llanilishiga bir misol. AQSh va Germaniyaning qo’shma bayonotini juda yaxshi eslaymiz: “Agar Rossiya energiya manbalaridan qurol sifatida foydalanishni boshlasa, Germaniya dadil chora ko’radi” deyilgan edi. Germaniyaning Ukrainaga doimiy yordami uchun minnatdormiz, ammo aslida nima bo’lyapti?”, - deydi Kuleba.

Ukraina armiyasi sharqiy hududlarda isyonchilar bilan jang qilishda davom etarkan, Blinken va Kuleba o’rtasida xavfsizlik bo’yicha muloqot juda muhim, deydi sobiq elchi Uilyam Teylor.

“So’nggi 2 oyda Rossiya rahbariyati ayrim tashvishlanarli bayonotlar qildi. Masalan, Ukrainaning haqiqiy davlat emasligini aytdi. Bu tahdidli va provokatsion bayonotdir. Ukraina va AQSh uchun o’zaro aloqalarini kuchaytirish va rejalarni muvofiqlashtirish vaqti keldi”, - deydi AQSh Tinchlik instituti eksperti.

Teylorning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Rossiya yil boshida ham Ukraina chegarasida qo’shinlarini to’plaganida Prezident Jo Baydenning jiddiy e’tirozidan so’ng Putin harbiylarining aksariyatini chiqarishni buyurgan, biroq harbiy texnikaning hammasi olib chiqilmagan.Vazir Gruziya, Ukraina va Ruminiyada bo’lib, Bryusselda NATO mudofaa vazirlari majlisida qatnashadi”, - deydi Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi.

Ruminiya NATOga a’zo mamlakat, Ukraina va Gruziya esa alyansga qo’shilmoqchi. Bu ikki respublika bo’lginchi hududlarning borligi sabab hozircha blokka a’zo bo’lolmaydi.

“Amerikaning yuqori lavozimli rasmiylari Gruziya va Ukrainaga borib, rus bosqini va istilosiga qarshi kurashayotgan xalqlarga ularni unutmaganimizni, qo’llab-quvvatlamoqchi ekanimizni, avtoritar zo’ravon demokratik qo’shnisini bosib olmoqchi bo’lsa, Amerika betaraf turmasligini aytishi kerak”, - deydi “Demokratiyalar himoyasi uchun jamg’arma” tashkilotidan Bredli Bauman.

So’nggi yillarda Pentagon asosiy e’tiborini ikki yirik raqib – Rossiya va Xitoyga qaratishga harakat qildi. Tahlilchi Baumanning aytishicha, Qo’shma Shtatlar bu ikki bosqinchi davlat popugini pasaytirish uchun harbiy ittifoqlar va qudratini kuchaytirishi kerak.

“Xitoy va Rossiya 1950-yillardan beri ancha yaqinlashgan. AQSh, ittifoqchilar va hamkorlar har ikkisiga qarshi bir paytda bas kelolmaydi”, - deydi ekspert.

AQSh avgust oyida qo’shinlarini Afg’onistondan shoshilinch evakuatsiya qilib, 20 yillik harbiy amaliyoti paytida askarlariga yordam bergan ko’plab afg’onlarni tashlab ketganidan so’ng Amerikaning liderlik roliga ishonch susaydi.

AQSh Mudofaa vazirligi rasmiylarining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, vazir Ostin va NATOdagi ittifoqchilar alyansning bundan keyingi siyosati va vazifalarini kelasi hafta muhokama qiladi.


3 reja: 1783-yilda Amerika bilan Angliya o‘rtasida imzolangan Versal shartnomasi AQSHning Angliya ustidan g‘alabasini tasdiqladi va bu shartnoma hozirgi vaqtda ham dunyodagi eng qudratli davlatga poydevorlik vazifasini o‘tamoqda.

XIX asr oxiri va XXI asr boshida AQSH uchun globallashuv g‘oyalarini hayotga tadbiq etish kundan kunga qiyin bo‘lib bor­moqda. XX asr 80-yillarining o‘rtalariga kelib AQSH eksport-import «urush»ida eng muhim pozitsiyalaridan mahrum bo‘ldi. Xuddi shunday vaziyat kapital eksportida ham yuz berdi. hozirgi vaqtda AQSH o‘ziga eng yaqin turgan Yaponiya va Germaniyaning «nafasi»ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning barchasida sezib turibdi.

Shunga qaramasdan bugungi kunda iqtisodiy kuch-qudrati bo‘yicha AQSH dunyoning barcha davlatlari ichida tengi yo‘q hisoblanadi. Chunki AQSH bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan Yaponiya o‘rtasidagi farq deyarli 4,5 baravarni tashkil etadi.

Bugungi kunda AQSH xalqlar taqdirini hal qilishdek murakkab va mas’uliyatli bo‘lgan vazifani bajarishi kerak, deb ta’kidlaydi Prezident J.Bush. U AQSH Yevrosiyo uchun aniq va rav­shan taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishi lozim, deb hisoblamoqda.


AQSH g‘oyalarini Yevrosiyoda hayotga tatbiq etishda asosiy rolni materik g‘arbidagi Fransiya va Germaniya o‘ynaydi. Materik sharqida Xitoy mavqeyining kundan kunga oshib borish Vashington bilan Pekin o‘rtasida siyosiy konsensus o‘rnatishni taqozo etmoqda. Bu o‘rinda AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy fikriga ko‘ra Rossiya, Yevrosiyo va dunyo miqyosida emas, balki mintaqa miqyosida ahamiyatga ega davlat ekanligini tan olishi lozim. Rossiya janubida vujudga kelgan etnik mojarolarni «buyuk davlat»lar (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Turkiya) ijobiy tarzda hal qilishlari kerak.


AQSH geosiyosatchilari, avvalo Z.Bjezinskiy NATO va Yevropa ittifoqini sharqqa tomon kengaytirishni davom ettirish lozim, deb hisoblashmoqda. hozirgi kunga kelib Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan Polsha, Chexiya, Vengriya NATO a’zolari bo‘ldlar va Yevropa Ittifoqiga qabul qilindilar. 2004-yilda Boltiqbo‘yi davlatlari — Latviya, Litva, Estoniya va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari 2006-yilda esa Bolgariya va Ruminiya davlatlari ham Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdi. Eng muhim voqealar qatoriga 2010-yilgacha bo‘lgan davrda Ukrainani NATO ga qabul qilinishi kiritilmoqda. Shunday qilib, AQSH geosiyosatchilari bashorat qil­gan dunyoning yangi geosiyosiy holati shakllana boshladi.
Eslab qoling!
Siyosiy konsensus - ikki va undan ortiq davlatlar o`rtasida imzolangan siyosiy kelishuv to`g`risidagi shartnoma.Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo qudratli davlatlarning geosiyosiy manfaatlari doirasida qolmoqda. Mintaqada Amerika, Rossiya va Xitoy o’rtasida o’ziga xos kurash ketmoqda. Strategik joylashuv har bir respublika taraqqiyotiga ham, tanazzuliga ham sabab bo’lishi mumkin, deydi bu kuzatuvchilar.Mintaqa kelajagi haqida gapirganda tojik ijodkorlaridan biri Zayniddin aytadiki, Rossiya ham, G’arbu-Xitoy ham Markaziy Osiyoga o’z manfaatlari nuqtai nazaridan qaraydi, ularning suyosatidan ehtiyot bo’lish zarur. Bir vaqtlar ruslar o’lkamizda o’rnashib, ruslashtirish siyosatini olib borgandi, hammani ruslashtirdi, deydi u.

"Ularning manfaati shuki, xalqni o’zidek qilsa, bo’ysundirsa. Bu narsalarga juda ehtiyotlik bilan yondoshish kerak, bo’lmasa qul bo’lib qolamiz. Shunday ham xalqimiz Rossiyada quldek ishlapti", - deydi Zayniddin.


Tojik yozuvchisi Muhiddin Xo’jazod bugungi dunyo syosatiga baho berarkan, yangi texnologiyalar tufayli qurol, bosqin shart emas deydi, xalqlarni asoratga solishning boshqacha yo’llari paydo bo’lganini ta’kidlaydi, Markaziy Osiyo davlatlari kuchsizligini urg’ulaydi.

"XXI asrda davlat kuchli bo’lmasa, xalqi ahil bo’lmasa, qo’lga qurol olib, pahlavon bo’lib o’zganing yurtiga bostirib borish shart emas. Yuz yilcha oldin o’lkamizning boy va ziyolilari, jadidlar yo’q qilindi, yangicha mafkura o’rnatishdi. Hozir ham shunday bo’lmoqda. Biz endi Amerika, Rossiya, Yevropa va Xitoy o’rtasida hashakdek bir narsa, har maqomga solishadi", - deydu Xo’jazod.

Bugunda ilmiy faoliyat yuritayotgan sobiq mahalliy bir tojik demokrat AQShning Tojikistondagi bugungi siyosatiga nazar solarkan, Amerika mintaqada ehtiyotkorlik bilan siyosat olib bormoqda, bu yerda ularning Rossiya va Xitoy manfaatlariga zid harakati sezilmaydi, deydi.Uning fikricha, regionda inson huquqlari vayron etilsa ham G’arb mamlakatlari ovoz ko’tarmaydi, noziklik bilan ochilgan yo’llaridan mahrum bo’lishni istamaydi.

Moskvadan tahlilchi Leonid Gusev AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati uzoq yillarga mo’ljallangan, maqsad - Xitoyga yaqin mintaqadan foydalanish deydi.

"1990-yillarning oxiri, 2000-yillar boshidan Markaziy Osiyo AQSh diqqat markazida edi. Region mamlakatlarining asosiy qismi Xitoy bilan chegaradosh, Xitoy esa Amerika tashqi siyosatida juda muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiya targ’iboti va ustuvorligi yo’lida pragmatik qarashlarga ega. Ular bu yerdagi davlatlarning uzoq yillardan beri hukmronlik qilayotgan rahbarlari siyosatiga panja orasidan qarashadi. Iqtisodiy-energetik va geosiyosiy omillar muhim, hammani hammasi qoniqtiradi. Dunyoning bu burchagida ko’pgina mamlakatlar manfaati tutashadi, shuning uchun ham inson huquqlariga ko’z yumish holatlari bor", - deydi Gusev.

Tojik eksperti Abdujabbor Yo’ldoshev Xitoyning mintaqadagi siyosati haqida gapirarkan, uning harakatlarida G’arbdan ustunlikni ajratib ko’rsatadi.


"Xitoy regionda Anerikaga muqobil turish uchun atrofiga islomiy davlatlarni birlashtira oldi. Ular Tojikistonda ham, O’zbekistonda ham shunday ish tutishmoqdaki, elita ham, hukumatdorlar ham rozi, harakatlari zamirida esa o’z xavfsizliklari - Sharqiy Turkistonni qattiq nazorat qilish siyosati yotadi, hatto Tojikistonning bir parcha yerini ham o’zlariniki qilib olishdi. Sababi shundaki, bu yerdagi eng oliy rahbariyatning shaxsiy manfaatlari davlat manfaatlaridan yuqori turmoqda, ishqilib, oxiri baxayr bo’lsin, - deydi Yo'ldoshevBoshqa bir tojik muxolifatchisi chet elda turib, Rossiyaning Markaziy Osiyodagi siyosati, xususan, Tojikistonga ta’siri haqida so’z yuritarkan, kim nima desa desin-u, ammo Rossiya har qanday yo’l bilan bo’lsa-da, mintaqani o’z nazoratida tutib turishga intiladi, deydi.

"Rossiya Markaziy Osiyoda eskitdan juda katta ta’sirga ega, Rossiya hech narsa qila olmaydi demasinlar, Rossiyanng har qanday so’zi Tojikistonda ham, O'zbekistonda ham katta salmoqqa ega. Aytish mumkinki, kerak bo’lsa, bu ta’sir kuchi juda ham qattiq va jidduy bo’lishi mumkin", - deydi ism-sharifi oshkor etilmasligini so'ragan muxolifatchi.
Download 22,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish