2- Mavzu: Fuqarolik huquqining subyekti sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar
Nazariy savollar.
Fuqarolik huquqi nuqtayi nazaridan jismoniy shaxsga tushuncha bering va uning boshqa huquq sohalaridagi subyektliligi bilan qiyosiy tahlil eting?
Javob.
Jismoniy shaxslar deganda fuqarolar(respublika fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari) tushuniladi. Jismoniy shaxslar fuqarolik huquqining subyekti sifatida huquq layoqatiga ega bo’lishi mumkin. Fuqarolar 18 yoshdan to’laligicha fuqarolik huquqining subyekti bo’lishi mumkin. Jinoyat huquqida subyekt bo’lishning umumiy Yoshi 16 yosh hisoblalanadi.Fuqarolik huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati huquq layoqati hisoblanadi va teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqarolarni huquq layoqati mazmuni Fuqarolik kodeksida belgilab qo‘yilgan. Ayni paytda fuqarolarni
huquq layoqati mazmunining asosiy qoidalari mamlakatimiz O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida ham o‘z ifodasini topgan.
Konstitutsiyaning 18-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i
nazar, qonun oldida tengdirlar. Binobarin, fuqarolik huquqiy munosabatda
ham fuqarolar huquq layoqatida teng deb e’tirof qilinadilar, ya’ni barcha
fuqarolarga bir xildagi fuqarolik huquq va majburiyatlari b elgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 18-moddasi mazmuniga ko‘ra fuqarolar:
mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; mol-mulkni meros qilib
olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg‘armalarga ega
bo‘lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda
taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; yollanma
mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar
tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning
to‘lanishini talab qilishlari; mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari;
fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi
huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
2.Ma’lumki, fuqarolarning muomala layoqatini legal va doktrinal tasniflash mumkin. Bunday turkumlash mezonlari nimalardan iborat?
Javob. Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra fuqarolarning muomala layoqati fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir. Muomala layoqatini yuridikharakatlarni amalga oshirish layoqati deb ham e’tirof etish mumkin. Ba’zida, huquq layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar fuqarolik muomala layoqatiga ega bo‘lavermaydilar. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar o‘z xatti harakatlarini anglab, oqibatlarini tu shunib o‘z erki irodalari asosida amalga oshiradilar. Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloq garchi to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lsa ham o‘z mustaqil harakatlari bilan o‘zi uchun huquq va majburiyat vujudga keltirish qobiliyatiga ega emas. Bolalar yillar o‘tgan sayin aqliy bilimlar va hayotiy tajriba orqali ongi to‘liqlashib boradi. 18 yoshga to‘lganda unda to‘liq muomala layoqati vujudga keladi. Ayni paytda qonunda belgilangan tartibda va asoslarda nikohdan o‘tgan voyaga yetmaganlar ham shu paytdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladilar. FKning 23-moddasiga ko‘ra voyaga yetgan fuqarolar teng darajada muomala layoqatiga ega bo‘ladilar. Fuqarolarning muomala layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin. Fuqaroning o‘zi tomonidan yoki boshqalar tomonidan uning muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
3.Yuridik shaxslarni huquq subyekti sifatida tushunchasi va mohiyatini shakllanishida bir qator nazariyalar yaratilgan. Mazkur nazariyalarni tahlil qilgan holda hozirgi kunda FK va joriy qonun hujjatlari asosida mamlakatimizda tashkil etiladigan yuridik shaxslar qanday nazariya mohiyatiga mosligini ochib bering?
Javob. Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning mohiyatini oʻzida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud, ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va mohiyatini ifodalashda muhim oʻrin egalladi. Bunday nazariyalarga fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi, tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma’muriyat nazariyasi, director nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.Bugungi kunda vujudga kelayotgan yuridik shaxslarda tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma’muriyat nazariyasi, jamoa nazariyasi kabi mohiyatlarga mansub hisoblanadi. Chunki tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda albatta bir tarafda manfaat mavjud bo’ladi, shuningdek jamoa ham mavjud bo’ladi.
4. Ma’lumki fuqarolar umumiy, davlat esa maqsadli huquq layoqatiga ega. Yuridik shaxslarning maxsus va universal huquq layoqati haqida tushunchalar mavjud. Ularni qiyosiy tahlil qilgan holda universal va maxsus huquq layoqati mohiyatini ochib bering.
Javob. Fuqarolarning huquq layoqati deganda, fuqarolarning huquq va majburiyatlarga ega bo’lishi tushuniladi. Yuridik shaxs hisoblangan tashkilot yoki korxona qatnashadigan munosabatlarning doirasi uning tashkil qilinish maqsadlari bilan hamda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning harakteri bilan belgilanadi. Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati ikki turga: umumiy (universal) va maxsus huquq layoqatiga boʻlinadi. Qonunda taqiqlanmagan istalgan faoliyatni amalga oshirish yuridik shaxsga umumiy (universal) huquq layoqatini beradi. Bu layoqat bilan yuridik shaxs oʻz faoliyat doirasining barchasini ta’sis hujjatlarida sanab oʻtishi shart boʻlmaydi. Aksincha, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shugʻullanish mumkinligi haqidagi ta’sis hujjatidagi havolaning oʻzi faoliyat doirasining keng ekanligidan dalolat beradi. Maxsus huquq layoqatida esa yuridik shaxs oʻz faoliyatini ta’sis hujjatida nazarda tutilgan maqsadga muvofiq shugʻullanishi nazarda tutiladi. Shunday qilib, yuridikshaxsning huquq layoqati, unga maxsus yuklangan vazifalar bilan belgilanadi (maxsus huquq layoqati). Yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishi mumkin. Masalan, neft, neft mahsulotlari va gaz qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish faoliyati.
Kazuslar.
1.Fuqaro Axatov va Soliyevalar nikoh yoshiga toʻlmasdan turib nikoh qurishadilar. Ular uch oy yashamasdan oʻzaro kelishmovchiliklar tufayli ajrashib ketadilar. Axatov yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruhsatnoma olgani Tadbirkorlarni roʻyhatga olish davlat idorasiga murojaat qilganida, unga toʻla muomala layoqatiga ega boʻlmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish mumkin emasligini aytadi. Davlat idorasining harakatlari toʻgʻrimi? Emansipatsiya deganda nimani tushunasiz?
Javob. O’zbekiston respublikasi fuqarolik kodeksining 22- moddasiga binoan fuqaroning muomala layoqati fuqaroning o’zharakatlari bilanfuqarolik huquqlariga ega bo’lish va ularni amalga oshirish, o’zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni amalga oshirish layoqati hisoblanadi va to’laligicha 18 yoshdan vujudga keladi. Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o’tgan fuqaro nikohdan o’tgan vaqtdan e’tiboran to’la hajmda muomala layoqatiga ega bo’ladi.Nikoh tuzish natijasida ega bo’lingan layoqat 18 yoshga to’lmasdan turib nikoh buzilgan taqdirda ham to’laligicha saqlanib qoladi. Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ushbu vaziyatda davlat idorasining harakatlari natog’ri chunki fuqaro muomala layoqatini qonunga muvofiq yo’qotmagan hisoblanadi.
2.Numonovning otasi 2003 yilda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi. Numonovga vasiy qilib tayinlangan Rashidov Numonovni oʻzining uyiga olib ketib, otasining uyini sotish uchun kim oshdi savdosiga qoʻyadi. Keyinchalik mazkur uyning pulidan oʻziga ikkita xususiy magazin qurib oladi. 2009 yilda qabul qilingan Amnistiya akti tufayli Numonovning otasi jazodan ozod qilinadi va oʻgʻlining vasiydan uyini talab qilganida Rashidov pulni ishlatib yuborganligini ma’lum qiladi?Numonovning fikrlari asoslimi? Kimlar vasiy boʻla olmaydilar? Vasiylik kimlarga nisbatan belgilanadi?
Javob. Vasiylik va homiylik to‘g‘risida” gi Qonunnning 3-moddasiga ko‘ra, vasiylik – o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan etim bolalarni va otaonasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sudtomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot,tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari vaqonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli hisoblanadi.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar –alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek, o‘z huquqlari, erkinliklari va qon uniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan etim bolalar va ota onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisoblanadi.Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkiga nisbatan munosabat vasiylikdagi shaxsning vakili sifatida harakatlarni amalga oshirish huquqlarini ifoda etadi. Bunda birinchi navbatda, vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning ehtiyojlari uchun sarflash, shuningdek, uning mol mulkini saqlashga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ,,Vasiylik va homiylik tog’risida’’gi qonunning 22-moddasiga ko’ra Qonunchilikka ko‘ra muayyan toifadagi shaxslar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas va ular quyidagilardir;
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari,cheklangan shaxslar,sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa,o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligiuchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilganshaxslar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar. Xulosa qqilib aytadigan bo’lsak Rashidov qonunga zid harakatni amalga oshirgan ya’ni vasiyligida bo’lgan shaxsning mol mulkini o’z manfaatiga mos ravid=ishda ishlatgan vasiyligidagi shaxsning manfaati uchun emas.
3.“Olim-A” MChJ ijro organi jami summasi 7 million boʻlgan Matiz avtomashinasi oldi-sotdi shartnomasini imzoladi. Avtomashina harid qilib boʻlingandan soʻng 7 kun oʻtib MChJning ta’sischilaridan biri boʻlgan Sh. Salimov ushbu oldi-sotdi shartnomasini tuzishga MChJ ijro organining haqqi yoʻqligini, bu shartnoma umumiy summasi MChJ ustav fondining 70%ni tashkil etishini shu sabab bunday shartnoma yirik bitim hisoblanib uni tuzishga faqatgina MChJ umumiy yigʻilishi xaqli ekanligini, ushbu shartnomaning tuzilishi jamiyatni moliyaviy qiyin ahvolga solib qoʻyganligini aytdi va sudga murojaat etdi. Sudda ushbu masala qanday hal etiladi?
Javob.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 62-moddasiga muvofiq Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb-bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan ustav fondi( ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan miqdordagi ulushlarga bo’lingan jamiyat tan olinadi. MCHJ ning ishtirokchilari uning uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Jamiyatning o’z hissasini to’la qo’shmagan ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha har bir ishtirokchi hissasining to’lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo’ladilar. MCHJ ning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek ,, mas’uliyati cheklangan ‘’ so’zlarini o’z ichiga olishi kerak. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, haqiqatdan ham MCHJ ta’sischilari MCHJ ga kelgan zarar bo’yicha o’zlari qo’shgan hissa bo’yicha javobgar bo’ladi va MCHJ ustav fondining 70 % dan ko’p bo’lgan qismini tahskil etuvchi bitimlar MChJ tasischilari bilan kelishilgan tarzda tuzilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |