1-mavzu fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari


-mavzu: Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik



Download 45,6 Kb.
bet8/9
Sana20.09.2022
Hajmi45,6 Kb.
#849600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqarolik mustaqil ishlar

8-mavzu: Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik.
Nazariy savollar.
1. Majburiyatlarni bajarish qanday ahamiyatga va undan koʻzlangan maqsad oʻrtasidagi nisbatni tahlil qiling?
Javob. Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga muvofiq, muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi – kreditorga ashyoni topshirish, ma’lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish muayyan harakatdan saqlanganlik kabilardan iborat. Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan olinganmajburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni mustahkamlash, jamiyatning tobora oʻsib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol oʻynaydi. Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmagan taqdirda esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. Bunda taraflarning har biri oʻz majburiyatlarini ancha tejamli bajarishi, ikkinchi tomonga uning oʻz majburiyatlarini bajarishda har tomonlama yordam koʻrsatishi lozim
2. Majburiyatlarni bajarish tamoyillari tizimi, ularni tasniflash mezonlari va bundan tasniflanishning amaliy ahamiyatini yoriting?
Javob. Majburiyatlarni bajarish tamoyillari quyidagilardan iborat : majburiyatlarni lozim darajada bajarish, kelishilgan va maqbul usulda bajarish, majburiyatlarni lozim darajada bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun bajarish, aniq bajarish, tejamlilik va oʻzaro hamkorlikda bajarish
3. Neustoyka funksiyalarini ta’minlash deganda nimani tushunasiz.Neustoykani undirish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Javob. Neustoyka majburiyat huquqiy munosabatlar tizimida ta’minlovchi va qoplash funksiyasini bajaradi. Neustoyka majburiyat bajarilishini ta’minlash usuli sifatida toki uni ijrosi buzilgunga qadar amalda boʻladi. Bunday hollarda qo nun yoki shartnoma neustoykani undirish huquqining vujudga kelish vaqtini nazarda tutadi. Asosiy majburiyat buzilgandan soʻng neustoyka mulkiy javobgarlik shakli sifatida namoyon boʻladi. Neustoykani ta’minlovchi va javobgarlik chorasi oʻrtasidagi nisbat shu bilan izohlanadiki, birinchidan, ta’minlovchi funksiya qarzdorni majburiyatni bajarishga undaydi, ikkinchidan, agar tegishli majburiyat bajarilmasa yoki lozim darajada bajarilmasa unga nisbatan javobgarlik chorasini majburiy qoʻllash taqozo etadi. Boshqacha aytganda, qarzdorni oʻz majburiyatini bajarish uchun oqilona harakatlanishini ragʻbatlantiradi va agar u oʻz zimmasiga olgan majburiyatni bajarmasa javobgarlik xavfi mavjud ekanligi haqida ogohlantiradi. Neustoyka bir holatda majburiyatni qarzdor tomonidan buzilmasligini kafolatlasa, ikkinchi holatda esa u javobgarlik chorasi sifatida namoyon boʻladi. Neustoykaning majburiyat munosabatlarda bunday ikki xilda namoyon boʻlishi uning real va oqilona asosda majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida xizmat qilishidan dalolat beradi. Bunday oʻziga xos xususiyat majburiyatlar bajarilishining boshqa usullarida mavjud emas desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Neustoykaga boʻlgan huquq to asosiy majburiyat bajarilishi bilan bogʻliq boʻlib toʻlovdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Neustoyka majburiyatni ta’minlash usuli sifatida (to huquqiy buzilishi sodir etilgunga qadar) shartnomaviy majburiyat bajarilmagan taqdirda pul kompensatsiyasining toʻlash hollarini belgilaydigan va unga boʻlgan huquqni vujudga keltiruvchi shartni oʻzida ifoda etadi. Bunday pul kompensatsiyasiga boʻlgan huquq tegishli huquqiy buzilish sodir etilganidan soʻng vujudga keladi. Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi neustoyka hisoblanadi (FKning 260-moddasi).
Kazuslar.
1. Fuqaro Zoirov bir oy oldin 50. 000 soʻmga sotib olgan tuflisini oyoq kiyim ustaxonasiga poshnasining bir qatlam rezinasini almashtirish uchun topshirdi va ish haqi uchun 3000 soʻm toʻlashni kelishib oldi. Usta tuflini 3 soat ichida tuzatib berishini aytdi. Zoirov tuflini kelishilgan muddatdan soʻng olib ketgani kelganida tufli yoʻqolgani ma’lum boʻldi. Ustaxona esa unga yoʻqolgan tuflini oʻrnini qoplashdan bosh tortdi. Ustaxonaning harakatlari toʻgʻrimi? Zoirov qanday huquqlarga ega va ularni qay tartibda amalga oshirishi mumkin? Javobingizni amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiqib asoslantiring.
Javob. Fuqarolik kodeksining 246- moddasiga muvofiq agar majburiyatbi bajarish joyi qonunchilik yoki shartnomada belgilab qo’yilgan bo’lmasa va majburiyatning mohiyatidan yoxud ish muomalasi odatlaridan yoinki odatda qo’yiladigan boshqa talablardan anglashilmasa, ijro quyidagijoylarda amalga oshirilishi kerak:
Qarzdorning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o’zga majburiyatlari bo’yicha mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida amalga oshirilishi zarur. Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu vaziyatda ustaxona Zoirovning tuflisini tamirlab berish majburiyatini oladi va garchi bu ishni bajarsa ham tuflini egasi kelguncha saqlab beraolmaydi, shuning uchun ushbu vaziyatda ustaxonaning harakatlari natog’ri.
2. “Ipoteka” tijorat banki va xususiy tadbirkor oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilgan. Qarz summasini qaytarish muddati kelgan paytda xususiy tadbirkor uni summasini qaytara olmagan. Kredit shartnomasi agar qarz oluvchi summani belgilangan muddatda toʻlamasa qarzdorning muddati kechiktirilgan kreditlarini toʻlash hisobiga uning depozit raqamida mavjud boʻlgan mablagʻlari hisobidan oʻtkazish belgilangan. Bayon etilgan holatda majburiyatni bajarish usuli sifatida ushlab qolishga oid boʻlgan qoidalarni qoʻllash mumkinmi?
Javob. Fuqarolik kodeksining 290- moddasiga muvofiq qarzdorga yoki qarzdor ko’rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo’lgan ashyoni saqlayotgan kiriditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog’liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to’lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilguniga qadar ushlab qolishga haqli. Demak ushlab qolish uchun malum bir ashyo bo’lishi zarur.Ushbu vaziyatga FKning 259[1]moddasi bo’yicha yondoshadigan bo’lsak unga muvofiq qarzdor tomonidan o’z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda , kreditorning mol-mulk bilan ta’minlangan majburiyatlar bo’yicha talablari ushbu mol-mulkning qiymatidanmazkur mol-mulk o’ziga tegishli bo’lgan shaxsning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi. Demak ushbu vaziyat FK 290-moddasi ya’ni ushlab qolish bilan emas balki, 259[1] –moddasi kreditorning talablarini qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida berilgan mol-mulki hisobidan qanoatlantirish bilan hal qilinadi.
3. Da’vogar «Oʻzmevasabzavotimpeks» Samarqand viloyat filiali «Noyob A» AT «Tadbirkorbank» Samarqand viloyat boshqarmasiga nisbatan kredit shartnomasi va kafolat xati asosida kredit va foiz toʻlovlari boʻyicha qarzni solidar tartibda undirishni soʻragan. Birinchi instanstiya sudi da’voni toʻliq qanoatlantirgan. Kafolat xatiga asoslangan kiredit majburiyatida sud FKning qaysi normalari talablarini inobatga olgan. Bunday holda sud tomonidan qarzni subsidiar tartibda undirishga yoʻl qoʻyilishi mumkinmi? Fikringizni moddiy va protsessual huquq normalari asosida izohlab bering.
Javob. Agar ushbu yuridik shaxslar o’z kafolat xatlarida qarzni solidar tartibda to’lashga kafolat began bo’lsalar, ushbu vaziyat sud tomonidan Fuqarolik kodeksining 252-moddasi bo’yicha hal etilgan. Unga muvofiq, qarzdorlar sherik bo’lib majburiyat olganida kreditor hamma qarzdorlardan majburiyatni solidar bajarishni ham, shu bilan birga qarzni to’la yoki uning bir qismini ham bajarishni talab qilishga haqli. Solidar qarzdorlarning biridan to’liq qanoatlanmagan kreditor ololmagan narsasini boshqa solidar qarzdorlardan talab qilish huquqiga ega. Solidar qarzdorlar majburiyat to’la bajarilgunicha burchli bo’lib qolaveradilar.

Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish